Afg‘oniston-Eron chegarasida yirik qurolli to‘qnashuv ro‘y berdi – video

© AP PhotoBoyeviki Talibana patruliruyut rayon Vazir Akbar Xan v gorode Kabul, Afganistan
Boyeviki Talibana patruliruyut rayon Vazir Akbar Xan v gorode Kabul, Afganistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2021
Obuna bo‘lish
Nimro‘z viloyatida eronlik chegarachilar va toliblar* o‘rtasida og‘ir qurollardan foydalanilgan holda to‘qnashuv yuzaga keldi.
TOShKENT, 2 dek – Sputnik. Afg‘oniston va Eron chegarasida toliblar* va eronlik chegarachilar o‘rtasida yuz bergan qurolli to‘qnashuv to‘xtatildi. Bu haqda toliblar* vakili Bilol Karimiy Tolo News telekanaliga ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, to‘qnashuvlar Afg‘onistonning g‘arbiy viloyati Nimro‘z viloyatining Kang uyezdida kunning ikkinchi yarmida sodir bo‘lgan. Karimiy yuzaga kelgan mojaro sababini ochiqlamagan. Shu bilan birga buning oqibatida hech kim jabrlanmaganini ta’kidlagan.
Avvalroq afg‘on OAVlari chegaradagi qurolli to‘qnashuvlar mahalliy vaqt bilan soat 17:30 larda boshlanganini xabar qilishgan edi. “Tolibon”* vakillari, afg‘on OAVlariga ta’kidiga ko‘ra, jang davomida artelleriya qurollarini qo‘llab, bir nechta Eron nazorat o‘tkazish punktlari ustidan nazorat o‘rnatishgan. Gap, xususan, “Dxeris”, “Do‘st-Muhammad” va “Boloi Siyoh Chashmon” punktlari haqida borayotganini xabar qilishgan.
O‘z navbatida Eron TIV rasmiy vakili Said Xatibzoda chegaradagi to‘qnashuvlar ikki tomon muzokaralari natijasida to‘xtatilganini bildirdi. Eron tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, otishmani toliblar* boshlashgan. Ular xatolik bilan eronlik fermerlar chegara chizig‘ini kesib o‘tdi deb, ularni o‘qqa tutishgan. Tehron toliblar* Eron nazorat punktlarini egallab olishga haqidagi xabarlarni rad etdi.
* Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida.
Yangiliklar lentasi
0