https://oz.sputniknews.uz/20211205/ozbekistonda-yangi-alkotesterlardan-foydalanish-boshlandi--u-suratga-ham-oladi-21656111.html
O‘zbekistonda yangi alkotesterlardan foydalanish boshlandi – u suratga ham oladi
O‘zbekistonda yangi alkotesterlardan foydalanish boshlandi – u suratga ham oladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda haydovchini suratga olish imkoni bo‘lgan yangi alkotesterlardan foydalanish boshlandi.
2021-12-05T17:37+0500
2021-12-05T17:37+0500
2021-12-05T17:37+0500
jamiyat
haydovchilar
yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (yhxbb)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/07/0b/14519618_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_0324963e652d84bab879e8df16939a37.jpg
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. O‘zbekistonda haydovchini suratga olish imkoni bo‘lgan yangi alkotesterlardan foydalanish boshlandi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (YHXBB) matbuot xizmati xabar bermoqda.Hozir Alcostop 8000S 150 dona yangi namunadagi alkotester respublika bo‘ylab YPX xodimlariga tarqatilgan.Moslama aktiv hamda passiv rejimlarda ishlatiladi. Passiv rejimda haydovchi to‘xtatilgan paytda YPX xodimi alkotesterning puflash tomonini haydovchiga qaratadi va 5—10 santimetr masofada haydovchining og‘zidan chiqqan etanol bug‘lari orqali uning alkogol ichimlik iste’mol qilgani yoki yo‘qligi ma’lum bo‘ladi.Shundan so‘ng haydovchining mastlik holatida ekani yoki mast emasligini aniqlash uchun qurilma aktiv rejimga o‘tkaziladi. Bu rejimda mastlik holatini tekshirish jarayonida qo‘llaniladigan bir martalik uskunadan foydalaniladi. Alkotesterda kamera bo‘lib, puflash jarayonida haydovchining yuz qismini tasvirga oladi va chekda aks ettiradi.Agar haydovchining og‘zidan chiqqan etanol bug‘larning konsentratsiya ko‘rsatkichi 0,135 milligram va undan yuqori bo‘lsa, u mast deb topiladi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 131-moddasi (transport vositalarini mast holda boshqarish) tartibida bayonnoma rasmiylashtiriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20211201/nukusda-ypx-xodimi-alkotester-orniga-oz-telpagidan-foydalandi--video-21604734.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/07/0b/14519618_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_6f24c375424e0257242b9fc973eadc69.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yangi alkotester haydovchini suratga olish imkoni bo‘lgan yangi alkotesterlar
yangi alkotester haydovchini suratga olish imkoni bo‘lgan yangi alkotesterlar
O‘zbekistonda yangi alkotesterlardan foydalanish boshlandi – u suratga ham oladi
Hozir 150 dona yangi namunadagi alkotester respublika bo‘ylab YPX xodimlariga tarqatilgan.
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. O‘zbekistonda haydovchini suratga olish imkoni bo‘lgan yangi alkotesterlardan foydalanish boshlandi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (YHXBB) matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hozir Alcostop 8000S 150 dona yangi namunadagi alkotester respublika bo‘ylab YPX xodimlariga tarqatilgan.
Moslama aktiv hamda passiv rejimlarda ishlatiladi. Passiv rejimda haydovchi to‘xtatilgan paytda YPX xodimi alkotesterning puflash tomonini haydovchiga qaratadi va 5—10 santimetr masofada haydovchining og‘zidan chiqqan etanol bug‘lari orqali uning alkogol ichimlik iste’mol qilgani yoki yo‘qligi ma’lum bo‘ladi.
Shundan so‘ng haydovchining mastlik holatida ekani yoki mast emasligini aniqlash uchun qurilma aktiv rejimga o‘tkaziladi. Bu rejimda mastlik holatini tekshirish jarayonida qo‘llaniladigan bir martalik uskunadan foydalaniladi. Alkotesterda kamera bo‘lib, puflash jarayonida haydovchining yuz qismini tasvirga oladi va chekda aks ettiradi.
Agar haydovchining og‘zidan chiqqan etanol bug‘larning konsentratsiya ko‘rsatkichi 0,135 milligram va undan yuqori bo‘lsa, u mast deb topiladi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 131-moddasi (transport vositalarini mast holda boshqarish) tartibida bayonnoma rasmiylashtiriladi.