https://oz.sputniknews.uz/20211204/miya-faoliyatini-yaxshilovchi-eng-yaxshi-besh-ichimlik-21650187.html
Miya faoliyatini yaxshilovchi eng yaxshi besh ichimlik
Miya faoliyatini yaxshilovchi eng yaxshi besh ichimlik
Sputnik O‘zbekiston
Kimoviy tabletkalarsiz, faqat tabiiy ichimliklar yordamida miya faoliyatini yaxshilashi mumkinligi haqida Sputnik maqolasida tanishing.
2021-12-04T22:00+0500
2021-12-04T22:00+0500
2021-12-04T22:00+0500
jamiyat
ichimlik
choy
qahva
apelsin sharbati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/13/16044265_0:159:1999:1283_1920x0_80_0_0_822e9684065667f34936194b82a0c51d.jpg
TOShKENT, 4 dek - Sputnik. Zamonaviy hayot tarzida inson miyasi orqali har kuni katta hajmdagi axborot o‘tadi. Uni normal o‘zlashtirish uchun yuqori konsentratsiya va faol xotira talab qilinadi. Ayrimlar hatto miya faoliyatini yaxshilash va mahsuldorlikni oshirish uchun ko‘pchilik turli biologik faol qo‘shimchalar (BAD) va "aqlli" tabletkala iste’mol qiladi. Lekin qo‘yidagi oddiy tabiiy ichimliklar ham miya faoliyatini yaxshilaydi. QahvaBugungi kunda kofe eng mashhur ichimliklardan biri hisoblanadi. Tarkibidagi kofein tufayli u miya samaradorligini oshiradi. Olimlar uzoq vaqtdan beri ushbu ingrediyent miyaning fikr jamlash va xotirani qobiliyati yaxshilashini aniqlashgan. Shuningdek, kofe Alsgeymer kasalligi xavfini kamaytiradi.Faqat har bir kishi o‘z organizmi uchun qahvaning meyorini bilishi va beligangan miqdordan oshmasligi kerak. Kuniga to‘rt stakandan ko‘p emas!Ko‘k choyKo‘k choy tarkibida qahvaga qaraganda kamroq kofeinga ega bo‘lsada, u ham diqqatni jam qilish va organizmni tetiklantiruvchi ichimlik hisoblanadi. Bir piyola ko‘k choy miya faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va turli kasalliklarga qarshi kurashadi.Choy qo‘ziqoriniKombucha (kombucha) ham kam bo‘lmagan qimmatli ichimlik hisoblanadi. U probiotiklar deb ataladigan foydali bakteriyalarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, ular miya faoliyatini yaxshilashga yordam beradi. Kombuchani o‘zingiz tayyorlashingiz yoki maxsus do‘konlarda xarid qilishingiz mumkin.Apelsin sharbatiYangi siqilgan apelsin sharbatida miya uchun zarur bo‘lgan juda ko‘p S vitamini mavjud. Qon tarkibida ushbu vitamin miqdori yuqori bo‘lgan odamlar ma’lumotni eslab qolishlari, shuningdek, chet tillarini yaxshi o‘rganishlari isbotlangan.KefirKefir, kambucha kabi, probiyotiklarga boy. Bu fermentlangan ichimlik miya faoliyatiga yordam beradi, shuningdek, inson tanasida muhim bakteriyalarning ko‘payishiga yordam beradi. Kefirni yoqtirmaydiganlar uni qo‘shimchalarsiz ichimlik yogurt bilan almashtirishlari mumkin. Uning tarkibida fermentlar ham bor.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/13/16044265_38:0:1961:1442_1920x0_80_0_0_cdb680d64bf7351b41e6e732c2ce6c82.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
choy kofe ko‘k choy apelsin sharbati qahva kefir
choy kofe ko‘k choy apelsin sharbati qahva kefir
Miya faoliyatini yaxshilovchi eng yaxshi besh ichimlik
Kimoviy tabletkalarsiz, faqat tabiiy ichimliklar yordamida miya faoliyatini yaxshilashi mumkinligi haqida Sputnik maqolasida tanishing.
TOShKENT, 4 dek - Sputnik. Zamonaviy hayot tarzida inson miyasi orqali har kuni katta hajmdagi axborot o‘tadi. Uni normal o‘zlashtirish uchun yuqori konsentratsiya va faol xotira talab qilinadi.
Ayrimlar hatto miya faoliyatini yaxshilash va mahsuldorlikni oshirish uchun ko‘pchilik turli biologik faol qo‘shimchalar (BAD) va "aqlli" tabletkala iste’mol qiladi.
Lekin qo‘yidagi oddiy tabiiy ichimliklar ham miya faoliyatini yaxshilaydi.
Bugungi kunda kofe eng mashhur ichimliklardan biri hisoblanadi. Tarkibidagi kofein tufayli u miya samaradorligini oshiradi. Olimlar uzoq vaqtdan beri ushbu ingrediyent miyaning fikr jamlash va xotirani qobiliyati yaxshilashini aniqlashgan. Shuningdek, kofe Alsgeymer kasalligi xavfini kamaytiradi.
Faqat har bir kishi o‘z organizmi uchun qahvaning meyorini bilishi va beligangan miqdordan oshmasligi kerak. Kuniga to‘rt stakandan ko‘p emas!
Ko‘k choy tarkibida qahvaga qaraganda kamroq kofeinga ega bo‘lsada, u ham diqqatni jam qilish va organizmni tetiklantiruvchi ichimlik hisoblanadi. Bir piyola ko‘k choy miya faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va turli kasalliklarga qarshi kurashadi.
Kombucha (kombucha) ham kam bo‘lmagan qimmatli ichimlik hisoblanadi. U probiotiklar deb ataladigan foydali bakteriyalarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, ular miya faoliyatini yaxshilashga yordam beradi. Kombuchani o‘zingiz tayyorlashingiz yoki maxsus do‘konlarda xarid qilishingiz mumkin.
Yangi siqilgan apelsin sharbatida miya uchun zarur bo‘lgan juda ko‘p S vitamini mavjud. Qon tarkibida ushbu vitamin miqdori yuqori bo‘lgan odamlar ma’lumotni eslab qolishlari, shuningdek, chet tillarini yaxshi o‘rganishlari isbotlangan.
Kefir, kambucha kabi, probiyotiklarga boy. Bu fermentlangan ichimlik miya faoliyatiga yordam beradi, shuningdek, inson tanasida muhim bakteriyalarning ko‘payishiga yordam beradi. Kefirni yoqtirmaydiganlar uni qo‘shimchalarsiz ichimlik yogurt bilan almashtirishlari mumkin. Uning tarkibida fermentlar ham bor.