"Gazpromneft" O‘zbekistonga AI-92 benzini ishlab chiqarish texnologiyasini beradi

© Sputnik / Mariya DevaxinaAvtozapravochnaya stansiya "Gazpromneft" v Moskve
Avtozapravochnaya stansiya Gazpromneft v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.12.2021
Obuna bo‘lish
Noyabr oxirida O‘zbekistonda AI-80 benzini narxi keskin oshgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Monopoliyaga qarshi qo‘mita tekshiruvidan so‘ng narxlar yana pastlay boshladi.
TOShKENT, 3 dek — Sputnik. Rossiyaning "Gazpromneft" kompaniyasi Buxoro neftni qayta ishlash zaovdida AI-80 o‘rniga AI-92 navli benzinni sanoat miqyosida ishlab chiqarish texnologiyasini berishi mumkin, deb ma’lum qilmoqda "O‘zbekneftgaz".
Toshkentda bo‘lib o‘tgan muzokaralar doirasida “Gazpromneft-Promishlennie Innovatsii” kompaniyasi yangi innovatsion “Aroforming” texnologiyasini taqdim etdi. Ushbu texnologiyaning vazifasi - yengil benzin fraksiyalarini maxsus katalizator yordamida metanol bilan ta’sir ettirish yo‘li orqali yuqori oktanli avtobenzin mahsulotlarini ishlab chiqarishdan iborat.
Taklif etilayotgan texnologiyani kelgusida Buxoro neftni qayta ishlash zavodida tadbiq etish, u yerda ishlab chiqarilayotgan “AI-80” avtobenzin yonilg‘isidan to‘liq voz kechish, hamda yuqori oktan sonli avtobenzin yonilg‘ilarini ishlab chiqarish imkonini beradi, - deyilgan xabarda.
Tomonlar, yillik qayta ishlash quvvati 20,0 ming tonna bo‘lgan “Aroforming” texnologik qurilmani Buxoro zavodida tadbiq qilish uchun, “Gazpromneft-Promishlennie Innovatsii” kompaniyasining ilmiy markazida kerakli tadqiqotlarni o‘tkazish, tegishli texnologik ma’lumotlar bilan almashish, loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini ko‘rib chiqishga kelishib olishdi.
Ma’lumot uchun, ushbu muzokaralar Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo neft kimosi va neftni qayta ishlash 2021” 8–xalqaro konferensiyasi doirasida amalga oshirildi. Anjumanda jami 23 ta davlatning gaz-kimyo va neft-kimyo sohalaridagi istiqbolli loyihalar va ularni amalga oshirish bo‘yicha nomdor kompaniyalari mutaxassislari ishtirok etishdi.
"Gazpromneft" Rossiyaning eng yirik 3ta neft kompaniyalaridan biridir. "Gazpromneft" 2020-yilda 96,1 mln.tonna neft ekvivalentiga teng uglevodorodlar qazib olgan 40,4 mln. tonna neftni qayta ishlagan. Kompaniya Rossiyaning eng innovatsion neft kompaniyasi hisoblanadi. "Gazpromneft" Arktikada neft qazib olishni boshlagan birinchi Rossiya kompaniyasidir. Kompaniya xodimlari soni 83 ming. rix zapravkax vmeste s tem nachal nablyudatsya defitsit
Yangiliklar lentasi
0