Anor kimga foydali - shifokor javobi

© Sputnik / Asatur YesayansGranat
Granat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.12.2021
Obuna bo‘lish
Anor infarkt, insult va Alsgeymer kasalliklarining oldini oladi, qonda xolesterin miqdori kamayishi va ko‘krak saratoniga chalinish ehtimolini kamaytiradi - shifokor.
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Anor – immunitetni mustahkamlaydi, saraton va aqli zaiflik kasalligi paydo bo‘lishining oldini oladi, deydi diyetolog-shifokor Yelena Solomatina Sputnik radiosi efirida.
Anor <Rossiyada> nisbatan kam iste’mol qilinsa-da, eng foydali mevalardan biri. Uning tarkibida antioksidantlar ko‘p. Shuningdek anor infarkt va insult kabi yurak-qon tomirlari tizimi kasalliklarini, Alsgeymer kasalligini hamda saraton kasalliklari, ayniqsa ko‘krak saratonining oldini oladi, qonda xolesterin miqdori kamayishiga xizmat qiladi, - deydi Solomatina.
Anorning foydali xususiyatlari kishi uni har kuni iste’mol qilganda yaxshi seziladi. Bunda kunlik iste’mol miqdori atigi - 30 gram sok yoki bir dona anorning to‘rtdan bir bo‘lagi bo‘lsa yetarli.
Anorni meyoridan ortiq iste’mol qilish ham maqsadga muvofiq emas. Uning tarkibidagi organik kislotalar oshqozon-ichak tizimiga hamda tish emaliga zarar yetkazishi mumkin. Shu sababli anor iste’molidan keyin og‘izni chayish maqsadga muvofiq.
Anor tanlashda imkon qadar yangi meva tanlash kerak. Buni anor terisi va tojidan bilib olsa bo‘ladi. Agar uning terisida qora dog‘lar bo‘lsa – demak meva eskirgan. Shuningdek og‘g‘irroq mevada sharbat ko‘poq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0