NATO “Rossiya rejimi” bilan Estoniyada tank jangiga kirishdi

© Foto : eur.army.milAmerikanskie tanki M1A2 Abrams v Yevrope.
Amerikanskie tanki M1A2 Abrams v Yevrope. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.12.2021
Obuna bo‘lish
Belarus prezidentining ittifoqdosh respublika hududida Rossiya raketalari joylashtirilishi mumkinligi haqidagi xabaridan so‘ng NATO bosh kotibi Sharqiy Yevropada raketa joylashtirish haqidagi gaplarini darhol unutdi.
NATOning Rossiyaga qarshi agressiv ritorikasi kundan-kunga kuchayib bormoqda. Alyans tashqi ishlar vazirlarining shu hafta Rigada yig‘ilgan sammiti chog‘ida, ba’zan, ularning o‘zi bizga qarshi urush e’lon qilmoqchi bo‘lgandek tuyulardi. Vaziyat shu darajaga yetdiki, NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg, ehtimol, birinchi marta davlat hokimiyatiga nisbatan “Rossiya rejimi” atamasini ishlatdi.

Tankli tomosha

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Trassning Estoniyaning Rossiya chegarasiga yaqin joylashgan hududida tank ustida paydo bo‘lishi - ushbu ommaviy jazavaning ma’naviy cho‘qqisi bo‘ldi. U o‘zining ushbu jangovar ko‘rinishi bilan Rossiyaning “tajovuzkor niyatlari"ga qarshilik ko‘rsatishga tayyorligini bildirmoqchi ekanligini yashirmadi.
Uning o‘q bronejileti va dubulg‘asi "Rossiya tahdidi"ning jiddiyligini namoyish qilishi kerak edi: aftidan, Britaniya vazirini u “Yevropa-Rossiya frontining” old chizig‘ida ekaniga va har damda uning boshi ustidan o‘qlab uchib o‘tishi mumkinligiga ishontirishgan.
Keling, bir lahzaga tasavvur qilib ko‘raylik, agar Sergey Lavrov istalgan davlat chegaralari yaqinida xuddi shunday jangovar libosda tank ustida paydo bo‘lsa, G‘arb ommaviy axborot vositalarida nimalar boshlanar edi? Bunday ko‘rinishni tasavvur qilish haqiqatan ham qiyin, chunki bizda "diplomatiya" so‘zi hali ham klassik ma’noda talqin qilinmoqda.
Trassning xatti-harakati esa – yaqinda Lavrov "nomaqbul diplomatiya" deb nomlagan “G‘arb siyosati fenomeni”ning ko‘rinishi bo‘lsa ajab emas. Bunday provokatsion harakatlar uchun aniqroq atama topish qiyin.
Aslida, biz ushbu haftada Rigada kuzatgan hodisani "nomaqbul diplomatiya"ning ommaviy namoyishi deb atash mumkin va bu mubolag‘a bo‘lmaydi. Shimoliy Atlantika ittifoqi mamlakatlari tashqi ishlar idoralari rahbarlari Rossiyaga qarshi eng tajovuzkor ritorikada go‘yoki o‘zaro raqobatlashayotganga o‘xshardi. Darvoqe, ushbu shunchaki kundalik tadbirni yoritishda, G‘arb OAVlari qachon bunchalik jonbozlik ko‘rsatganini esla olish murakkab.
Haqiqatan ham, NATOning ushbu sammiti oldidan “Rossiyaning Ukrainaga qishgi hujumi” mavzusida vahima qo‘zg‘ash uchun ulkan kampaniya bo‘lib o‘tdi. Garchi Ukrainaning o‘zi bunday bosimdan dovdirab qolgan bo‘lsa ham, nimadir noto‘g‘ri ekanligini his qildi va bu soxtalikni rad etishga harakat qildi, hatto Rossiyani uni tarqatishda aybladi. Ukrainaning g‘arbiy "sheriklari" esa “ko‘rinmas tahdidning”jiddiyligiga qat’iy ishontirishga harakat qilishdi. "Qo‘rquvning ko‘zi katta bo‘ladi" iborasi oxir-oqibat Germaniya DW nashri maqoolasida ayon bo‘ldi. Ular Ukraina chegaralasida "115 million rossiyalik harbiylari " to‘plangani haqidagi xabariga aylandi. Albatta bu shunchaki xato raqam, lekin u G‘arbda Rossiyaga qarshi tahlika darajasi naqadar yuqori darjasida dalolat beradi.

Bosh rolda - Stoltenberg

Rossiyaning Ukraina chegarasi yaqinida “qo‘shin to‘plaganini” ushbu sammila so‘zga chiqqan rahbarlarning barchasi esga oldi. Stoltenberg ayniqsa katta jonbozlik ko‘rsatdi. Lavrov aytganidek NATO ayni damda G‘arbning bosh rol ijrochisi, ya’ni bosh oratori degan edi.
Rossai TIV rahbari Stoltenberg Norvegiya Bosh vaziri sifatida aqli raso siyosatchi sifatida o‘zini namoyish etgan edi bo‘lganini eslab, afsus bilan “unga nimadir bo‘ldi yoki uni tajovuzkor bo‘lishga majbur qilishmoqda", - degan edi.
Stoltenbergning yaqinda e’lon qilgan "Germaniyadan sharqiy hududlarda ham" yadroviy raketalarni joylashtirish ehtimoli borligi haqidagi bayonoti buning yaqqol tasdig‘idir. Aytish joizki, NATO rahbarining ushbu bayonoti har qanday "qizil chiziqlar" va hatto xalqaro shartnomalarni ham buzadi. Lekin dunyoning asosiy ommaviy axborot vositalari buni qandaydir “sezmay qolishdi”. Faqat rossiyalik diplomatlar bunday yondashuvni qabul qilib bo‘lmasligini qayd etishdi xolos.
Lekin Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning bayonotiga G‘arb OAVlari darhol javob qaytarishdi. Belarus prezidenti o‘z mamlakatida Rossiya raketalari joylashtirililishi mumkinligini Dmitriy Kiselev bilan suhbatda aytib o‘tgan edi. Stoltenberg to‘satdan o‘zining "Germaniya sharqida" raketalar joylashtirish haqidagi so‘zlarini "unutdi" va Lukashenkoning "tahdidlari" ga javoban, NATOning bunday qurollar ko‘p yillar davomida bo‘lgan mamlakatlardan boshqa hududda "hech qanday yadro qurolini joylashtirish” haqida rejalarii yo‘qligini ma’lum qildi. E’tibor bering bir kishining mutlaq ikki xil qarama qarshi bayonotlari orasida atigi 12 kun vaqt o‘tdi! NATO rahbarining bunday ikki xil bayonotiga birorta ham g‘arbiy jurnalist e’tiborini qaratmadi.
Biroq, do‘stona tarzda, G‘arb ham bu alomatlardan xavotirda bo‘lishi kerak. Axir, eng qudratli harbiy blok rahbarining bayonotlaridagi bunday ochiq-oydin qarama-qarshiliklar tuzatib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ha, NATO Bosh kotibining vakolatlari nihoyatda cheklangan, bu lavozim aslida "marosim" miiosida bo‘lib qolgan. Ammo, oxir-oqibat, uning qo‘mondonligi ostida ma’lum bir harbiy infratuzilma ham mavjud. Ustiga ustak tank mingan vazirlar boshqa joyga o‘tib ketishi mumkin.
Shuningdek ayrim “aspirantlar” ham NATO bosh kotibi ko‘ziga qarab, uning har qanday ishorasini kutib turishibdi. Axir ular bosh kotibning har qanday ishorasini noto‘g‘ri qabul qilishlari va bir talay xato ishlarni qilib qo‘yishlari mumkin. 2008-yilda Gruziya prezidenti Saakashvili ham NATO va AQShning xabarini ana shunday noto‘g‘ri talqin qilgan edi.

Eslab qoling: NATO Ukrainani himoya qilmaydi

Stoltenberg o‘ta "unutuvchan" bo‘lishiga qaramasdan, Ukrainadagi vaziyatni Gruziya ssenariysiga keltirish Kiyev uchun ham, Vashington uchun ham noxush oqibatlarga olib kelishini yaxshi tushunadi. Shu sababli, bosh kotib besh kun ichida uch marta Kiyevga bir xil signalni takror va takror jo‘natdi: NATOning Ukraina oldida uni tashqi hujumdan himoya qilish majburiyati yo‘q. Bu ukrainalik siyosatchilarning militaristik his-tuyg‘ularini biroz qamal qildi. Shu bilan birga, Britaniyaning Kiyevdagi elchisi Melinda Simmons Britaniyaning “Mirror” gazetasining "Rossiya bilan urush boshlangan taqdirda" London Ukrainaga 600 ta maxsus kuchlarini yuborish rejasi borligi haqidagi soxta ma’lumotlarini rad etdi. Ammo Kiyevda ular bu "yangilik"larni bir necha bor quvonch bilan e’lon qilishga ulgurdi.
Stoltenberg Rigada yana bir bor “Ukraina va Gruziyaning NATOga kirishi masalasi”ga izoh berdi Shu bilan birga, Stoltenberg Ukraina va Gruziyaning NATOga qo‘shilish ehtimoli haqida doimo takrorlashda davom etmoqda. Va u yana bir bor Rossiya bu boradagi qarorlarga "veto qo‘yish huquqiga ega emas"deb takrorladi. Demak, NATO bizdan doimiy asnoda harbiy infratuzilmamizni chegaradan olib tashlashni talab qilganda - bu “ularning” ishi, lekin Moskva NATO infratuzilmasini Rossiya chegaralariga yaqinlashtirmaslik talablarini qo‘yganida, bu “bizga tegishli emasligi” ma’lum bo‘ldi.
Rigada Stoltenberg "Rossiya o‘z ta’sir doiralarini o‘rnatishga haqli emas"deya qat’iy e’lon qildi. Negadir Vashington “Monro doktrinasi”ni butun Janubiy Amerika uning “ta’sir zonasi” deb da’vo qilganda, Shimoliy Atlantika alyansi bunga qarshi emasdi. Yaqinda Sergey Lavrov Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirligi rahbari Xosep Borrelning “siz uzoqdasiz, bu esa bizniki” degan tamoyildan kelib chiqib Afrika Yevropaning “ta’sir doirasi” ekanligini e’lon qilganda ham - Stoltenberg tomonidan hech qanday norozilik kuzatilmadi. Bundan xulosa qilishimiz mumkinki: Alyans bosh kotibi bu dunyoda faqat Rossiya o‘z manfaatlari va ta’sir zonalariga huquqiga ega emas, deb hisoblaydi. Ayni paytda, Moskva Ukrainaning NATOga kirishi va bu blokning harbiy infratuzilmasining bizning chegaralarga yaqinlashishi "qizil chiziq" ekanligini, undan tashqariga kirishga ruxsat bermasligimizni bir necha bor va izchil ta’kidladi. Vaholanki bu yerda gap G‘arb va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlarda emas, balki Rossiyaning o‘z xavfsizligi haqida ketmoqda.

Aniq muzokaralar va yozma shartnoma

Shu haftadaVladimir Putin G‘arbga “NATOning sharqqa qarab siljishi va Rossiya hududi yaqinida bizga tahdid soluvchi qurol tizimlarini joylashtirishni istisno qiladigan aniq kelishuvlarni ishlab chiqish” uchun “aniq muzokaralar” boshlashni taklif qildi. Shu bilan birga, Alyansning og‘zaki va’dalari endi bizni qoniqtirmaydi: bir vaqtlar Mixail Gorbachev va Boris Yelsinga berilgan shu kabi "kafolatlarni" hammaning esida. Agar biz Blok bosh kotibi bir necha kundan keyin yadroviy raketalar haqidagi o‘z so‘zlarini unutib qo‘yganini ko‘rsak, NATOning qanday kafolatlari haqida gapirish mumkin?
Shuning uchun, endi Moskva qonuniy kuchga ega shartnomalarni talab qiladi, sinchkovlik bilan "qizil chiziqlar" tortadi va agar kerak bo‘lsa, ular buzilgan taqdirda qattiq simmetrik javoblarga beradi. Ha, hozirda jamoaviy G‘arb, ular o‘rtasida hukmron bo‘lgan Rossiyaga qarshi vasvasa sharoitida konstruktiv muloqotga qodir emas.
Shunga qaramay, Lukashenko bilan bo‘lgan bir intervyu Stoltenbergning Polsha yoki Boltiqbo‘yi davlatlarida yadroviy raketalarni joylashtirish g‘oyasiga munosabatini o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo milliy manfaatlarimizga tahdid yanada kuchaysa, Rossiya bundan ham uzoqqa borishi mumkin. Axir bizning boshqa qit’alarda ham ittifoqchilarimiz bor. Va NATO uchun Nikaragua, Venesuela yoki Kuba prezidentlarining ana xuddi shunday hayajonli intervyularini kutmagan afzaldir.
Yangiliklar lentasi
0