https://oz.sputniknews.uz/20211206/ogriqlardan-yiqildim-ammo-barchasini-boshidan-organdim-fargonalik-sportchi-ayolning-hayoti-21672057.html
"Og‘riqlardan yiqildim, ammo barchasini boshidan o‘rgandim": farg‘onalik sportchi ayolning hayoti
"Og‘riqlardan yiqildim, ammo barchasini boshidan o‘rgandim": farg‘onalik sportchi ayolning hayoti
Sputnik O‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston og‘ir avtohalokatdan omon qolgan, o‘tirishni ham boshidan o‘rgangan va professional sportchiga aylangan Zumrad Mahmudovaning ibratli hayoti haqida hikoya qiladi.
2021-12-06T19:10+0500
2021-12-06T19:10+0500
2023-04-05T15:48+0500
jamiyat
o‘zbekiston
sport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/03/21636716_0:458:2048:1610_1920x0_80_0_0_7bd432f27110718a242503486f6152d3.png
“Agar tirik qolsam, hech qachon o‘tira olmasligimni aytishdi”2010 yilning 2-dekabr oqshomi. Zumrad Mahmudova betob bo‘lgan tanishini yo‘qlash uchun ko‘chaga chiqqandi. Hammasi u uyga qaytayotganda sodir bo‘ldi: Zumrad yo‘lakdan o‘tayotganda, uni avtomobil urib ketdi. Haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotgandi.Mashina uni bir necha metrlarga uloqtirib yuborgandi. U o‘shanda xushidan ketmagan, shuning uchun barchasini yaxshi eslaydi.Zumrad omon qoldi. Operatsiya Toshkentda o‘tkazildi, u to‘qqiz soat davom etdi. Biroz vaqt o‘tgach, Farg‘onaga qaytib kelgan Zumrad eri bilan ajrashishga qaror qildi.“O‘zingizni okean deb tasavvur qiling”Zumradning aytishicha, sodir bo‘lgan noxush hodisaga qaramay, u na g‘azablanishni, na ranjishni xayoliga keltirgan.“Nega aynan okean? Okean - ulkan va cheksiz. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, to‘fon, po‘rtana va bo‘ronlardan keyin ham uning suvlari avvalgidek bo‘lib qoladi”.U bitta haqiqatni anglashdan qo‘rqardi: u betob, demak doimo boshqalardan yordam so‘rashi kerak. Farg‘onada reabilitatsiya bo‘yicha mutaxassislar deyarli yo‘q edi. So‘ngra Zumrad o‘zi mustaqil shug‘ullanishga qaror qildi, internetdan reabilitatsiya yordamlari haqida ma’lumot qidira boshladi.“To‘rt oyoqlab turishim uchun oylar davomida mashq qilishim kerak edi, deydi Zumrad.- Tanam taslim bo‘lmas, titrardi”. Keyin u o‘tirishni o‘rgana boshladi - har bir urinish chidab bo‘lmas og‘riq berardi.Zumradning oyoqqa turib ketishiga yaqinlari turtki bo‘lgan edi. U to‘laqonli hayotga qaytishni, doimo oilasi bilan birga bo‘lishni juda istardi. Bir kuni o‘z oldiga maqsad qo‘ydi - u shunchalik yaxshi oyoqqa turadiki, kerak bo‘lsa o‘zi uchun somsa ham tayyorlaydi.Zumrad o‘z maqsadiga erishdi. Bugun u bemalol butun oilasi uchun ovqat pishira oladi va barcha tibbiy tahlillarga zid ravishda kresloda o‘tiradi.Sport va she’rlar2015 yilda Zumrad Mahmudova Hindistonga jo‘nab ketdi va u yerda nihoyat o‘zini qiynab yotgan savolga javob topdi: u yana avvalgidek yura oladimi? Shifokorlar unga ekzoskelet - ekstremitalarning orqa va pastki kamarlarining disfunksiyasi tufayli tananing yo‘qolgan funksiyalarini to‘ldiradigan qurilmani taklif qila olishdi xolos.Boshqacha aytganda, bu tanaga biriktiruvchi mexanizm va yurish paytida odamning tabiiy harakatlarini takrorlaydi. Ammo bunday qurilma juda qimmat, Zumrad oilasining esa bunga qurbi yetmasdi.O‘zbekistonga qaytgach, u hammasiga befarq bo‘lib qoldi. Ko‘p qavatli uyning birinchi qavatida yashasada, o‘zi ko‘chaga chiqa olmasdi. Oltitagina zinapoyaga tushishi kerak, xolos. Tutqichlar ham yo‘q edi.Endi Zumrad og‘ir jarohatlar olgan, ammo turli sohalarda muvaffaqiyatga erisha olgan insonlar haqida o‘ylay boshladi. Keyin u sportga keldi. Eri unga yana yordam berdi - uni mahalliy sport majmuasiga olib bordi. Xullas, Zumrad yadro, nayza va disk uloqtirish bo‘yicha shug‘ullanishni boshladi.Natijada Zumrad sport bilan professional tarzda shug‘ullana boshladi – 2018-yilda u Yadro uloqtirish bo‘yicha Farg‘onada birinchi o‘rinni egalladi, keyin esa Toshkentda shu sport bo‘yicha kumush medalni qo‘lga kiritdi.Shuningdek, u Internetda blog ochdi va rus tilida she’rlarini e’lon qila boshladi. U bolaligidan she’rlar yozardi - Zumradda kumush asr she’riyatiga adabiyotshunos-onasi mehr uyg‘otgan edi. Biroq, Zumrad sevimli mashg‘uloti haqida tortinib gapirib berdi."Bolaligimdan tengdoshlarim bilan o‘yin-kulguga unchalik qiziqmasdim, buvilar bilan o‘rindiqda o‘tirishni yaxshi ko‘rardim. Ularga she’rlarimga yozilgan qo‘shiqlar aytib berganimni eslayman, lekin ularga bu Alla Pugachevaning qo‘shiqlari, deb aytardim"-deb jilmayadi Zumrad.Uchinchi farzandni dunyoga keltirishdan qo‘rqmadimHozirda Zumradning blogida 23 mingdan ortiq obunachisi bor va u bir kun kelib she’rlar to‘plamini nashr etishni niyat qilgan. She’riyat va sportdagi muvaffaqiyatlari unga to‘rt yil avval Farg‘ona davlat universitetining ingliz adabiyoti fakultetiga o‘qishga kirishiga yordam berdi.Zumrad shunday eslaydi: dastlab u shartnoma bo‘yicha o‘qishga kirgan va u universitetni tashlab ketish haqida ham o‘ylagan."Ammo oradan bir oycha vaqt o‘tmay universitetdan qo‘ng‘iroq qilib, nega o‘qishga kelmayotganimni so‘rashdi. Hatto haydab yuboramiz, deb qo‘rqitishdi", deb kuladi Zumrad. Bilishimcha, ular mening ishlarimni o‘rganib chiqishgan ekan. Sport va she’riyatdagi muvaffaqiyatlarim sababli menga kirish imtihonlari natijalariga qo‘shimcha ball ham berishdi. Shu sabab, meni davlat granti asosida o‘qishga o‘tkazishdi, lekin menga bu haqida xabar berishmagandi”.Biroq Zumrad farzandlarini hayotidagi asosiy yutug‘i deb biladi – bir oy oldin u uchinchi o‘g‘lini dunyoga keltirdi.Zumradning aytishicha, uning o‘zi farzand dunyoga keltirishdan qo‘rqmagan. Biroq shifokorlar ba’zida unga tanbeh berishgan.Bunday ko‘riklarga ruhan chidash qiyin edi, lekin Zumrad erining okean bo‘lish haqidagi maslahatini esladi. Bundan tashqari, uning shifokorlar borasida omadli chopgan edi: poliklinika terapevti ham, ham chaqaloqni dunyoga keltirishga yordam bergan shifokorlar ham unga yaxshi qarashdi.Zumrad o‘zini baxtli inson deb biladi. “Men hech qachon oyoqqa turolmayman, deb o‘ylamaslikka harakat qilaman”, deydi u. - Garchi bundan bu haqida o‘ylash og‘ir bo‘lsada, men o‘zimni nogiron deb hisoblamayman. Yuragi, boshqalarga hurmati yo‘q insonlar – nogironlardir. Men esa nogiron emasman”.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Anna Jelixovskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34393060_348:50:935:637_100x100_80_0_0_067faeb5a518bb96ff950ec2641bb91d.jpg
Anna Jelixovskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34393060_348:50:935:637_100x100_80_0_0_067faeb5a518bb96ff950ec2641bb91d.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/03/21636716_0:442:2048:1978_1920x0_80_0_0_75d50eddd12bab47959c09e30f164ee1.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Anna Jelixovskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34393060_348:50:935:637_100x100_80_0_0_067faeb5a518bb96ff950ec2641bb91d.jpg
farg‘onalik sportchi ayol avtohalokatdan keyingi hayoti haqida
farg‘onalik sportchi ayol avtohalokatdan keyingi hayoti haqida
"Og‘riqlardan yiqildim, ammo barchasini boshidan o‘rgandim": farg‘onalik sportchi ayolning hayoti
19:10 06.12.2021 (yangilandi: 15:48 05.04.2023) 3 dekabr - xalqaro Nogironlar kuni. Sputnik O‘zbekiston og‘ir avtohalokatdan omon qolgan, o‘tirishni ham boshidan o‘rgangan va professional sportchiga aylangan Zumrad Mahmudovaning ibratli hayoti haqida hikoya qiladi.
“Agar tirik qolsam, hech qachon o‘tira olmasligimni aytishdi”
2010 yilning 2-dekabr oqshomi. Zumrad Mahmudova betob bo‘lgan tanishini yo‘qlash uchun ko‘chaga chiqqandi. Hammasi u uyga qaytayotganda sodir bo‘ldi: Zumrad yo‘lakdan o‘tayotganda, uni avtomobil urib ketdi. Haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotgandi.
Mashina uni bir necha metrlarga uloqtirib yuborgandi. U o‘shanda xushidan ketmagan, shuning uchun barchasini yaxshi eslaydi.
“Ular suratga olishayotganida, konsultatsiya bo‘lib, umurtqa pog‘onamni qanday qilib tuzatishni muhokama qilishayotganida men hushimda edim, - deydi Zumrad,- shifokorlar onamga agar tirik qolsam, hech qachon hatto o‘tira olmasligimni aytishdi”.
Zumrad omon qoldi. Operatsiya Toshkentda o‘tkazildi, u to‘qqiz soat davom etdi. Biroz vaqt o‘tgach, Farg‘onaga qaytib kelgan Zumrad eri bilan ajrashishga qaror qildi.
"Uydan men ketmoqchi edim, u emas, - deb eslaydi u. Onamning oldiga qaytishni o‘yladim, chunki erim yashashi kerak edi. Lekin u bizni - meni, ikki o‘g‘limni tanladi. Erim menga sabot bilan qaradi: yotganimda yaralar paydo bo‘lmasligi uchun har ikki soatda o‘girib qo‘yardi, badanimni artib qo‘yardi”.
“O‘zingizni okean deb tasavvur qiling”
Zumradning aytishicha, sodir bo‘lgan noxush hodisaga qaramay, u na g‘azablanishni, na ranjishni xayoliga keltirgan.
“Bolaligimdan yaxshi bilaman: agar odam g‘azablansa, u o‘zini faqat g‘azablanish bilan cheklagan bo‘ladi. Erim doimo shunday derdi: agar biror noxush hodisa yuz bersa, kimdir yomon nigoh bilan qarasa, o‘zingni okean deb tasavvur qil", deydi u.
“Nega aynan okean? Okean - ulkan va cheksiz. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, to‘fon, po‘rtana va bo‘ronlardan keyin ham uning suvlari avvalgidek bo‘lib qoladi”.
U bitta haqiqatni anglashdan qo‘rqardi: u betob, demak doimo boshqalardan yordam so‘rashi kerak. Farg‘onada reabilitatsiya bo‘yicha mutaxassislar deyarli yo‘q edi. So‘ngra Zumrad o‘zi mustaqil shug‘ullanishga qaror qildi, internetdan reabilitatsiya yordamlari haqida ma’lumot qidira boshladi.
“To‘rt oyoqlab turishim uchun oylar davomida mashq qilishim kerak edi, deydi Zumrad.- Tanam taslim bo‘lmas, titrardi”. Keyin u o‘tirishni o‘rgana boshladi - har bir urinish chidab bo‘lmas og‘riq berardi.
"Men terga botardim, hushimni yo‘qotardim, – deydi u, – shu vaqtda men bilan oilam va do‘stlarim yonimda bo‘lganidan juda baxtiyorman".
Zumradning oyoqqa turib ketishiga yaqinlari turtki bo‘lgan edi. U to‘laqonli hayotga qaytishni, doimo oilasi bilan birga bo‘lishni juda istardi. Bir kuni o‘z oldiga maqsad qo‘ydi - u shunchalik yaxshi oyoqqa turadiki, kerak bo‘lsa o‘zi uchun somsa ham tayyorlaydi.
Zumrad o‘z maqsadiga erishdi. Bugun u bemalol butun oilasi uchun ovqat pishira oladi va barcha tibbiy tahlillarga zid ravishda kresloda o‘tiradi.
2015 yilda Zumrad Mahmudova Hindistonga jo‘nab ketdi va u yerda nihoyat o‘zini qiynab yotgan savolga javob topdi: u yana avvalgidek yura oladimi? Shifokorlar unga ekzoskelet - ekstremitalarning orqa va pastki kamarlarining disfunksiyasi tufayli tananing yo‘qolgan funksiyalarini to‘ldiradigan qurilmani taklif qila olishdi xolos.
Boshqacha aytganda, bu tanaga biriktiruvchi mexanizm va yurish paytida odamning tabiiy harakatlarini takrorlaydi. Ammo bunday qurilma juda qimmat, Zumrad oilasining esa bunga qurbi yetmasdi.
O‘zbekistonga qaytgach, u hammasiga befarq bo‘lib qoldi. Ko‘p qavatli uyning birinchi qavatida yashasada, o‘zi ko‘chaga chiqa olmasdi. Oltitagina zinapoyaga tushishi kerak, xolos. Tutqichlar ham yo‘q edi.
“Men yig‘lamadim, jazavaga tushmadim – shunchaki yotardim, – deydi Zumrad, – nima qilishni, endi qanday yashash haqida o‘ylardim”.
Endi Zumrad og‘ir jarohatlar olgan, ammo turli sohalarda muvaffaqiyatga erisha olgan insonlar haqida o‘ylay boshladi. Keyin u sportga keldi. Eri unga yana yordam berdi - uni mahalliy sport majmuasiga olib bordi. Xullas, Zumrad yadro, nayza va disk uloqtirish bo‘yicha shug‘ullanishni boshladi.
Natijada Zumrad sport bilan professional tarzda shug‘ullana boshladi – 2018-yilda u Yadro uloqtirish bo‘yicha Farg‘onada birinchi o‘rinni egalladi, keyin esa Toshkentda shu sport bo‘yicha kumush medalni qo‘lga kiritdi.
“Og‘ir atletika bilan birga 33 yoshimda ilk bor suzishni o‘rgandim. Albatta, avvaliga tanam pastga torttgani uchun cho‘kar edim. Lekin hozir osongina suzaman”, - deydi Zumrad.
Shuningdek, u Internetda blog ochdi va rus tilida she’rlarini e’lon qila boshladi. U bolaligidan she’rlar yozardi - Zumradda kumush asr she’riyatiga adabiyotshunos-onasi mehr uyg‘otgan edi. Biroq, Zumrad sevimli mashg‘uloti haqida tortinib gapirib berdi.
"Bolaligimdan tengdoshlarim bilan o‘yin-kulguga unchalik qiziqmasdim, buvilar bilan o‘rindiqda o‘tirishni yaxshi ko‘rardim. Ularga she’rlarimga yozilgan qo‘shiqlar aytib berganimni eslayman, lekin ularga bu Alla Pugachevaning qo‘shiqlari, deb aytardim"-deb jilmayadi Zumrad.
Uchinchi farzandni dunyoga keltirishdan qo‘rqmadim
Hozirda Zumradning blogida 23 mingdan ortiq obunachisi bor va u bir kun kelib she’rlar to‘plamini nashr etishni niyat qilgan. She’riyat va sportdagi muvaffaqiyatlari unga to‘rt yil avval Farg‘ona davlat universitetining ingliz adabiyoti fakultetiga o‘qishga kirishiga yordam berdi.
Zumrad shunday eslaydi: dastlab u shartnoma bo‘yicha o‘qishga kirgan va u universitetni tashlab ketish haqida ham o‘ylagan.
"Ammo oradan bir oycha vaqt o‘tmay universitetdan qo‘ng‘iroq qilib, nega o‘qishga kelmayotganimni so‘rashdi. Hatto haydab yuboramiz, deb qo‘rqitishdi", deb kuladi Zumrad. Bilishimcha, ular mening ishlarimni o‘rganib chiqishgan ekan. Sport va she’riyatdagi muvaffaqiyatlarim sababli menga kirish imtihonlari natijalariga qo‘shimcha ball ham berishdi. Shu sabab, meni davlat granti asosida o‘qishga o‘tkazishdi, lekin menga bu haqida xabar berishmagandi”.
Biroq Zumrad farzandlarini hayotidagi asosiy yutug‘i deb biladi – bir oy oldin u uchinchi o‘g‘lini dunyoga keltirdi.
Zumradning aytishicha, uning o‘zi farzand dunyoga keltirishdan qo‘rqmagan. Biroq shifokorlar ba’zida unga tanbeh berishgan.
"Bir nechta mutaxassislar bilan o‘tirganimni eslayman - ular boshlarini chayqashdi, men tug‘masligim kerakligini aytishdi, bu juda qiyin bo‘ladi deyishdi. Men esa ularga, buni bilaman, qiyin bo‘ladi, shuning uchun ham menga yordam bering, dedim. Homiladorlikni to‘xtatishga olib kelmoqchi bo‘lishdi", - deb eslaydi u.
Bunday ko‘riklarga ruhan chidash qiyin edi, lekin Zumrad erining okean bo‘lish haqidagi maslahatini esladi. Bundan tashqari, uning shifokorlar borasida omadli chopgan edi: poliklinika terapevti ham, ham chaqaloqni dunyoga keltirishga yordam bergan shifokorlar ham unga yaxshi qarashdi.
Zumrad o‘zini baxtli inson deb biladi. “Men hech qachon oyoqqa turolmayman, deb o‘ylamaslikka harakat qilaman”, deydi u. - Garchi bundan bu haqida o‘ylash og‘ir bo‘lsada, men o‘zimni nogiron deb hisoblamayman. Yuragi, boshqalarga hurmati yo‘q insonlar – nogironlardir. Men esa nogiron emasman”.