https://oz.sputniknews.uz/20211205/hokim-yordamchilari-qancha-maosh-olishi-malum-boldi-21652066.html
Hokim yordamchilari qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi
Hokim yordamchilari qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti qarori bilan hokim yordamchilarining oylik ish haqi miqdori belgilab berildi.
2021-12-05T11:03+0500
2021-12-05T11:03+0500
2021-12-05T11:03+0500
iqtisod
maosh
hokim yordamchilari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/75/14177569_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_42894f4ddf1101ad677df78d82814088.jpg
TOShKENT, 5 dek — Sputnik.O‘zbekiston prezidenti qarori bilan hokim yordamchilarining oylik ish haqi miqdori belgilab berildi.Ayni vaqtda barcha viloyatlarda hokim yordamchilari saralab olingan bo‘lib, ular 2022-yilning 1-yanvaridan mahallalarda ish boshlashadi.Qarorga muvofiq hokim yordamchilarining oylik ish haqi miqdori ular biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda belgilanadi:Hokim yordamchilariga to‘lanadigan o‘rtacha oylik ish haqi miqdori nomzodning ushbu lavozimga ishga qabul qilingunga qadar avvalgi ish joyi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi miqdoridan kam bo‘lgan taqdirda yetishmagan qismi hokim yordamchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya qilib boriladi.Avvalroq har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlikni ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi bo‘lishi xabar qilingan edi. Ular mahallada tadbirkorlarning loyihalariga yordam beradi, kasb-hunarga o‘qitish, tomorqa, bo‘sh yer va binolardan unumli foydalanishni tashkil etadi. Bu orqali yangi ish o‘rinlari yaratish, jon boshiga daromadni oshirish va kambag‘allikni qisqartirishga mas’ul bo‘ladi.
https://oz.sputniknews.uz/20211115/kelgusi-yilda-kambagallik-va-ishsizlikni-qisqartirish-borasida-qanday-choralar-koriladi-21359930.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/75/14177569_256:0:2987:2048_1920x0_80_0_0_8ccae79d654fe0005f55fb9d132fbcf0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hokim yordamchilari maoshi qancha hokim yordamchilari oylik hokim yordamchilari kimlar
hokim yordamchilari maoshi qancha hokim yordamchilari oylik hokim yordamchilari kimlar
Hokim yordamchilari qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi
2022 yil 1-yanvaridan respublikaning 9 ming 259 ta mahallasida hokim yordamchilari ish boshlaydi.
TOShKENT, 5 dek — Sputnik.O‘zbekiston prezidenti qarori bilan hokim yordamchilarining oylik ish haqi miqdori belgilab
berildi. Ayni vaqtda barcha viloyatlarda hokim yordamchilari saralab olingan bo‘lib, ular 2022-yilning 1-yanvaridan mahallalarda ish boshlashadi.
Qarorga muvofiq hokim yordamchilarining oylik ish haqi miqdori ular biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda belgilanadi:
xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 6 baravari miqdorida (4 million 932 ming so‘m);
xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 6,5 baravari miqdorida (5 million 343 ming so‘m);
xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 7 baravari miqdorida (5 million 754 ming so‘m).
Hokim yordamchilariga to‘lanadigan o‘rtacha oylik ish haqi miqdori nomzodning ushbu lavozimga ishga qabul qilingunga qadar avvalgi ish joyi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi miqdoridan kam bo‘lgan taqdirda yetishmagan qismi hokim yordamchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya qilib boriladi.
Avvalroq har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlikni ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi bo‘lishi xabar qilingan edi. Ular mahallada tadbirkorlarning loyihalariga yordam beradi, kasb-hunarga o‘qitish, tomorqa, bo‘sh yer va binolardan unumli foydalanishni tashkil etadi. Bu orqali yangi ish o‘rinlari yaratish, jon boshiga daromadni oshirish va kambag‘allikni qisqartirishga mas’ul bo‘ladi.