"Dublyaj qiroli" Sanjar Sa’dullayev vafot etdi

© Press-slujba Ministerstva kullturi UzbekistanaSkonchalsya Sanjar Sa’dullayev
Skonchalsya Sanjar Sa’dullayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.12.2021
Obuna bo‘lish
Sanjar Sa’dullayev "Esmeralda", "Qish sonatasi", "Ishkomli uy", "Ichkarida" kabi seriallarining bosh qahramonlarga ovoz bergan.
TOShKENT, 4 dek - Sputnik. Taniqli dublyaj aktori, barchaga yaxshi tanish bo‘lgan ovoz sohibi Sanjar Sa’dullayev vafot etdi, deb xabar qilmoqda. O‘zbekiston Madaniyat vazirligining telegram kanali.
"Taniqli dublyaj aktori, sohir ovoz sohibi, o‘zining shirali ovozi bilan kinomuxlislar mehrini qozongan, kamtarin va fidoyi ijodkor Sanjar Sa’dullayev 4-dekabr kuni 67 yoshda vafot etdi", - deyilgan xabarda. Madaniyat vazirligi aktorning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirishini ma’lum qilgan.
Sanjar Sa’dullayev 1954-yil 10-iyul kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. U Toshkent davlat teatr va san’at oliygohining "Drama va kino aktori" bo‘limini tamomlagan. U dublyajdagi faoliyati davomida o‘ziga xos dublyaj maktabini yaratib, yuzlab film va seriallarga ovoz bergan.
Sanjar Sa’dullayev "Esmeralda", "Qish sonatasi", "Ishkomli uy", "Ichkarida" seriallari "Devor", "Vira va Zara" "Ishq rishtasi" hind filmlarida bosh qahramonlarga ovoz bergan.
"Xolis fikr" telegram kanali yozishiga ko‘ra, Sanjar Sa’dullayev uzoq vaqt davomida "biror marta tomoshabinga ko‘rinish bermagan, suratlari hech qayerda e’lon qilinmagan. Intervyu olmoqchi bo‘lgan jurnalistlarga esa rad javobini berib kelgan". Qo‘yida ushbu inson bilan ehtimol yagona intervyu bilan tanishishingiz mumkin.
Yangiliklar lentasi
0