https://oz.sputniknews.uz/20211202/qurilish-sohasiga-sarflangan-har-bir-som-egasigacha-toliq-etib-borishi-zarur--prezident-21622398.html
Qurilish sohasiga sarflangan har bir so‘m egasigacha to‘liq yetib borishi zarur – prezident
Qurilish sohasiga sarflangan har bir so‘m egasigacha to‘liq yetib borishi zarur – prezident
Sputnik O‘zbekiston
Prezident aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturi ijrosini samarali tashkil etish, ipoteka kreditlashni kengaytirish va qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.
2021-12-02T17:36+0500
2021-12-02T17:36+0500
2021-12-02T17:37+0500
jamiyat
shavkat mirziyoyev
qurilish
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/09/21268220_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_a4cb9c2424b2ebd5594a8867004d247c.jpg
TOShKENT, 2 dek – Sputnik. Qurilish sohasiga sarflangan har bir so‘m egasigacha to‘liq yetib borishi zarur. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturi ijrosini samarali tashkil etish, ipoteka kreditlashni kengaytirish va qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.Mirziyoyev uy-joy qurilishi va ipoteka tizimida hali o‘z yechimini topmagan ko‘plab masalalar ko‘rsatib o‘tdi. Masalan, ipoteka bozorida qurilayotgan uy-joylar soni talabga nisbatan ancha kam. Bugungi kunda joylashgan joyi yoki narxi aholiga nomaqbul bo‘lgani uchun qiymati 255 milliard so‘mlik 950 ta qurilgan xonadon sotilmasdan turibdi.Ipoteka uchun budjetdan ajratilgan 1,1 trillion so‘m subsidiyadan 220 milliard so‘mi ishlatilgan, xolos. Respublika bo‘yicha 36 mingdan ziyod ijobiy xulosasi bor oilalarga 900 milliard so‘mdan ziyod subsidiyalar to‘lanmay turibdi.Bundan tashqari, aholi tomonidan talab yuqori bo‘lgan o‘rta meyordagi uylar bo‘yicha quruvchilar bozorga yetarli taklif chiqarmayapti. Viloyat hokimlari va ularning qurilish bo‘yicha o‘rinbosarlari uy-joy qurilishi uchun pudratchi tanlashda 2-3 ta tashkilot bilan cheklanmoqda.Kelgusi yildan qurilishlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yangi tizim yaratiladi.Bosh prokuror o‘rinbosari boshchiligida respublika shtabi va viloyat shtablari tuziladi.Ular qurilish narxlarini asossiz oshirish, raqobatni buzish, tasdiqlangan loyihalarni o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish, tanish-bilishchilikka yo‘l qo‘ymaslik ustidan qat’iy nazorat o‘rnatadi.
https://oz.sputniknews.uz/20211102/prezident-yangi-ozbekiston-massivlari-barpo-etiladi-21203400.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/09/21268220_72:0:1208:852_1920x0_80_0_0_aa630b339221029c8c1a293299f7ab83.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mirziyoyev qurilish sohasi
mirziyoyev qurilish sohasi
Qurilish sohasiga sarflangan har bir so‘m egasigacha to‘liq yetib borishi zarur – prezident
17:36 02.12.2021 (yangilandi: 17:37 02.12.2021) Kelgusi yildan qurilishlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yangi tizim yaratiladi.
TOShKENT, 2 dek – Sputnik. Qurilish sohasiga sarflangan har bir so‘m egasigacha to‘liq yetib borishi zarur. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturi ijrosini samarali tashkil etish, ipoteka kreditlashni kengaytirish va qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.
Mirziyoyev uy-joy qurilishi va ipoteka tizimida hali o‘z yechimini topmagan ko‘plab masalalar ko‘rsatib o‘tdi. Masalan, ipoteka bozorida qurilayotgan uy-joylar soni talabga nisbatan ancha kam. Bugungi kunda joylashgan joyi yoki narxi aholiga nomaqbul bo‘lgani uchun qiymati 255 milliard so‘mlik 950 ta qurilgan xonadon sotilmasdan turibdi.
Ipoteka uchun budjetdan ajratilgan 1,1 trillion so‘m subsidiyadan 220 milliard so‘mi ishlatilgan, xolos. Respublika bo‘yicha 36 mingdan ziyod ijobiy xulosasi bor oilalarga 900 milliard so‘mdan ziyod subsidiyalar to‘lanmay turibdi.
Bundan tashqari, aholi tomonidan talab yuqori bo‘lgan o‘rta meyordagi uylar bo‘yicha quruvchilar bozorga yetarli taklif chiqarmayapti. Viloyat hokimlari va ularning qurilish bo‘yicha o‘rinbosarlari uy-joy qurilishi uchun pudratchi tanlashda 2-3 ta tashkilot bilan cheklanmoqda.
“Qurilish sohasiga sarflangan har bir so‘m egasigacha to‘liq yetib borishi zarur” –
dedi Shavkat Mirziyoyev.
Kelgusi yildan qurilishlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yangi tizim yaratiladi.
Bosh prokuror o‘rinbosari boshchiligida respublika shtabi va viloyat shtablari tuziladi.
Ular qurilish narxlarini asossiz oshirish, raqobatni buzish, tasdiqlangan loyihalarni o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish, tanish-bilishchilikka yo‘l qo‘ymaslik ustidan qat’iy nazorat o‘rnatadi.