https://oz.sputniknews.uz/20211130/ssv-shifoxonalardagi-ortiqcha-qogozbozlikni-qisqartirishga-kirishdi-21581170.html
SSV shifoxonalardagi ortiqcha qog‘ozbozlikni qisqartirishga kirishdi
SSV shifoxonalardagi ortiqcha qog‘ozbozlikni qisqartirishga kirishdi
Sputnik O‘zbekiston
Ma’lum bo‘lishicha, shifokor va hamshiralari hozir 26 turdagi jurnallar, 33 turdagi hisobot shakllari hamda bemorlarga beriladigan o‘nlab turdagi blankalarni to‘ldirishga majbur bo‘lmoqda.
2021-11-30T13:55+0500
2021-11-30T13:55+0500
2021-11-30T13:55+0500
jamiyat
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
qog‘ozbozlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/1e/21581138_0:58:1281:778_1920x0_80_0_0_c5168949d9f9610750f3f93cfa0f62f9.jpg
TOShKENT, 30 noya – Sputnik. Tibbiyot muassasalaridagi ortiqcha qog‘ozbozlikni bartaraf etish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligida tuzilgan ishchi guruh o‘rganishlar olib borilmoqda.Vazirlikda Toshkent shahridagi bir guruh tibbiyot xodimlari bilan uchrashuvda qog‘ozbozlik bilan bog‘liq holatlar muhokama qilingan. Amaliyot uchun foydali bo‘lmagan, ortiqcha ovoragarliklarni keltirib chiqarayotgan hujjat va hisobot shakllarini qayta ko‘rib chiqish hamda qisqartirish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berilgan.Ma’lum bo‘lishicha, shifokor va hamshiralari hozir 26 turdagi jurnallar, 33 turdagi hisobot shakllari hamda bemorlarga beriladigan o‘nlab turdagi blankalarni to‘ldirishga majbur bo‘lmoqda.Masalan, “Tibbiyot xodimlarining jarohat holatlarini qayd qilish jurnali"ga noxush vaziyatlar yuz bermasa, oylab, hatto yillab ehtiyoj bo‘lmasligi mumkin. Lekin hamshira ana shu hujjat turiga har kuni “Bugun ko‘ngilsiz holatlar sodir bo‘lmadi” degan mazmundagi qaydlarni kiritib borishi shart.Birlamchi bo‘g‘in xodimlari “Ambulator-poliklinika muassasasiga kelganlarni qayd etish jurnali” ham ortiqcha, degan fikrda. Chunki xodimning uni to‘ldirib o‘tirishi uzundan uzoq navbatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Bu esa odamlarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.Qolaversa, bemorlar qabul bo‘limidan ro‘yxatdan o‘tgach, shifokor huzuriga kirish uchun yana ro‘yxatga yozilishi zarur.Ushbu holatlarni bartaraf etish uchun ayni paytda SSV tuzilgan ishchi guruh tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20211126/retseptsiz-beriladigan-dori-vositalari-royxati-yangilanadi--ssv-21531909.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/1e/21581138_82:0:1197:836_1920x0_80_0_0_95ee5e80cc4e4214146f71d487d50c09.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tibbot muassasalari qog‘ozbozlik jurnal to‘ldirish
tibbot muassasalari qog‘ozbozlik jurnal to‘ldirish
SSV shifoxonalardagi ortiqcha qog‘ozbozlikni qisqartirishga kirishdi
Hozir shifokor va hamshiralari hozir 26 turdagi jurnallar, 33 turdagi hisobot shakllari to‘ldirishga majbur bo‘lmoqda.
TOShKENT, 30 noya – Sputnik. Tibbiyot muassasalaridagi ortiqcha qog‘ozbozlikni bartaraf etish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligida tuzilgan ishchi guruh o‘rganishlar olib borilmoqda.
Vazirlikda Toshkent shahridagi bir guruh tibbiyot xodimlari bilan uchrashuvda qog‘ozbozlik bilan bog‘liq holatlar muhokama qilingan. Amaliyot uchun foydali bo‘lmagan, ortiqcha ovoragarliklarni keltirib chiqarayotgan hujjat va hisobot shakllarini qayta ko‘rib chiqish hamda qisqartirish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, shifokor va hamshiralari hozir 26 turdagi jurnallar, 33 turdagi hisobot shakllari hamda bemorlarga beriladigan o‘nlab turdagi blankalarni to‘ldirishga majbur bo‘lmoqda.
Masalan, “Tibbiyot xodimlarining jarohat holatlarini qayd qilish jurnali"ga noxush vaziyatlar yuz bermasa, oylab, hatto yillab ehtiyoj bo‘lmasligi mumkin. Lekin hamshira ana shu hujjat turiga har kuni “Bugun ko‘ngilsiz holatlar sodir bo‘lmadi” degan mazmundagi qaydlarni kiritib borishi shart.
“Vaholanki, shifokorning eng asosiy vazifasi odamlarga shifo ulashishdan iborat. U buning uchun har bir bemorga o‘rtacha 15 daqiqa vaqt ajratishi kerak. Biroq amalda shundan ma’lum qismi hujjat to‘ldirishga sarflanmoqda”, - deyiladi SSV
xabarida.Birlamchi bo‘g‘in xodimlari “Ambulator-poliklinika muassasasiga kelganlarni qayd etish jurnali” ham ortiqcha, degan fikrda. Chunki xodimning uni to‘ldirib o‘tirishi uzundan uzoq navbatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Bu esa odamlarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.
Qolaversa, bemorlar qabul bo‘limidan ro‘yxatdan o‘tgach, shifokor huzuriga kirish uchun yana ro‘yxatga yozilishi zarur.
Ushbu holatlarni bartaraf etish uchun ayni paytda SSV tuzilgan ishchi guruh tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda.