Rossiyaning NUJga qiyoslangan aviatashuvchilar kushandasi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishSu-35S vo vremya letnoy programmi
Su-35S vo vremya letnoy programmi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2021
Obuna bo‘lish
X-35U yuqori aniqlik bilan zarba beruvchi raketasining Su-35S og‘ir qiruvchi samolyoti bilan integratsiyasi - uchirish nuqtasidan 500 km dan ortiq masofada joylashgan istalgan dengiz nishonlarini yo‘q qilish imkonini beradi.
Bu Qora dengiz, Boltiqbo‘yi, Arktika va Uzoq Sharqda Rossiya chegaralari mudofaasini samarali “mustahkamlaydi”.
Bir qator sinovlardan so‘ng X-35U - yuqori masofaga aniq zarba beruvchi qanotli raketa Rossiyaning hozirgi kunda eng kuchli qiruvchi samolyotlari arsenali safiga qo‘shildi. Raketa konstruksiyasi va dasturiy ta’minotining ayrim elementlarini o‘zgartirish orqali X-35Uni Su-35S qurol-yarog‘ majmuasiga birlashtirish mumkin bo‘ldi. Bunday, albatta oson bo‘lmadi, axir raketa kichik emas: uning uzunligi 4 metrga yaqin, og‘irligi 550 kg.
Ehtimoliy dushmanning radarlariga “kam ko‘rinadigan” X-35U, Rossiyaning bir necha suv usti raketa kemalari, zarba beruvchi samolyotlari arsenalida bor. Undan tashqari “Bal” qirg‘oq mudofaa tizimi tarkibida ham qo‘llaniladi. Shunday bo‘lsa-da, uni Su-35S ning fantastik imkoniyatlari bilan integratsiya qilish – raketani jangovar qo‘llash va rivojlanishida yangi bosqichdir.
Qudratli X-35U qanotli raketalari va Su-35S “kosmik” qiruvchilarining integratsi qilinishi Rossiya va uning ittifoqchilari xavfsizlik darajasini “sifatli” oshishini ta’minlaydi.
Qanotli ko‘rinmas
E’tiborli o‘quvchilarimizga X-35U yaxshi tanish, chunki u haqida “Bal” qirg‘oq himoya majmuasi haqidagi hikoyada Sputnik batafsil aytib bergan edi. X-35Uning takomillashtirilgan, uzoq masofali modifikatsiyasi sinovlari davomida raketa 500 km dan ortiq masofadagi suv usti nishonlariga bemalol zarba bera olishini isbotladi. Undan tashqari, yangi nishonga olish tizimi dushmanning quruqlikdagi yaxshi himoyalangan nishonlarini ham yo‘q qila olishini ko‘rsatdi. Shunday qilib raketaning yangi modifikatsiyasi texnik xususiyatlari “Bastion” qirg‘oq mudofaa majmuasining 800 km masofaga zarba beruvchi P-800 “Oniks” tovushdan tez raketa imkoniyatlariga yaqinlashdi.
Yuqori tezlik, kuchli zarba berish quvvati, yashirinlik va nishonga aniq tegish sifatlari bilan X-35U “jahon chempioni” unvoniga loyiq.
Ispitaniya giperzvukovoy raketi “Sirkon” pokazali na video - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.08.2021
“Bitta raketa yetadi”. Rossiya floti "samolyot tashuvchi kemalarning qotili" bilan qurollanadi
Boshlang‘ich og‘irligi yarim tonnadan ortiq, aralash nishonga olish tizimiga ega bo‘lgan kemaga qarshi raketa suv sathidan 4 metr balandlikda 300km/soat tezlikda uchadi. Nishonga yaqin masofa qolganda u suv sathiga 2 metrgacha yaqinlashadi va dushman havo himoya tizimiga mutlaq ko‘rinmas bo‘lib qoladi. Og‘irligi 145 kg bo‘lgan jangovor qismi dushmanning har qanday esminetsi yoki fregatini dengiz tubiga jo‘natish imkoniga ega. Ana shunday zarbalardan bir nechtasi avia tashuvchini ham yo‘q qiladi.
Qanotli X-35lar oilasi Barens, Qora, Oxota va Yapon dengizlaridagi otishmalarda o‘z jangovar samaradorligini namoyish etib kelmoqda. Rossiya harbiy-dengiz floti bugungi kunda har biri sakkizta X-35 raketasi bilan jihozlangan 40 ta o‘ziyurar “Bal” to‘plari bilan jihozlangan. Bu umumiy uzunligi 38 ming kilometrdan ortiq bo‘lgan Rossiya dengiz chegaralari xavfsizligining kafolatidir.
X-35Uning qo‘shimcha ravishda yana kamida 50ta Su-35S og‘ir qiruvchi samolyotlarida joylashtirilishi Rossiya havo-kosmik kuchlarining o‘t ochish quvvatini sifatli oshiradi va Jahon okeanida zarba berish hududni sezilarli oshiradi. Jangovar vaziyatda ehtimoliy dushmanning aviatashuvchi guruhlari Rossiya qirg‘oqlariga paluba samolyotlardan foydalanish masofasiga hatto yaqinlasha olmaydi.
“O‘zga sayyorali” qiruvchi
Ko‘pmaqsadli va chaqqon og‘ir qiruvchi samolyot Su-35S – texnologik jihatdan Rossiyaning HHKning eng mukammal mashinasi (deyarli beshinchi avlod ostonasidagi) hisoblanadi. Harbiy kuch nuqtayi-nazaridan Su-57ga o‘xshash. Har ikkala samolet ham 14,5 tonna tortish kuchiga ega bo‘lgan plazma yondiruvchili AL-41F1S dvigatellar bilan jihozlangan. Undan tashqari u raqamli boshqaruv tizimi, har tomonlama tortish vektori va uzaytirilgan xizmat muddatiga ega. Ushbu dvigatel forsaj rejimidan foydalanmasdan tovush tezligiga yetish imkonini beradi.
Su-35S qiruvchi samoleti tezligi va chaqqonligi yaqin raqobatchilari imkoniyatlaridan sezilarli darajada ustun turadi va va bortda 8 tonngacha jongovar yukni ko‘tara oladi. Jumladan uzoq masofaga zarba beruvchi "Kalibr-A" hamda “havo-yer” turkumidagi boshqa raketalar. Qiruvchi samolyotning maksimal tezligi - 2500 km, qo‘shimcha yoqilg‘i baklarsiz jangovar radiusi- 1800 km.
Xorijiy ekspertlar qiruvchi samoletning 400 kmgacha bo‘lgan masofada dushman samoletlarini “ko‘ra oladigan” radar tizimini alohida ta’kidlab o‘tadi. L-diapozonli radar Su-35 ga Amerikaning yashirin F-22 va F-35 “ko‘rinmas” samolyotlari bo‘yicha noyob imkoniyatlar taqdim etdi. “Irbis” radarlari esa bir vaqtning o‘zida 30 ta havo nishonlarini kuzatib va sakkiztasiga hujum qilish imkonini beradi.
Mejdunarodniy aviatsionno-kosmicheskiy  salon MAKS-2019. Den chetvertiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.05.2020
Xitoy OAVlari F-22 va Su-57 “jangi” yetakchisini aytdi
Yirik dengiz obyektlari Su-35 radarlariga yaxshiroq “ko‘rinadi” va uning qurollari oldidan zaif. Taqqoslash uchun, AQShning beshinchi avlod F-22 Raptor qiruvchi samoleti havo nishonlarini 225 km masofada tutib olishi mumkin. Biroz oldin, Suriya osmonida Su-35 Raptorni nishonga olishga muvaffaq bo‘ldi. Amerika samoleti esa “Rossiya platforma”sini hatto topa olmagan.
Qiruvchi samolyot uchuvchisining aynidi damdagi vaziyatdan xabardorligini optik-elektron va radiolokatsion razvedka tizimlari ta’minlaydi. Parvoz haqidagi ma’lumotlar ikkita LCD displeyida “tasvir ichida tavsir” rejimida ko‘rsatiladi. Axborot-nazorat tizimining “Intellektual yordami” bilan jangovor vazifalarni hal qilish ancha soddalashtirilgan. Havoda 16ta Su-35 samolyotlari harakatlarini avtomatlashgan tartibda o‘zaro muvofiqlashtirish va nishonlarni o‘zaro taqsimlash imkoni mavjud.
Yuqorida ta’kidlanganidek, Su-35S ilk jangovar sinovdan Suriyada o‘tdi. U yerda, og‘ir sharoitlarda, qiruvchi o‘zining yuqori samadorligini va ishonchliligini namoyish qildi. Bugungi kunda, Rossiya Aerokosmik kuchlari safida 60ta ana shunday mashinalar bor. Xorijiy mijozlar tomonidan ham unga qiziqish katta: Xitoy 24 ta Su-35 samoletini sotib oldi, Indoneziya (Jazoir va Misr shartnomalarini hisobga olmaganda) 11 ta samoletga buyurtma bergan. Avvalroq, Le-Burje aviasalonida samolet balandlikni yo‘qotmagan holda o‘z o‘rnida tekis aylanish mahoratini namoyish qilgandan so‘ng Su-35S NUJga qiyoslangan edi.
Voyenno-texnicheskiy forum Armiya-2018 vo Vladivostoke  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.07.2019
Erdo‘g‘on Rossiyadan “Su-35” samolyotlarini sotib olish haqida o‘ylamoqda
Yangiliklar lentasi
0