https://oz.sputniknews.uz/20211201/kelgusi-besh-yilda-ozbekistonda-21-ta-yirik-ges-barpo-etiladi-21593393.html
Kelgusi besh yilda O‘zbekistonda 21 ta yirik GES barpo etiladi
Kelgusi besh yilda O‘zbekistonda 21 ta yirik GES barpo etiladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yaqin besh yil ichida gidroelektr stansiyasi qurish sohada 740 megavatt quvvatli 21 ta yirik loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Loyihalar bilan prezident Shavkat Mirziyoyev tanishdi.
2021-12-01T09:25+0500
2021-12-01T09:25+0500
2021-12-01T09:27+0500
iqtisod
shavkat mirziyoyev
ges qurilishi
ges
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/01/21593565_0:183:2993:1866_1920x0_80_0_0_b7883452f4d4abff37ec0ae145407fbd.jpg
TOShKENT, 1 dek – Sputnik. O‘zbekistonda yaqin besh yil ichida gidroelektr stansiyasi qurish sohada 740 megavatt quvvatli 21 ta yirik loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Loyihalar bilan prezident Shavkat Mirziyoyev tanishdi.Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, kelgusi yilda 170 megavattli 7 ta, 2023-2024 yillarda 150 megavattli 12 ta hamda 2025-2026 yillarda 420 megavattli 2 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.Shuningdek, Mirziyoyev to‘g‘on talab etmaydigan kichik gidrostansiyalar qurish masalasiga alohida e’tibor qaratib, bunga xususiy sektorni jalb qilish kerakligini ta’kidladi.Bugungi kunda 22 ta shunday istiqbolli maydon ro‘yxati shakllantirilgan. Ularda quvvati 5 megavattgacha bo‘lgan mini gidro elektr stansiyalar qurish bo‘yicha tender e’lon qilinishi belgilandi.Shuningdek, Norin, So‘x, Tanxoz, Oq buloq, Ugam kabi darolar va kanallarda 500 kilovattgacha quvvatga ega ixcham gidrostansiyalar o‘rnatish imkoniyati borligi qayd etildi.Quyosh, shamol elektr stansiyalari o‘rnatgani uchun aholi va tadbirkorlarga qanday imtiyozlar berilgan bo‘lsa, kichik gidrostansiyalar uchun ham shunday imtiyoz va subsidiyalar qo‘llanilishi belgilandi.2017 yilda prezident farmoni bilan "O‘zbekgidroenergo" aksiyadorlik jamiyati tashkil etilgan edi. O‘tgan davrda 11 ta yangi gidro elektr stansiyasi qurilib, 8 tasi modernizatsiya qilindi. Natijada 244 megavattlik qo‘shimcha quvvat yaratildi.
https://oz.sputniknews.uz/20211130/yangi-ges-qurilishidan-toshkent-va-moskva-qanday-foyda-koradi-video-21573231.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/01/21593565_130:0:2861:2048_1920x0_80_0_0_3d133f3fc4ae1921d9caad5c822ce20b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston ges qurilishi
o‘zbekiston ges qurilishi
Kelgusi besh yilda O‘zbekistonda 21 ta yirik GES barpo etiladi
09:25 01.12.2021 (yangilandi: 09:27 01.12.2021) 2025-2026 yillarda 740 megavatt quvvatli 21 ta yirik GES qurilishi rejalashtirilmoqda. 22 ta maydonda esa kichik gidrostansiyalar quriladi.
TOShKENT, 1 dek – Sputnik. O‘zbekistonda yaqin besh yil ichida gidroelektr stansiyasi qurish sohada 740 megavatt quvvatli 21 ta yirik loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Loyihalar bilan prezident Shavkat Mirziyoyev tanishdi.
Davlat rahbari matbuot xizmati
xabariga ko‘ra, kelgusi yilda 170 megavattli 7 ta, 2023-2024 yillarda 150 megavattli 12 ta hamda 2025-2026 yillarda 420 megavattli 2 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.
Prezident ushbu inshootlarni sifatli qurish va barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Shuningdek, Mirziyoyev to‘g‘on talab etmaydigan kichik gidrostansiyalar qurish masalasiga alohida e’tibor qaratib, bunga xususiy sektorni jalb qilish kerakligini ta’kidladi.
Bugungi kunda 22 ta shunday istiqbolli maydon ro‘yxati shakllantirilgan. Ularda quvvati 5 megavattgacha bo‘lgan mini gidro elektr stansiyalar qurish bo‘yicha tender e’lon qilinishi belgilandi.
Shuningdek, Norin, So‘x, Tanxoz, Oq buloq, Ugam kabi darolar va kanallarda 500 kilovattgacha quvvatga ega ixcham gidrostansiyalar o‘rnatish imkoniyati borligi qayd etildi.
Quyosh, shamol elektr stansiyalari o‘rnatgani uchun aholi va tadbirkorlarga qanday imtiyozlar berilgan bo‘lsa, kichik gidrostansiyalar uchun ham shunday imtiyoz va subsidiyalar qo‘llanilishi belgilandi.
2017 yilda prezident farmoni bilan "O‘zbekgidroenergo" aksiyadorlik jamiyati tashkil etilgan edi. O‘tgan davrda 11 ta yangi gidro elektr stansiyasi qurilib, 8 tasi modernizatsiya qilindi. Natijada 244 megavattlik qo‘shimcha quvvat yaratildi.