Rossiya Yevropaga temir-tersak bilan “zarba” berdi

© Sputnik / Vladimir VatkinBarja s gruzom metalloma
Barja s gruzom metalloma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.12.2021
Obuna bo‘lish
Jahon bozorida qora metallomga talab keskin oshdi. Rossiya, ichki iste’molchilarni himoya qilish uchun ushbu xom-ashyo eksportini cheklashga harakat qilayotgan bir vaqtda Ukraina uning eksportini 15 baravarga oshirdi. Buning oqibati qanday bo‘lishi mumkin?
TOShKENT, 4 dek - Sputnik. Ushbu haftada Rossiya hukumati qora metal lomi uchun eksport poshlinasini tonnasiga 70 yevrodan 100 yevrogacha ko‘tardi. Yangi stavka 2022-yilning 1-yanvaridan kuchga kiradi. Bojning bunday darajasi ushbu xom-ashyo turini Rossiyadan olib chiqishni deyarli ta’qiqlab qo‘yadi. RIA Novost maqolasiga asosan.
Qizig‘i shundaki, qora metallom eksportini cheklash g‘oyasi Rossiyada ham Yevropada ham bir vaqtda paydo bo‘ldi, lekin rossiyalik mulozimlar uzi tezroq qonunga aylantirishdi. Yevropada ham ana shunday qonun yaqin vaqt ichida qabul qilinishiga shubha qilmasa ham bo‘ladi. Sabab – qora metallomga jahon bozorida talab keskin oshgan va ushbu xom ashyo uchun kurash boshlanmoqda.

Foydalanilgan qora metall kimga zarur ?

WorldSteel xabariga ko‘ra 2020-yilda Yevropa metallurgiyasida elektr yordamida metall eritadigan zavodlar ulushi Turkiyada - 69%, YeIda— 42%, Rossiyada — 32% va Ukrainada — 5,5%ni tashkil qildi. Ularning 95% xom-ashyo sifatida foydalanilgan qora metalldan foydalanadi.
Ma’lumot uchun, metall eritishning boshqa uslublari uchun hom ashyo qanday bo‘lishi katta ahamiyatga ega emas, lekin baribir kerak. Elektr yordamida metall eritganda 1 tonna po‘lat olish uchun 1,1 tonna qora metallom kerak bo‘lsa, marten pechlari orqali po‘lat olganda 0,4, - 0,5 tonna, konverter yordamida – 0,2 – 0,25 tonna qora metallom kerak bo‘ladi.
Ikkinchidan, po‘lat ishlab chiqarishda qazilma xom ashyodan ko‘ra qora metalldan foydalangan afzalroq, chunki unga kamroq ishlov berish jarayonlaridan o‘tish kerak bo‘ladi.
Va uchinchidan, o‘tgan yil oxirida va ushbu yil boshida jahon bozorida temir rudasiga bo‘lgan talab keskin oshib ketdi (3-4 baravar). Sababalardan biri – Braziliyada kovid tufayli qazib olishning keskin kamayishi bo‘ldi.
To‘rtinchidan, umumjahon “karbon vasvasasi” ham bunga o‘z hissasini qo‘shdi. Yangi ruda qazib olgandan ko‘ra, mavjud metallomni qayta ishlash, albatta, SO2 chiqindilarini bir necha bor kamaytiradi va Yevropa va boshqa davlatlarda kiritilayotgan “uglerod solig‘i” — korxonalarni aynan shunday metallga o‘tishga iqtisodiy tomondan majburlaydi.

Ichki sabablar

Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Vladimir Ilichev ushbu vaziyatni quyidagicha baholadi.
“Ushbu chora birinchi navbatda ichki bozorni xom-ashyo bilan ta’minlashga va narxlar oshishini oldini olishga qaratilgan. Shu bilan birga lom eksportchilari va sohada ish o‘rinlarini saqlab qolishni ham nazarda tutadi”, - dedi vazir o‘rinbosari.
Rossiya ichki bozorida qora metall narxi tonnasiga 400 dollarni (29,5 ming rubl) tashkil qiladi. Yevropa va Rossiyaning eng yirik lom importori Turkiya bozorida ushbu metall narxi 500 dollarga chiqdi. Bunday vaziyatda 100 yevrolik poshlina metallomni ichki iste’molchilarga yetkazib berish uchun xizmat qiladi.
Yevropa Ittifoqi bo‘lsa, qora metallom eksportida boshqa yo‘l bilan bormoqda. Yevrokomissiya WSR nomli hujjat ishlab chiqqan. Dastlabki bosqichda ular qora metallni Yevropadan olib chiqishni butunlay ta’qiqlab qo‘yishmoqchi bo‘lishdi, lekin keyinchalik faqat OESR davlatlariga olib chiqishni ta’qiqlashdi. Aniqrog‘i bir talay ma’muriy to‘siqlar o‘rnatishdi. Ushbu ta’qiq asosan Hindiston, Pokistan, Misr, Malayziya, Indoneziya, Xitoy va Rossiyaga taaluqli bo‘ladi.
Aytish joizki Rossiya 2020-yilda 4 milliontonnalom eksport qildi. Vaholanki eksport uchun 26,4 million tonna lom tayyorlab qo‘yilgan edi.

Ukraina hammadan birinchi

Umumjahon miqyosda qora metallom yaqqol defitsiti kuzatilayotgan bir vaqta Ukrainadan ushbu kamob xom-ashyo eksporti 15 barobar (!) o‘sdi va 500 ming tonnani tashkil qildi. Ushbu metallning 90% Turkiyaga yetkazib berildi. Ukrainalik metallurglar buni cheklashni so‘rab o‘z hukumatlariga bir necha bor murojaat qilishlariga qaramasdan hukumat - jim.
Rossiya va YeKning so‘nggi qarorlari Turkiyani Ukrainadan yanada ko‘proq qora metallom sotib olishga majburlaydi. Bu esa Ukrainani, qora metallar sanoatini mutlaq tanazzulga olib kelishi mumkin.
Yuqorida sanab o‘tilgan qator va jiddiy ta’sirga ega omillar tufayli jahonda qora metallurgiya bozori qayta taqsimlanish jarayoni boshlangan. Ukraina, o‘z rahbarlarining aqlsizligi tufayli, yangi tuzilayotgan qora metallurgiya bozorining birinchi qurboni bo‘lishi mumkin. Birinchi, lekin oxirgisi emas.
Yangiliklar lentasi
0