https://oz.sputniknews.uz/20211207/qozogiston-ozbekiston-bilan-chegarada-transchegaraviy-xab-quradi-21685947.html
Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegarada transchegaraviy xab quradi
Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegarada transchegaraviy xab quradi
Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston 4ta transchegaraviy xab qurishni rejalashtirdi: 2ta - Rossiya bilan chegarada, 1tadan - O‘zbekiston va Qirg‘iziston bilan chegarada.
2021-12-07T13:46+0500
2021-12-07T13:46+0500
2021-12-07T13:50+0500
iqtisod
o‘zbekiston
qozog‘iston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/426/47/4264702_525:0:1500:549_1920x0_80_0_0_61e044ec0d2025468602a6a6c7f6c26b.jpg
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mahalliy biznesning qo‘shni davlatlar bozorlariga chiqishi uchun zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish haqida gapirdi. Bu haqda Qozog‘iston prezident matbuot xizmati xabar qildi.Prezident o‘z nutqida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish, zamonaviy sifat tizimlarini joriy etish muhimligini ta’kidladi."Korxonalarda biznes-jarayonlarning diagnostikasi ushbu sohadagi jahon tendensiyalariga mos kelishi kerak. Bu birinchi navbatda raqamlashtirish va Sanoat 4.0 elementlaridan foydalanish haqida bormoqda. Shu munosabat bilan "Oltin sapa" tanlovi talablarini bosqichma-bosqich yangi talablarga muvofiqlashtirish kerak”, — deb qo‘shimcha qildi Qosim-Jomart Toqayev.
https://oz.sputniknews.uz/20211123/qozogiston-ozbekistonda-3ta-ulgurji-savdo-markazini-qurmoqchi-21481371.html
o‘zbekiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/426/47/4264702_696:0:1485:592_1920x0_80_0_0_ad9eeb366a6c55109d32b58b3faad660.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qozog‘iston o‘zbekiston bilan chegarada transchegaraviy xab quradi
qozog‘iston o‘zbekiston bilan chegarada transchegaraviy xab quradi
Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegarada transchegaraviy xab quradi
13:46 07.12.2021 (yangilandi: 13:50 07.12.2021) Qozog‘iston 4ta transchegaraviy xab qurishni rejalashtirdi: 2ta - Rossiya bilan chegarada, 1tadan - O‘zbekiston va Qirg‘iziston bilan chegarada.
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mahalliy biznesning qo‘shni davlatlar bozorlariga chiqishi uchun zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish haqida gapirdi. Bu haqda Qozog‘iston prezident matbuot xizmati xabar qildi.
"”Xorgos” xalqaro transchegaraviy hamkorlik markazi muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu ishlar doirasida yana to‘rtta transchegaraviy xab qurish rejalashtirilgan: ikkita - Rossiya bilan chegarada, bittadan - O‘zbekiston va Qirg‘iziston bilan chegarada. Bu tranzaksiya xarajatlarini kamaytiradi, transport logistikasi samaradorligini oshiradi va natijada eksport hajmimizni oshiradi”, - dedi Toqayev “Oltin sapa” va “Pariz” mukofotlari g‘oliblarini taqdirlash marosimida.
Prezident o‘z nutqida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish, zamonaviy sifat tizimlarini joriy etish muhimligini ta’kidladi.
"Korxonalarda biznes-jarayonlarning diagnostikasi ushbu sohadagi jahon tendensiyalariga mos kelishi kerak. Bu birinchi navbatda raqamlashtirish va Sanoat 4.0 elementlaridan foydalanish haqida bormoqda. Shu munosabat bilan "Oltin sapa" tanlovi talablarini bosqichma-bosqich yangi talablarga muvofiqlashtirish kerak”, — deb qo‘shimcha qildi Qosim-Jomart Toqayev.