Toshkent viloyatida “Sputnik Layt” vaksinasidan buster doza sifatida foydalanilmoqda

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tish Vaksina "Sputnik Layt"
 Vaksina Sputnik Layt - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2021
Obuna bo‘lish
Yuqori Chirchiq tumanida 65 yosh va undan yuqori fuqarolar buster doza sifatida “Sputnik Layt” bilan emlanmoqda.
TOShKENT, 2 dek – Sputnik. Toshkent viloyatida aholini koronavirusga qarshi qo‘shimcha (buster) doza bilan emlashda Rossiyaning “Sputnik Layt” vaksinasidan foydalanilmoqda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xabar bermoqda.
Viloyatning Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan “Ariran” pansionatida 26 nafar 65 yosh va undan yuqori fuqaro buster doza sifatida “Sputnik Layt” bilan emlangan.
Ta’kidlanishicha, koronavirusga qarshi buster doza bilan emlanish haqida respublikaning barcha hududlarida keng ko‘lamli tushuntirish ishlar olib borilmoqda.
Avvalroq Toshkent shahrida koronavirusga qarshi “Sputnik Layt” vaksinasi bilan emlash boshlagani xabar qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 17-noyabrdan to‘liq emlangan fuqarolarni buster (qo‘shimcha) doza bilan ixtiyoriy emlash boshlangan.
Effektivnost Sputnika Layt priznal nezavisimiy jurnal The Lancet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2021
Dunyo mutaxassislari "Sputnik Layt"ning samaradorligini tan oldi - video
Yangiliklar lentasi
0