Oldinda uzoq suhbat turibdi: Putin va Bayden aslida nimani hal qilishadi

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishVstrecha prezidentov Rossii i SShA V. Putina i Dj. Baydena v Jeneve
Vstrecha prezidentov Rossii i SShA V. Putina i Dj. Baydena v Jeneve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.12.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya va Amerika yetakchilari himoyalangan videoaloqa kanali orqali suhbatlashishadi.
TOShKENT, 7 dek – Sputnik. Tatyana Mishina, Dmitriy Yermakov. Moskva va Vashington o‘rtasidagi munosabatlar taranglashdi, va Jozef Bayden Vladimir Putin bilan uzoq suhbatga umid qilmoqda. Amerika yetakchisi “muayan takliflarni” hozirlab qo‘ygan, biroq hozircha ularni aytmadi. Asosiy mavzu – Ukraina. Kuni kecha tomonlar pozitsiyalarini qat’iy belgilab olishdi: Kreml qizil chiziqlar haqida, Oq uy esa Rossiya xatti-harakatlari uchun “keng qamrab olingan choralar to‘plami” tayyorlanayotgani haqida eslatdi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri efir bo‘lmaydi

Uchrashuv Moskva vaqti bilan taxminan soat 18:00 da boshlanadi. Himoyalangan videoaloqa kanali orqali suhbatlashishadi. “Birinchi lavhalarni ko‘rsatishadi. Biroq, albatta, faqat birinchilarini. Barcha muloqot – yopiq tarzda”, - deya tushuntirdi jurnalistlarga Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov. Suhbat “yetarlicha mufassal va uzoq” davom etishi kerak. Ammo yakuniga ko‘ra bayonotlar bo‘lmaydi.
Moskvaning ustuvorlari orasida – “Jenevada erishilgan tushunishlar qanday qilib amalga oshirilayotganini” tahlil qilish. Putin Bayden bilan “achinarli holatda qolayotgan” ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qiladi, Ukrainadagi vaziyat, NATO siljishi va bunga doir yaqindagi Rossiya yetakchisi tashabbusi haqida gaplashishadi.
Birinchi dekabr kuni Putin alyansning kengaytirilmaslik yuridik kafolatlari xususida muzokaralar tashkil etishni taklif qildi. U g‘arbiy chegaralardagi keskinlik o‘sgani va “ishonchli va uzoq muddatli xavfsizlik kafolatlari” – aynan yozma – zarurligini bildirdi. Zero G‘arb mamlakatlari og‘zakilarga rioya qilishmaydi.
“Umid qilamanki, Rossiyaga nisbatan qizil chiziqni kesib o‘tish hech kimning xayoliga kelmaydi. U qayerda belgilanishini esa – buni o‘zimiz har bir aniq holatda belgilaymiz”, - dedi Putin o‘z chiqishi davomida.
Zdanie Kongressa SShA (Kapitoliy) v Vashingtone. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2021
Amerikaliklar Putindan nimani xohlashmoqda va nima bilan tahdid qilishadi
Uchinchi dekabr kuni Bayden dam olish kunlari Kemp-Devidga uchib ketish oldidan jurnalistlarga “hech kimning qizil chizig‘ini tan olmasligini” aytdi: “Biz Rossiyaning xatti-harakatlari haqida anchadan buyon bilamiz, oldimizda uzoq suhbat qurish turibdi deb hisoblayman”. Keyinroq Oq uy vakili Jen Psaki prezidentlar kiberxavfsizlik va strategik barqarorlik ham mintaqaviy muammolarni muhokama qilishlariga aniqlik kiritdi. Bayden “AQSh Ukraina bilan chegarada Rossiya harbiy faolligidan xavotirda” ekanini ta’kidlashni rejalashtirmoqda.

Bostirish kirish realliliga ishontirishdi

So‘nggi oylarda Ukraina ikki tomonlama munosabatlarning eng dolzarb muammosiga aylandi. Moskvaning ishonchi komilki, Kiyev Minsk kelishuvlariga amal qilish niyatida emas. “Majburlash darkor, - deb hisoblaydi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov. – Aynan shuning uchun “nortmand shakli” tuzilgan ham edi”, biroq Berlin va Parij o‘z majburiyatlariga beparvolik qilyapti”.
Kiyev rasmiylari o‘zlarini Minsk kelishuvlari bilan bog‘liq deb hisoblashlarini ma’lum qilishgan, ular “bu qarmoqdan chiqib ketishga” muvaffaq bo‘lishgan. Shu bilan birga Donbassdagi gumanitar vaziyat faqat yomonlashmoqda.
Pentagon bir necha marta chegara yaqinidagi Rossiya qo‘shinlari sonini diqqat bilan kuzatayotganini bildirgan. AQSh yevropalik ittifoqdoshlari bilan birgalikda Rossiyaning Ukrainaga bostirish kirishiga yo‘l qo‘ymaydigan “keng qamrovli choralar to‘plami” ustida ish olib bormoqda. Avvalroq Davlat departamenti tajovuz ro‘y bergan taqdirda “misli ko‘rilmagan” sanksiyalarni qo‘llashi bilan ogohlantirgandi.
G‘arb OAVlari oktabrdan buyon chegaradagi keskinlik kuchayganini bot-bot takrorlashmoqda. Moskva eslatib qo‘ydi: mamlakat hududida harbiy texnika va armiya bo‘linmalarining bir joydan boshqa joyga borishi – Rossiyaning ichki ishi.
Ukrainskie voyennoslujashie vedut ogon iz 152-mm pushki-gaubisi D-20 na artilleriyskom poligone v sele Devichki Kiyevskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.11.2021
AQSh Donbassda qaytadan mojaroni qo‘zg‘atishga urinmoqda - RF tashqi razvedka rahbari
Yetakchilar uchrashuvi arafasida “Financial Times” AQSh so‘nggi bir necha hafta ichida Yevroittifoqini Rossiya Ukrainaga bostirib kirmoqchi ekaniga qanday ishontirganini batafsil ta’rifladi. Oq uy NATO bo‘yicha 29 ta ittifoqchilari orasida ikki tomonlama va kollektiv uchrashuvlarda va YeIning diplomatik kanallari orqali “Kremlning taxmin qilinayotgan niyatlari” haqidagi ma’lumotnip tarqatdi.
Boz ustiga ayrim yevropalik ittifoqdoshlar – masalan, Germaniya, - bunga ishonqiramay qaragan. Ismi oshkor qilinmagan yevropalik amaldor jurnalistlarga hayron bo‘lagini tan oldi: amerikaliklar YeIda ko‘rilmagan narsani ko‘rishdi. “Agar ig‘vo qilinmasa, Rossiya hech qanday tajovuz qadam tashlamasligi xususida fikr bildirishgandi. Ammo Amerika razvedkasi ma’lumotlari bu pozitsiyani qayta ko‘rib chiqishga majburladi, deya yozadi “Financial Times”.
Shuningdek, oshkor qilinmagan manbalariga tayangan holda Germaniyaning “Bild” nashri 2022-yil boshida Rossiya go‘yoki Ukrainaga bostirib kirishi rejasini chop qildi. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova keltirilgan xaritada Lvov emas, balki Lemberg ko‘rsatilganiga e’tibor qaratdi. Zamonaviy nemis tilida bu shaharni Lwiw deb atao‘adi. Ikkinchi jahon urushi yillarida astriya-venger toponimi Lemberg ishlatilgan. “Xo‘sh, qaysi xaritadan nemis jurnalistlari buni ko‘chirib olishdi?”, - deya qiziqdi Zaxarova.

Pekinni mo‘ljalga olib

Bayden ma’muriyati NATO mustahkamlamoqda, ichki intizomni ko‘tarmoqda. Ayniqsa, bu Donald Tramp jamoasi ishi natijalari ortidan yaqqol namoyon bo‘ladi, deydi Sergey Kislitsin, Rossiya Fanlar akademiyasining jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosobatlar instituti Shimoliy Amerika tadqiqotlari markazi ilmiy xodimi. Alyans harbiy bo‘lmagan sohalarga chuqarlashadi, xususan, kiberxavfsizlikka. Bu ko‘p jihatdan Moskvaga emas, balki Pekinga bo‘lgan qarama-qarshilikka bog‘liq.
“Lekin Rossiya-Amerika munosabatlarida harbiy-siyosiy borada biror bir muloqot bo‘lishi dargumon. Yevropalik ittifoqdoshlar amerikaliklar qaytganidan, shubhasiz, shod, Brussel Rossiya ishtirokdan manfaatdor emas, - deydi u. – Yevropa integratsion harbiy tuzilmalar (PESKO) 2020-yilda ilmiy-tadqiqot ishlarida uchinchi tomoni ishtiroki, mudofaa bilan bog‘liq masalalarni hal qilishdi, 2021-yilda esa Shtatlar Yevropadagi harbiy mobillik loyihalardan biriga qo‘shildi. Shunday ekan Bayden ma’muriyati NATO kengaytirilmasliga kafolat bera olishi dargumon”.
Ukrainaga bo‘lgan jiddiy e’tibor – amerikaliklarning sobiq ittifoq hududida o‘z ta’sirini kuchaytirish istagi, deya davom etadi ekspert. Bu yerda ham Vashington yana Pekin bilan raqobat qilmoqda. Garchi hozircha Xitoy iqtisodiyoti yetib bormagan mintaqalarda Rossiya bilan manfaatlar to‘qnashuvi borligiga qaramasdan.
Suxoputnaya faza rossiysko-kitayskix ucheniy Morskoe vzaimodeystvie - 2017, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2021
Rossiya va Xitoyning harbiy hamkorligi Markaziy Osiyo uchun nima keltiradi
“Putin va Baydenning oldingi safardagi muzokaralarining asosiy muvaffaqiyati – SNV-3 bo‘yicha pozitsiyalarni muvofiqlashtirilgani. Biroq, hoynahoy, yangi shartnoma hozirgisidan jiddiy farq qiladi. Amerikaliklar shartlarn o‘z foydalariga kengaytirishga harakat qilishadi – Xitoyning harbiy strategiyasi va kuchayishini yana inobatga oladigan bo‘lsak. Muloqot ikki tomonlama bo‘lishdan to‘xtaydi”, - deya aniqlik kiritadi Kislitsin.

Yarim yil o‘tdi

Putin va Baydenning birinchi uchrashuvi 16-iyun kuni Jenevada yuzma-yuz bo‘lib o‘tdi. strategik qurollanish ustidagi nazoratga bag‘ishlangan bayonot qabul qilishdi. Qo‘shma matbuot anjumanini o‘tkazishmadi, har bir o‘z jurnalistlari oldida chiqish qildi.
Putin o‘shanda Moskva va Vashingtonga elchilarni qaytarish kelishuvi haqida ma’lum qildi. Ikki tomonlama munosabatlarda “ko‘p uyumlar” to‘planib qolgan, lekin tomonlar ularni hal qilish yo‘llarini izlashga diqqatini qaratgan.
Bayden Putin “hammadan ko‘ra kamroq sovuq urushni xohlashi” haqida fikr bildirdi. Ammo bu uchrashuvning haqiqiy natijalari borasida yarim yildan keyin xulosa qilish mumkin, deb ta’kidladi Amerika yetakchisi.
“Bu olti oy ortda qoldi. Biz ko‘rapmizki, muloqot, minimal bo‘lsa ham, harbiy idoralar orasida bormoqda, bosh shtablar darajasida aloqalar saqlanib qolmoqda. Global muammolar bo‘yicha ham – masalan, kiberxavfsizlik. Shuningdek, Suriyadagi gumanitar yordam bo‘yicha ayrim siljishlar bor: AQSh ularni kurdlar va Turkiya nazorat qilayotgan hududdan tashqariga yetkazib berishni boshladi”, - deydi Aleksey Davidov, Yaqin Sharq tadqiqotlari markazi ilmiy xodimi.
Ehtimol, sur’atlar boshqa bo‘lishi ham mumkin edi, lekin Bayden muxolifatni ushlab turibdi – respublikachilar, deb qo‘shimcha qiladi suhbatdosh. Prezidentning reytingi esa lavozimiga kirishgandan buyon minimumgacha quladi: noyabrda – 41 foiz (56 edi).
Vstrecha prezidentov Rossii i SShA V. Putina i Dj. Baydena v Jeneve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.07.2021
Putin va Bayden RFning Markaziy Osiyodagi harbiy bazalarini muhokama qilgan - OAV
“Agar hatto har ikki tomon uchun manzur keladigan biror bir kelishuvga erishilsa, muxolifat barini salbiy ko‘rinishda talqin qilishga urinishi mumkin. Masalan, Oq uyning demokratlar paytida zaiflashganini aytishadi, Bayden ma’muriyatini kongressdagi oraliq saylovlarda ochko olishga urinishda ayblashadi”, - deydi ekspert.
Muvaffaqiyatga konsul masalalari bo‘yicha erishsa bo‘lardi. Aprel oyida Vashingtondan 10 nafar rossiyalik diplomatlarni jo‘natib yuborishdi. Moskva bunga mos javob qaytarib, AQShni nodo‘st mamlakatlar ro‘yxatiga kiritdi va elchixonasiga mahalliy xodimlarni ishga yollashni taqiqladi. Oktabrda amerikaliklar 55 nafar rossiyalik diplomatning vataniga qaytishini talab qilishdi. Kreml yangi chiqarib yuborishlar bilan tahdid qildi, lekin TIV Oq uyga hammasi oq varaqdan boshlashni taklif qildi.
Kislitsin bunday yaxshi niyat harakati bo‘lishi mumkin deb o‘ylaydi. Siyosat va iqtisoddagi ijobiy o‘zgarishlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, buning uchun hozircha sharoitlar yo‘q. Shu bilan birga, Davlat departamentining ta’kidlashicha, birinchi shaxslar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbatni hech narsa bilan almashtirib bo‘lmaydi – yetakchilar fikrlarini bildirishlari va bir-birlarini tinglashlari g‘oyat muhim. Hech bo‘lmaganda, tomonlarning nuqtayi nazarlari bunda aniq mos keladi.
Yangiliklar lentasi
0