https://oz.sputniknews.uz/20211130/ozbekneftgaz-va-gazprombank-yangi-loyihalarni-muhokama-qildi-21583169.html
“O‘zbekneftgaz” va “Gazprombank” yangi loyihalarni muhokama qildi
“O‘zbekneftgaz” va “Gazprombank” yangi loyihalarni muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi mas’ullar hamda “Gazmprobank” AJning Aleksey Matveyev boshchiligidagi delegatsiya a’zolari o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
2021-11-30T15:14+0500
2021-11-30T15:14+0500
2023-04-05T18:35+0500
iqtisod
o‘zbekiston
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/673/06/6730604_0:160:3077:1890_1920x0_80_0_0_aa691e431fc3cbeb0fef6207d9576122.jpg
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi mas’ullar va “Gazmprobank” AJning Aleksey Matveyev boshchiligidagi delegatsiya a’zolari o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.“Gazprombank” AJ bilan hamkorlik doirasida strategik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun qariyb 1,1 milliard dollar miqdorida bank krediti jalb qilingan. Uchrashuvda “O‘zbekneftgaz” AJ loyihalarni moliyalashtirish istiqbollari va kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.Dunyodagi yirik korxonalar ro‘yxatida (yo‘nalishi bo‘yicha) 6-o‘rinda e’tirof etiladigan “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi” tozalangan metan asosida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish loyihasini moliyalashtirish maqsadida Xitoy, Rossiya va Koreya banklaridan 2,3 mlrd dollar miqdorida kredit mablag‘lari, jumladan, “Gazprombank” dan olingan kreditlar – 120 mln dollarni tashkil etadi.“Gazprombank” moliyaviy maslahatchi sifatida faoliyat ko‘rsatdi: u loyihaning moliyaviy modelini tanlashda muhim rol o‘ynagan, Xitoy va Koreya banklari bilan muzokaralarda va kredit shartnomalarini tuzishda faol ishtirok etdi.GTL loyihasining mantiqiy davomiga aylangan “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish loyihasi” doirasida 280 ming tonna poliyetilen, 100 ming tonna polipropilen va 50 ming tonna pirol distillatni ishlab chiqarishni yanada ko‘paytirish uchun 430 ming tonna miqdorida sintetik nafta qayta ishlanadi.Uchrashuv yakunlari bo‘yicha yangi istiqbolli gaz-kimyo loyihalari, shartnomalarni bank tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini joriy etish, shuningdek, ushbu sohadagi tajribani o‘rganish bo‘yicha hamkorlik nuqtayi nazaridan istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini o‘rganish, zarur ma’lumotlar almashishga qaror qilindi.
https://oz.sputniknews.uz/20210605/elektr-taminoti-uzilish-tufayli-ozbekneftgaz-aj-obektlari-faoliyati-toxtab-qoldi-19105455.html
https://oz.sputniknews.uz/20210802/gazprom-evropa-omborlariga-jonatilayotgan-gaz-hajmini-qisqartirdi-19913714.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/673/06/6730604_172:0:2903:2048_1920x0_80_0_0_ac71dbded62dbe0798f35f5f5b47ea2a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
gazprombank va o‘zbekneftgaz yangi loyihalar
gazprombank va o‘zbekneftgaz yangi loyihalar
“O‘zbekneftgaz” va “Gazprombank” yangi loyihalarni muhokama qildi
15:14 30.11.2021 (yangilandi: 18:35 05.04.2023) “O‘zbekneftgaz” va “Gazmprobank” loyihalarni moliyalashtirish istiqbollari va kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. “
O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi mas’ullar va “Gazmprobank” AJning Aleksey Matveyev boshchiligidagi delegatsiya a’zolari o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
“Gazprombank” AJ bilan hamkorlik doirasida strategik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun qariyb 1,1 milliard dollar miqdorida bank krediti jalb qilingan. Uchrashuvda “O‘zbekneftgaz” AJ loyihalarni moliyalashtirish istiqbollari va kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
Dunyodagi yirik korxonalar ro‘yxatida (yo‘nalishi bo‘yicha) 6-o‘rinda e’tirof etiladigan “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi” tozalangan metan asosida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish loyihasini moliyalashtirish maqsadida Xitoy, Rossiya va Koreya banklaridan 2,3 mlrd dollar miqdorida kredit mablag‘lari, jumladan, “Gazprombank” dan olingan kreditlar – 120 mln dollarni tashkil etadi.
“Gazprombank” moliyaviy maslahatchi sifatida faoliyat ko‘rsatdi: u loyihaning moliyaviy modelini tanlashda muhim rol o‘ynagan, Xitoy va Koreya banklari bilan muzokaralarda va kredit shartnomalarini tuzishda faol ishtirok etdi.
GTL loyihasining mantiqiy davomiga aylangan “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish loyihasi” doirasida 280 ming tonna poliyetilen, 100 ming tonna polipropilen va 50 ming tonna pirol distillatni ishlab chiqarishni yanada ko‘paytirish uchun 430 ming tonna miqdorida sintetik nafta qayta ishlanadi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha yangi istiqbolli gaz-kimyo loyihalari, shartnomalarni bank tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini joriy etish, shuningdek, ushbu sohadagi tajribani o‘rganish bo‘yicha hamkorlik nuqtayi nazaridan istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini o‘rganish, zarur ma’lumotlar almashishga qaror qilindi.