Adliya vazirligi: avtomobilda quloqchin va garnituralarsiz telefonda gaplasha olmaysiz

© Depositphotos.com / ArturVerkhovetskiyVoditel za rulem
Voditel za rulem - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2021
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarda “endi mashina boshqarayotganda ham telefondan foydalanish mumkin” kabi xabarlar tarqalmoqda.
TOShKENT, 2 dek – Sputnik. Adliya vazirligi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan haydovchilarga avtomobilni boshqarish vaqtida telefondan foydalanish imkonini beruvchi o‘zgartirish bo‘yicha tushuntirish berdi.
1 dekabrdan kuchga kirgan o‘zgarishlarga ko‘ra, haydovchilarga avtomobni boshqarishda telefondan quloqchinlar orqali va qo‘llarini ishlatmasdan gaplashish imkonini beradigan uskunalar orqali foydalanishga ruxsat berildi.
Vazirligi xabarida yozilishicha, ijtimoiy tarmoqlar orqali "endi mashina boshqarayotganda ham telefondan foydalanish mumkin" yoki "rulda bo‘lgan holda telefonda gaplashishga ruxsat berildi" va shunga o‘xshash xabarlar tarqalmoqda.
“Agarda haydovchilar rulda bo‘lgan vaqtida telefondan “bluetooth”siz, quloqchinsiz va boshqa qo‘lni band qilmaydigan garnituralarsiz foydalansa javobgar bo‘ladi. Shuni unutmaslik lozim”, - deyilgan xabarda.
Voditel za rulem avto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2021
Haydovchilarga quloqchin orqali telefondan foydalanishga ruxsat berildi
Yangiliklar lentasi
0