Turkiyada Erdog‘an ishtirokidagi mitingda teraktning oldi olindi

© AP Photo / Francisco SecoTursiya
Tursiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.12.2021
Obuna bo‘lish
Turkiyada prezident ishtirokidagi mitingda portlashi mumkin bo‘lgan bomba zararsizlantirildi.
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Turkiya xavfsizlik kuchlari xodimlari mamlakat prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an ishtirokidagi mitingda portlashi mumkin bo‘lgan bombani aniqlab zararsizlantirishdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Masofadan boshqariladigan portlovchi qurilma Turkiya janubi-sharqidagi Siirt shahrida portlashi mumkin bo‘lgan.
Mamlakatning hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi rahbari o‘rinbosari Hamza Dagning so‘zlariga ko‘ra, bomba Mardinda ishlovchi politsiya xodimi avtomobilining ostiga o‘rnatilgan. Bombani politsiyachi Siirtga kelgan vaqtda portlatishni rejalashtirishgan.
“Ular mitingni buzishmoqchi bo‘lishgan. Osuda muhitni barbod qilishga urinayotganlar bor”, - degan Hamza Dag mahalliy telekanallaridan biriga.
Qurilma mashinani ko‘zdan kechirish paytda aniqlangan va uni saporlar zudlik bilan zararsizlantirishgan. Gumondorlar qidirilmoqda.
Turkiyada ham Erdog‘an tarafdorlari, ham unga qarshilarning mitinglari bo‘lib o‘tmoqda. Miting mamlakat milliy valyutasi liraning keskin qadrsizlanishi ortidan bo‘lib o‘tmoqda. Muxolifat prezident iste’fosini talab qilmoqda.
Erdog‘an Siirtdagi mitingda chiqish qilayotib, uning mitingiga muxolifatnikiga qaraganda ko‘proq kishi kelganini aytdi. U fuqarolarni milliy iqtisodiyotga bo‘lgan ishonchini yo‘qotmaslikka chaqirib, vaziyatni tez orada izga solishga va’da berdi.
Turk lirasi yil boshidan buyon bir dollar uchun 7,4 liradan 13,9 liragacha qadrsizlandi. Mamlakat Markaziy bankining 18-noyabr kuni asosiy stavkani 16 foizga 15 foizgacha pasaytirish qarori Turkiya valyutasi kursining tushib ketishiga olib keldi.
Yangiliklar lentasi
0