https://oz.sputniknews.uz/20211207/kamilov-afgonistondagi-vaziyatda-quruq-sozdan-amaliy-ishlarga-otish-vaqti-keldi-21690495.html
Kamilov: Afg‘onistondagi vaziyatda quruq so‘zdan amaliy ishlarga o‘tish vaqti keldi
Kamilov: Afg‘onistondagi vaziyatda quruq so‘zdan amaliy ishlarga o‘tish vaqti keldi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri qish yaqinlashayotganini inobatga olib, afg‘on xalqiga aniq yordam ko‘rsatish nihoyatda muhim hisoblanishini qayd etdi.
2021-12-07T17:08+0500
2021-12-07T17:08+0500
2021-12-07T17:08+0500
siyosat
abdulaziz kamilov
afg‘oniston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/07/21690461_0:68:1301:799_1920x0_80_0_0_f1701d393ad3d34750a322f1e3d00fb8.jpg
TOShKENT, 7 dek – Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (ShHT MATT) Ijroiya qo‘mitasi direktori lavozimidagi missiyasini yakunlayotgan Jumaxon G‘iyosovni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.Uchrashuvda Kamilov Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlash masalasiga yana bir bor to‘xtaldi.Muloqotda O‘zbekiston tashkilotga a’zo davlatlarning terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi kurashdagi o‘zaro hamkorligini ta’minlash bo‘yicha ShHTning asosiy organi bo‘lgan MATT faoliyatiga katta ahamiyat qaratotgani ta’kidlandi.2022 yil 1-yanvardan ShHT MATT Ijroiya qo‘mitasi direktori lavozimida O‘zbekiston vakili Ruslan Mirzayev faoliyatini boshlaydi.Toliblarning Afg‘oniston hukumatini egallab olishiAvgust oyi o‘rtalarida "Tolibon"* a’zolari mamlakat poytaxti Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.31 avgustga o‘tar kechasi AQSh harbiylari Kobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afg‘onistondagi qariyb 20-yillik amerika kampaniyasi o‘z yakuniga yetdi.Toliblar Afg‘onistonning muvaqqat hukumati tarkibini e’lon qildi.Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanksiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi ma’lum bo‘ldi.* Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida.
https://oz.sputniknews.uz/20211201/ozbekiston-va-afgoniston-qator-sohalardagi-yirik-loyihalarni-muhokama-qildi-21595452.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/07/21690461_72:0:1227:866_1920x0_80_0_0_62d47a720035f63ff6f4d25d5fad2293.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
kamilov afg‘onistondagi vaziyat haqida
kamilov afg‘onistondagi vaziyat haqida
Kamilov: Afg‘onistondagi vaziyatda quruq so‘zdan amaliy ishlarga o‘tish vaqti keldi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri qish yaqinlashayotganini inobatga olib, afg‘on xalqiga aniq yordam ko‘rsatish nihoyatda muhim hisoblanishini qayd etdi.
TOShKENT, 7 dek – Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (ShHT MATT) Ijroiya qo‘mitasi direktori lavozimidagi missiyasini yakunlayotgan Jumaxon G‘iyosovni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati
xabar bermoqda.
Uchrashuvda Kamilov Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlash masalasiga yana bir bor
to‘xtaldi.Afg‘onistondagi vaziyat haqida gapirganda bugungi kunda quruq so‘zdan amaliy ishlarga o‘tish vaqti keldi. Chunki qish yaqinlashmoqda va mamlakatdagi vaziyatning beqarorlashishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan gumanitar falokatning oldini olish uchun afg‘on xalqiga aniq yordam ko‘rsatish nihoyatda muhim hisoblanadi.
Abdulaziz Kamilov
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri
Muloqotda O‘zbekiston tashkilotga a’zo davlatlarning terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi kurashdagi o‘zaro hamkorligini ta’minlash bo‘yicha ShHTning asosiy organi bo‘lgan MATT faoliyatiga katta ahamiyat qaratotgani ta’kidlandi.
2022 yil 1-yanvardan ShHT MATT Ijroiya qo‘mitasi direktori lavozimida O‘zbekiston vakili
Ruslan Mirzayev faoliyatini boshlaydi.
Toliblarning Afg‘oniston hukumatini egallab olishi
Avgust oyi o‘rtalarida "Tolibon"* a’zolari mamlakat poytaxti Kobulga
bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.
31 avgustga o‘tar kechasi AQSh harbiylari Kobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afg‘onistondagi qariyb 20-yillik amerika kampaniyasi o‘z yakuniga yetdi.
Toliblar Afg‘onistonning muvaqqat hukumati tarkibini e’lon qildi.
Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanksiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi
ma’lum bo‘ldi.* Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida.