Analitika

Yevroosiyo transport “qovirgʻasi” siz va biz uchun: YEOII savdo ambitsiyalarining siri nimada

© Sputnik / Asatur YesayantsFlagi stran uchastnits YEAES, arxivnoye foto
Flagi stran uchastnits YEAES, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.12.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Moskvada 2 dekabr kuni Ikkinchi Yevroosiyo kongressi boʻlib oʻtdi. Unda ishtirokchi mamlakatlar tashkilot rivojlanishi istiqbollarini muhokama qilishdi.
TOSHKENT, 3 dek - Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi tahliliy hisobotlariga nazar solganda, avvamlombor koʻzga yalt etib koʻrinadigan narsa – ularning kovid keltirib chiqargan inqirozdan muvaffaqiyatli tiklanishidir.
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustinning soʻzlariga koʻra, shu yilning yanvar oyida Yevroosiyo mamlakatlari orasida oʻzaro savdo-sotiq 33%ga oshdi. Yevroosiyo Taraqqiyot banki tahlilchilari asosan qoʻshni mamlakatlar bilan oʻzaro savdo – sotiq evaziga 2022 yilda ishtirokchi mamlakatlar YAIMsining 4,2%dan 6,2% oshishini prognoz qilmoqda.
Ekspertlar soʻzlariga koʻra, hamkorlik va yangi bozorlarga chiqish boʻyicha salohiyatlar hali hamon katta. Albatta, har bir davlatning oʻz farovonlik yoʻli bor, lekin hamkorlikdan barcha foyda koʻrishiga YEOII aʼzolarining barchasi ishonadi.
Aytaylik, Armaniston uchun Yevroosiyo iqtisodiyoti rivojlanishining eng muhim sharti savdoda milliy valyutalar ulushini oshirish hisoblanadi.
"Busiz integratsiya toʻliq boʻlmaydi. Barchamizda valyutalar oʻzgaruvchan va bugungi inflyatsiya holati ushbu strategik vazifani amalga oshirishga maksimal darajada eʼtibor qaratishimiz kerakligini koʻrsatmoqda. Chet el kapitallarga qaramlik – axir bu jiddiy xarajatdir, aniq aytganda – biz oʻz tovarlarimiz uchun narx-navo sharoitlarini yomonlashtirmoqdamiz" – deydi Armaniston bosh vaziri oʻrinbosari Mger Grigoryan.
Uning fikricha, toʻgʻri hisob-kitob tizimi bilan YEOII valyutalarni jamlash imkoniyatiga ega boʻladi, bu esa Ittifoq doirasidagi savdo hajmini oshirishni ragʻbatlaydi.
Mutaxassislarning fikriga koʻra, iqtisodiy integratsiyaning muhim omili nafaqat moliyaviy vositalar, balki yaxshi ishlaydigan logistikadir. Byurokratik toʻsiqlarning olib tashlanishi YEOIIga aʼzo davlatlar uchun tovarlarni qoʻshni bozorlarga yetkazib berishni sezilarli darajada osonlashtirdi. Xitoyning "Bir kamar - bir yoʻl" loyihasi bilan birgalikda qoʻshimcha transport infratuzilmasining qurilishi yuk tashishni tezlashtiradi va savdo-sotiq istiqbollarini yanada kengaytiradi.
Yevroosiyo Taraqqiyot Banki “Meridiana” xususiy avtomobil yoʻli uchun kredit ajratish hamda moliyalashtirishni tashkillashtirishga tayyor ekanligini birdirdi. Mazkur xususiy avtomobil yoʻli Rossiyadan boshlanib Qozogʻiston chegaralaridan Belarusgacha oʻtadi, yakuniy yoʻnalish esa YEOII mamlakatlarini Xitoy bilan bogʻlaydi.
Bundan tashqari, bank Yevroosiyo tovar tarqatish tarmogʻi kontseptsiyasini taqdim etdi. Tarmoq- YEOIIda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchidan chakana savdo tarmogʻigacha boshqaruv tizimi. U fermerlar va ishlab chiqaruvchilar, logistika kompaniyalari va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash markazlari, distribyuterlar, riteyllar, fiskal va nazorat organlarini – sohadagi barcha tizimlarni qamrab oladi.
Tahlilchilar prognoziga koʻra, bu agrosanoat majmuasidagi savdo aylanmasini 30% ga oshirish va 228 million aholining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash imkonini beradi. Mazkur gʻoya YEOII dagi yirik qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilaridan biri – Qozogʻiston tomonidan allaqachon maʼqullangan.
"Biz YEOTB tashabbusini olqishlaymiz. Ulkan hududimiz, logistika tizimining past darajada rivojlanganligi va transport xarajatlarini kamaytirish zaruriyatini hisobga olsak - bu oʻta muhim yoʻnalish. Bundan tashqari, pandemiya tufayli taʼminot zanjirlari buzilmoqda va oziq-ovqat taqchilligi bor”, - deydi Qozogʻiston bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Alixan Smailov.
Mablagʻ yaratish va taqsimlash boʻyicha bizda allaqachon tajriba bor. Xitoyning "Yangi Ipak yoʻli" transport loyihasiga qoʻshilish uchun infratuzilmaning katta qismi YEOII mamlakatlari tomonidan mustaqil ravishda qurilgan.
Yevroosiyo banki bosh iqtisodchisi Yevgeniy Vinokurovning soʻzlariga koʻra, XXR "Gʻarbiy Yevropa – Gʻarbiy Xitoy" loyihalariga nisbatan biroz sovuqlashgani sababli Pekin ushbu loyiha infratuzilmasiga "bir tsent ham, bir yuan ham, bir tiyin ham" sarmoya kiritmagan va mamlakat markaziy viloyatlaridan konteynerlar eksporti uchun subsidiyalar bilan kifoyalangan.
Biroq, yoʻllar, omborlar va markazlarni yaratishga sarmoya kiritgan YEOII mamlakatlari infratuzilmani oʻzlarining integratsion ehtiyojlariga mukammal moslashtira oldi.
Bundan tashqari, bunday keng koʻlamli logistika tarmogʻini yaratish Mixail Mishustin taʼbiri bilan aytganda, "Yevrosiyoning transport qovirgʻasi" faqat YEOII aʼzolarigagina kerak emas.
Yevroosiyo transport loyihasi iqtisodiy ittifoqning muhim savdo hamkorlari boʻlgan, ammo unga hali qoʻshilmagan Tojikiston va Oʻzbekiston mamlakatlari uchun biznesni sezilarli darajada osonlashtiradi.
Xususan, Toshkent bunday hamkorlikning barcha afzalliklarini allaqachon his qildi va hozirda tashkilotga toʻliq aʼzo boʻlish ustida ishlamoqda. Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Jamshid Qoʻchqorovning soʻzlariga koʻra, YEOII doirasidagi hamkorlik yangi transport yoʻlaklarini ochadi va tom maʼnoda oʻzbek savdosini dengizga olib chiqadi.
Keng koʻlamli integratsiya loyihasini nafaqat Markaziy Osiyo davlatlari qoʻllab-quvvatlamoqda, balki rasmiy Minsk ham Xitoydan Yevropaga yoʻl koʻrsatuvchi sarbon rolini ham oʻz zimmasiga olmoqchi.
“Biz ushbu transport “qovirgʻasi” tarkibida 58 ta logistika markazlarini qurishga tayyormiz va Yevropa Ittifoqidan Xitoy Ipak yoʻligacha boʻlgan yoʻlda logistika platformasi boʻlishimiz kerak”- deya taʼkidladi Belarus bosh vaziri oʻrinbosari Igor Petrishenko Yevroosiyo kongressi sessiyasida.
Uning soʻzlariga koʻra, faqat maʼlum bir sohadagi ichki raqobatgina YEOII mamlakatlari iqtisodiyotini bogʻlash uchun yagona toʻsiq boʻlishi mumkin.
“2025 yilgacha rivojlanish strategiyasi boʻyicha loyihalar roʻyxatini shakllantirayotganimizda, qoʻshimcha takroriy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga hojat yoʻqligini taʼkidlashiz kerak. Albatta, raqobat boʻlishi kerak, biroq bu raqobatni bizning qoʻshma mahsulotimiz uchinchi mamlakatlarda yaratishi lozim. Biz YEOTB dan eksport moliyaviy koʻmagida boshqa bozorlarda ham oʻrin egallashimiz kerak”- dedi Igor Petrishenko.
Hozirda Oʻzbekistondan tashqari Moldova va Kuba ham YEOIIda kuzatuvchi maqomiga ega. Qolaversa, Tojikiston bir necha yildan beri ittifoqqa aʼzo boʻlishni koʻrib chiqmoqda, biroq hozircha qaror qabul qilgani yoʻq.
Ehtimol, YEOTBning savdo va logistikadagi rejalarining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi - hozircha ikkilanayotgan mamlakatlarning shubhalarini yoʻqqa chiqarsa.
Yangiliklar lentasi
0