AQSh rasmiylari Pekindagi Olimpiya o‘yinlariga borishmaydi: XOQ va Xitoy munosabati

© AP Photo / Mark SchiefelbeinEmblema zimnix olimpiyskix igr, kotorie proydut v Pekine v 2022
Emblema zimnix olimpiyskix igr, kotorie proydut v Pekine v 2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.12.2021
Obuna bo‘lish
Amerika rasman 2022-yilgi Pekin Olimpiadasiga diplomatik boykot e’lon qildi.
TOShKENT, 7 dek – Sputnik. AQSh “inson huquqlari buzilishi sabab” 2022-yilda Pekinda bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiya o‘yinlariga diplomatik boykot e’lon qildi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki ma’lum qildi.
Oq uy vakilining ta’kidlashicha, ushbu qaror AQSh diplomatik va rasmiy shaxslari Olimpiadaga bormasliklarini anglatadi, biroq amerikalik sportchilar musobaqalarda ishtirok etishi mumkin.
“Bayden ma’muriyati 2022-yilgi Pekin Olimpiadasi va Paralimpiadasiga diplomatlarni yoki rasmiy shaxslarni jo‘natmaydi” – dedi Psaki.
U Vashington bu qarori haqida ittifoqdoshlarini xabardor qilganini qo‘shimcha qildi, biroq ular Pekin Olimpiadasi bo‘yicha o‘zlari bir qarorga kelishadi.

XOQ munosabati

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) AQSh hukumatining qaroriga munosabat bildirdi.
“Hukumat vakillari va diplomatlarning ishtirok etishi bu har bir hukumatning shaxsiy siyosiy qarori va XOQ siyosiy neytral bo‘lgani sababli bu qarorni hurmat qiladi. Shu bilan birga, AQShning diplomatik boykot e’lon qilishi Olimpiada va unda sportchilarning ishtirok etishi siyosatdan tashqarida ekanini yaqqol bildiradi va biz buni qutlaymiz”, - deyilgan XOQ xabarida.

Xitoy AQShning xatti-harakatlariga qanday munosabat bildirdi

Xitoyning Vashingtondagi elchixonasi Qo‘shma Shtatlarning Pekin Olimpiadasini boykot qilish to‘g‘risidagi qarorini siyosiy manipulyatsiya va Olimpiya kayfiyatini buzib talqin qilish deb atadi.
“AQSh siyosatchilariga hech qanday taklifnoma yuborilmagan, shu bois bu diplomatik boykot” shunchaki yo‘q joydan paydo bo‘ldi.... Bunday balandparvoz xatti-harakatlar – siyosiy manipulyatsiya va Olimpiya xartiyasining kayfiyatini jiddiy buzib noto‘g‘ri talqin qilish”, - deyilgan elchixona bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, XXIV qishki Olimpiya o‘yinlari Pekinda 2022-yilning 4-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0