"Omikron" tufayli Yaponiyadagi Figurali uchish bo‘yicha gran-pri bekor qilindi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishFigurnoe katanie. V etap Gran-pri. Seremoniya nagrajdeniya
Figurnoe katanie. V etap Gran-pri. Seremoniya nagrajdeniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2021
Obuna bo‘lish
Koronavirusning yangi shtammi tufayli 30-noyabrdan boshlab Yaponiya o‘z hududiga barcha davlatlardan chet elliklar kirishi ta’qiqlandi. Mamlakatga qaytganlar esa karantinda bo‘lishi shart.
TOShKENT, 2 dek – Sputnik. Yaponiyaning Osaka shahrida 9-12 dekabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan figurali uchish bo‘yicha Gran-priining final bosqichi koronavirusning yangi shtammi tufayli rasman bekor qilindi.
Bu haqda Yaponiya Konkida uchish sporti federatsiyasiga asosan RIA Novosti xabar berdi.
Rossiyadan ushbu musobaqada kattalar o‘rtasidagi yakka tarzdagi musobaqada turnirda Kamila Valiyeva, Yelizaveta Tuktamisheva, Anna Sherbakova, Alena Kostornaya, Mayya Xromix i Mixail Kolyada ishtirok etishi rejelashtirilgan edi.
Undan tashqari juftliklar orasida Aleksandra Boykova/Dmitriy Kozlovskiy, Anastasiya Mishina/Aleksandr Gallyamov, Darya Pavlyuchenko/Denis Xodikin, Yevgeniya Tarasova/Vladimir Morozovlar, shuningdek, Viktoriya Sinitsina/Nikita Katsalapovlar ishtirok etishi kutilayotgan edi.
Aynan shu kunlari Osakada o‘smirlar o‘rtasida ham gran-pri turnirining final bosqichini o‘tkazish ham rejashatirilgan edi. Rossiyadan yakka tarzda bolalar o‘rtasida to‘rtta, qizlar o‘rtasida beshta, to‘rtta juftlik sportchilar va uchta raqs duetining ishtiroki kutilayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, JSST Botsvana va JARda aniqlangan koronavirusning yangi shtammi haqida o‘tgan hafta habar bergan edi. Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, yangi shtamm S-oqsilida juda ko‘p mutatsiyalar tashkil qilishgan qodir bo‘lib, u juda faol tarqalish va kasallikka chalinganlar hamda emlanganlardagi mavjud antitanachalarga chidamlilik xususiyatiga ega.
Yangi shtamm Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan “xavotirli” deya topildi va unga “omikron”- yunon alfavitidagi 15 harf nomi berildi. Hozirgi kunda omikron bilan kasallanish holatlari dunyoning 27 ta mamlakatida aniqlangan. Va ular orasida Yaponiya ham bor.
Yangiliklar lentasi
0