https://oz.sputniknews.uz/20211201/putin-rossiya-nima-sababdan-dollardan-voz-kechishga-majbur-bolayotganini-aytdi-21603375.html
Putin Rossiya nima sababdan dollardan voz kechishga majbur bo‘layotganini aytdi
Putin Rossiya nima sababdan dollardan voz kechishga majbur bo‘layotganini aytdi
Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya AQSh sanksiyalari sabab hamkorlari bilan to‘lovlarni milliy valyutada amalga oshirishga majbur. Agar Vashington o‘z siyosatini o‘zgartirmasa, Rossiya dollardan uzoqlashishda davom etadi.
2021-12-01T16:27+0500
2021-12-01T16:27+0500
2021-12-01T16:27+0500
rossiya
aqsh
vladimir putin
dollardan voz kechish
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/01/21603099_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_fe562572f40107e318361b09a92694ce.jpg
TOShKENT, 1 dek – Sputnik. Dollarning rezerv valyuta sifatidagi maqomini AQSh hukumatining o‘z siyosati tushirmoqda, masalan, Rossiya sanksiyalar sabab hamkorlari bilan to‘lovlarni milliy valyutada amalga oshirishga majbur. Agar Vashington o‘z siyosatini o‘zgartirmasa, Rossiya dollardan uzoqlashishda davom etadi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.Uning ta’kidlashicha, Rossiya dollardan voz kechmoqchi emas, va asosiy rus neftgaz kompaniyalari to‘lovlarni amerika valyutasida amalga oshirmoqda. Ammo, Putinning qo‘shimcha qilishicha, AQSh Moskvaga harbiy-sanoat kompleksidagi hamkorlari bilan dollarda hisob-kitob qilish imkonini bermayapti.“Nima ham qilardik, ketishimiz kerak (dollardan – tahr.). Mudofaa sanoati bilan bog‘liq bo‘lmagan ayrim tovarlarga nisbatan ham sanksiyalar qo‘llashdi, dollarda hisob-kitob qilish ham qiyinlashdi. Shunchaki, Amerika rasmiylari o‘z qo‘llari bilan muammolarni yaratmoqda” - deya qo‘shimcha qildi u.Rossiya yetakchisi dunyoda dollardagi to‘lov va hisob-kitoblar ham, oltin valyutalari rezervlarida ham kamaygan, ya’ni, 61 foizdan 59 foizgacha pasayish kuzatildiUning so‘zlariga ko‘ra, dunyo oltin zaxira valyutalarida funt, yena ulushi oshgan, dollarniki esa qisqargan. “Agar amerikalik siyosatchilar shunday davom etishsa, tabiiy tarzda dollar qiymati tushishda davom etadi”, - deydi Putin.Shuningdek, uning ta’kidlashicha, Rossiya ko‘plab mamlakatlar bilan hisob-kitob va to‘lovlarni milliy valyutada amalga oshirishni boshlagan. Ba’zi xalqaro tashkilotlarda valyutalar savatchalari tashkillashtirilmoqda. “Bugungi kunda, menimcha, asosiy trend- rezerv valyutalarning soni oshishidir. Menimcha, arab mamlakatlari o‘z rezerv valyutalarini yaratish ustida bosh qotirmoqda, yevro esa rivojlanishda davom etmoqda... albatta to‘lovlar milliy valyutada"- dedi Rossiya rahbari forumdagi chiqishi davomida.“Biz dollardan butunlay voz kechmaymiz, dollarda ishlashda davom etamiz, buni dollar qanchalik xohlaydi bilmayman, agar xohlamasa, kerak emas, qisqartiramiz”, - xulosa qildi Putin.
https://oz.sputniknews.uz/20210604/rossiya-bir-oy-ichida-mffda-dollardan-toliq-voz-kechadi-19084521.html
https://oz.sputniknews.uz/20210323/lavrov-dollardan-voz-kechishga-chaqirdi-17919150.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/01/21603099_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_7f95d915cc179212ad1fb22f98abea22.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya dollardan voz kechish
rossiya dollardan voz kechish
Putin Rossiya nima sababdan dollardan voz kechishga majbur bo‘layotganini aytdi
Rossiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, mamlakat AQSh harakatlari sabab dollardan voz kechmoqda.
TOShKENT, 1 dek – Sputnik. Dollarning rezerv valyuta sifatidagi maqomini AQSh hukumatining o‘z siyosati tushirmoqda, masalan, Rossiya sanksiyalar sabab hamkorlari bilan to‘lovlarni milliy valyutada amalga oshirishga majbur. Agar Vashington o‘z siyosatini o‘zgartirmasa, Rossiya dollardan uzoqlashishda davom etadi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.
“Men dollarning rezerv va to‘lov uchun dunyodagi universal valyuta sifatida ahamiyatini yo‘qotgani haqida gapirmadim. AQSh hukumatining siyosati dollarni qiymatini tushirmoqda, bizni esa dollar maydonidan uzoqlashtirmoqda” - dedi Putin “Rossiya chorlaydi!” investitsiya forumining yalpi majlisida.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya dollardan voz kechmoqchi emas, va asosiy rus neftgaz kompaniyalari to‘lovlarni amerika valyutasida amalga oshirmoqda. Ammo, Putinning qo‘shimcha qilishicha, AQSh Moskvaga harbiy-sanoat kompleksidagi hamkorlari bilan dollarda hisob-kitob qilish imkonini bermayapti.
“Nima ham qilardik, ketishimiz kerak (dollardan – tahr.). Mudofaa sanoati bilan bog‘liq bo‘lmagan ayrim tovarlarga nisbatan ham sanksiyalar qo‘llashdi, dollarda hisob-kitob qilish ham qiyinlashdi. Shunchaki, Amerika rasmiylari o‘z qo‘llari bilan muammolarni yaratmoqda” - deya qo‘shimcha qildi u.
Rossiya yetakchisi dunyoda dollardagi to‘lov va hisob-kitoblar ham, oltin valyutalari rezervlarida ham kamaygan, ya’ni, 61 foizdan 59 foizgacha pasayish kuzatildi
Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyo oltin zaxira valyutalarida funt, yena ulushi oshgan, dollarniki esa qisqargan. “Agar amerikalik siyosatchilar shunday davom etishsa, tabiiy tarzda dollar qiymati tushishda davom etadi”, - deydi Putin.
Shuningdek, uning ta’kidlashicha, Rossiya ko‘plab mamlakatlar bilan hisob-kitob va to‘lovlarni milliy valyutada amalga oshirishni boshlagan. Ba’zi xalqaro tashkilotlarda valyutalar savatchalari tashkillashtirilmoqda. “Bugungi kunda, menimcha, asosiy trend- rezerv valyutalarning soni oshishidir. Menimcha, arab mamlakatlari o‘z rezerv valyutalarini yaratish ustida bosh qotirmoqda, yevro esa rivojlanishda davom etmoqda... albatta to‘lovlar milliy valyutada"- dedi Rossiya rahbari forumdagi chiqishi davomida.
“Biz dollardan butunlay voz kechmaymiz, dollarda ishlashda davom etamiz, buni dollar qanchalik xohlaydi bilmayman, agar xohlamasa, kerak emas, qisqartiramiz”, - xulosa qildi Putin.