https://oz.sputniknews.uz/20211201/covid-19ga-qarshi-innovatsiyalar-reytingi-moskva-evropada-birinchi-orinni-egalladi-21600184.html
COVID-19ga qarshi innovatsiyalar: Moskva Yevropada birinchi o‘rinni egalladi
COVID-19ga qarshi innovatsiyalar: Moskva Yevropada birinchi o‘rinni egalladi
Sputnik O‘zbekiston
Moskva COVID-19ga qarshi kurashda yordam beruvchi innovatsiyalar reytingida Yevropa shaharlari orasida birinchi o‘rinni egalladi.
2021-12-01T14:21+0500
2021-12-01T14:21+0500
2021-12-01T14:21+0500
dunyoda
moskva
covid-19 umumjahon pandemiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1381/59/13815926_0:161:3069:1887_1920x0_80_0_0_9394601f8b65d2a387e0155fd63744cf.jpg
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Moskva koronavirusga qarshi kurashishda yordam beruvchi innovatsiyalar reytingida Yevropa shaharlari orasida birinchi o‘rinni egalladi. U London va Barselonani ortda qoldirdi.Dunyo megapolislari orasida Rossiya poytaxti - San-Fransisko va Nyu-Yorkdan keyin uchinchi o‘rinda. Kuchli beshlikni Boston va London yakunlaydi. StartupBlink xalqaro tadqiqot agentligi reytingni tuzdi.Koronavirus tarqalishiga qarshi kurashda qo‘llaniladigan 160ga yaqin ilg‘or yechimlar Moskvaga yuqori ko‘rsatkichlarga erishishga yordam berdi.Ular orasida sun’iy intellekt asosida kompyuter ko‘rish algoritmlari. Bu usul allaqachon rentgenologlarga 3 milliondan ortiq tadqiqotlarni tahlil qilishga yordam berdi.Yana bir innovatsion yechim – bemorlar, shifokorlar, tibbiyot tashkilotlari, sug‘urta kompaniyalari, farmatsevtika sanoati va veb-saytlarni bog‘laydigan platforma. Pandemiya davrida fuqarolarning hayotini moslashtirishga yordam beradigan texnologiyalar hissa qo‘shdi. Bular aqlli turizm, elektron tijorat va logistika, shuningdek, masofadan ishlash va onlayn ta’lim sohasidagi loyihalar.StartupBlinkagentligi ekspertlari Moskvada ko‘rilgan chora-tadbirlarni epidemiologik ko‘rsatkichlar va iqtisodiyotga ta’siri nuqtayi nazaridan baholadi.Moskva tajribasiKoronavirusga qarshi kurashda Moskva haddan ortiq choralardan voz kechdi. Profilaktikaga e’tibor qaratildi: bepul ekspress-test va emlash punktlari soni ko‘paytirildi, o‘qitish uchun onlayn dasturlar va platformalar patentlandi, teletibbiyot imkoniyatlari rivojlantirildi.Pandemiya davrida Moskva sog‘liqni saqlash tizimi yetarlicha resurslar zaxirasini to‘pladi, bu hatto COVID-19 bilan kasallanishning eng yuqori cho‘qqisi davrida ham rejali va shoshilinch yordamni to‘xtatmaslik imkonini beradi.Poytaxt subsidiya va imtiyozlar berish orqali biznesni qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu yilda 25 mingga yaqin kichik va o‘rta biznes subyektlari qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlaridan foydalandi.Reyting qanday tuziladiReyting koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha innovatsion yechimlar global xaritasi asosida tuzildi va dunyoning 100 ga yaqin yetakchi shaharlari va 40 ta davlatini baholadi. Global xarita 2020-yil mart oyida tuzildi va yil davomida unga mingdan ortiq yechimlar qo‘shildi.
https://oz.sputniknews.uz/20211130/omikron-ptsr-testining-amal-qilish-muddati-48-soatgacha-qisqartiriladi-21591285.html
https://oz.sputniknews.uz/20211103/the-lancet-sputnik-laytning-yuqori-samaradorligi-haqida-maqola-chop-qildi-21213565.html
https://oz.sputniknews.uz/20211130/putin-yangi-shtammning-dunyo-iqtisodiyotiga-ehtimoliy-tasirini-baholadi-21586481.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1381/59/13815926_169:0:2900:2048_1920x0_80_0_0_8c4ee9b5e9371d186d8fd4a7257cb67d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
moskva innovatsiyalar reytingida birinchi o‘rinni egalladi
moskva innovatsiyalar reytingida birinchi o‘rinni egalladi
COVID-19ga qarshi innovatsiyalar: Moskva Yevropada birinchi o‘rinni egalladi
Moskva COVID-19ga qarshi kurashda yordam beruvchi innovatsiyalar reytingida Yevropa shaharlari orasida birinchi o‘rinni egalladi.
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Moskva koronavirusga qarshi kurashishda yordam beruvchi innovatsiyalar reytingida Yevropa shaharlari orasida birinchi o‘rinni egalladi. U London va Barselonani ortda qoldirdi.
Dunyo megapolislari orasida Rossiya poytaxti - San-Fransisko va Nyu-Yorkdan keyin uchinchi o‘rinda. Kuchli beshlikni Boston va London yakunlaydi. StartupBlink xalqaro tadqiqot agentligi reytingni tuzdi.
Koronavirus tarqalishiga qarshi kurashda qo‘llaniladigan 160ga yaqin ilg‘or yechimlar Moskvaga yuqori ko‘rsatkichlarga erishishga yordam berdi.
Ular orasida sun’iy intellekt asosida kompyuter ko‘rish algoritmlari. Bu usul allaqachon rentgenologlarga 3 milliondan ortiq tadqiqotlarni tahlil qilishga yordam berdi.
Yana bir innovatsion yechim – bemorlar, shifokorlar, tibbiyot tashkilotlari, sug‘urta kompaniyalari, farmatsevtika sanoati va veb-saytlarni bog‘laydigan platforma. Pandemiya davrida fuqarolarning hayotini moslashtirishga yordam beradigan texnologiyalar hissa qo‘shdi. Bular aqlli turizm, elektron tijorat va logistika, shuningdek, masofadan ishlash va onlayn ta’lim sohasidagi loyihalar.
StartupBlinkagentligi ekspertlari Moskvada ko‘rilgan chora-tadbirlarni epidemiologik ko‘rsatkichlar va iqtisodiyotga ta’siri nuqtayi nazaridan baholadi.
Koronavirusga qarshi kurashda Moskva haddan ortiq choralardan voz kechdi. Profilaktikaga e’tibor qaratildi: bepul ekspress-test va emlash punktlari soni ko‘paytirildi, o‘qitish uchun onlayn dasturlar va platformalar patentlandi, teletibbiyot imkoniyatlari rivojlantirildi.
Pandemiya davrida Moskva sog‘liqni saqlash tizimi yetarlicha resurslar zaxirasini to‘pladi, bu hatto COVID-19 bilan kasallanishning eng yuqori cho‘qqisi davrida ham rejali va shoshilinch yordamni to‘xtatmaslik imkonini beradi.
Poytaxt subsidiya va imtiyozlar berish orqali biznesni qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu yilda 25 mingga yaqin kichik va o‘rta biznes subyektlari qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlaridan foydalandi.
Reyting koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha innovatsion yechimlar global xaritasi asosida tuzildi va dunyoning 100 ga yaqin yetakchi shaharlari va 40 ta davlatini baholadi. Global xarita 2020-yil mart oyida tuzildi va yil davomida unga mingdan ortiq yechimlar qo‘shildi.