Rossiya vakili O‘zbekistonning KXShTga qaytish istiqbollarini baholadi

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishFlagi stran-uchastnis sovmestnogo zasedaniya Soveta ministrov inostrannix del, Soveta ministrov oboroni i Komiteta sekretarey sovetov bezopasnosti ODKB
Flagi stran-uchastnis sovmestnogo zasedaniya Soveta ministrov inostrannix del, Soveta ministrov oboroni i Komiteta sekretarey sovetov bezopasnosti ODKB - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Kollektiv xavfsizlik shartnomasida o‘z ishtirokini 2012-yilda to‘xtatib qo‘ygan edi. Bugungi kunda KXShTga oltita davlat a’zo bo‘lib turibdi.
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Rossiya O‘zbekistonning KXShTga qaytish bo‘yicha har qanday tashabbusini qo‘llab quvvatlayldi, dedi RIA Novostiga bergan intervyusida Rossiyaning KXShTdagi doimiy vakili Mikael Agasandan.
“Biz O‘zbekistonning suveren tanlovi va KXShT a’zolari bilan qurayotgan munosabatlari modelini hurmat qilamiz. Toshkent KXShTda o‘z ishtirokini 2012-yilda to‘xtatib qo‘ygan bo‘lishiga qaramasdan, biz o‘zaro munosabatlarni jipslashtirish muhim deb hisoblaymiz, jumladan Afg‘onistondagi vaziyatni hisobga olgan holda ham”, - dedi Agasandan.
Rossiya doimiy vakili O‘zbekiston KXShTning ishonchli hamkori va tashkilotga a’zo davlatlar uchun do‘stona mamlakat bo‘lib qolayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi.
“Buning dalili sifatida KXShTning 23-avgust kuni bo‘lib o‘tgan kollektiv hamkorlik Kengashi majlisiga Shavkat Mirziyoyevni taklif qilinishini keltirish mumkin. Ushbu taklifga prezident minnatdorolik bilan javob qaytardi”, - dedi Agasandan.
“Toshkentning bizning tashkilot tomon qo‘ygan har qanday ehtimoliy qadamlarini, jumladan uning to‘laqonli a’zosi bo‘lish istagini ham biz bajonudil qabul qilamiz”, - dedi diplomat.
Ma’lumot uchun, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ikkinchi nomi "Toshkent shartnomasi") 1992-yil 15-mayda Toshkentda tashkil etilgan edi. O‘shanda tashkilotga Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston, Tojikiston va O‘zbekiston a’zo bo‘lishgan edi. Keyinchalik unga Gruziya, Ozarboyjon va Belarus qo‘shildi. 1999-yilda O‘zbekiston va Gruziya tashklotda a’zolik shartnomasini uzaytirishmadi. 2002-yilda tashkilotga KXShT nomi berildi va BMTda o‘z vakilig ega bo‘lgan to‘laqonli xalqaro tashkilot maqomiga ega bo‘ldi.
2012 yilning dekabrida O‘zbekiston o‘zining KXShTdagi ishtirokini to‘xtatib qo‘ydi. Bugungi kunda KXShTga a’zo davlatlar Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus va Armaniston.
Biroz oldin O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov respublika ayni damda KXShTga qaytish uchun ehtiyoj sezmayotganini va Rossiya va boshqa Markaziy Osiyo davlatlari bilan birgalikda vujudga kelayotgan terrorchilik xavflarini bartaraf etishni muhim deb hisoblashini xabar qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0