https://oz.sputniknews.uz/20211130/ozbekistonda-12-14-yoshli-qizlar-odam-papilloma-virusiga-qarshi-emlanmoqda-21590519.html
O‘zbekistonda 12-14 yoshli qizlar odam papilloma virusiga qarshi emlanmoqda
O‘zbekistonda 12-14 yoshli qizlar odam papilloma virusiga qarshi emlanmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Qizlar odam papilloma virusiga qarshi emlanmoqda, Niderlandiyaning “Merk” korxonasida ishlab chiqarilgan 1 million 400 ming doza “Gardasil” vaksinasi olib kelindi. 30.11.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-11-30T19:48+0500
2021-11-30T19:48+0500
2021-11-30T19:48+0500
jamiyat
o‘zbekiston
emlash
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/0f/21351549_0:104:3273:1945_1920x0_80_0_0_870adcbf28ca9d8869842eaef3d5fde6.jpg
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Har yili O‘zbekistonda o‘rtacha 1700 nafarga yaqin ayolda odam papilloma virusi sababli bachadon bo‘yni saratoni kasalligi aniqlanmoqda.Bunga qarshi eng samarali chora esa mazkur xastalikka qarshi emlanishdir. Ayniqsa, o‘smir yoshdagi qizlarni rejali emlash kasallanish holatlarining oldini olishga katta yordam beradi."Bunday vaksinalar xotin-qizlarning sog‘lom va uzoq umr ko‘rishini ta’minlaydi," — deydi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘lim boshlig‘i Dilorom Tursunova.Dunyoning 102 mamlakatida milliy emlash dasturiga 9 yoshdan boshlab qizlarni emlash kiritilgan. O‘zbekiston ham 2019-yildan ana shu davlatlar safiga qo‘shildi.Ayni paytda respublikada 12-14 yoshli qizlar o‘rtasida emlash jarayoni o‘tkazilmoqda. Chunki ayni shu yosh oralig‘ida vaksinadan so‘ng immunitet eng kuchli shakllanadi. Buning uchun joylarga ehtiyojga ko‘ra, 1 million 400 ming doza OPV vaksina va shprislari yetkazib berildi.Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining ma’lum qilishicha, bunday vaksinalarning 270 milliondan ortiq dozasi dunyoning 102 davlatida qo‘llanilgan.Hozirgi kunda respublikaga Niderlandiyaning “Merk” korxonasida ishlab chiqarilgan 1 million 400 ming doza “Gardasil” vaksinasi olib kelindi va yaroqliligi tekshirilib, tasdiqlandi.Vaksinatsiya jarayonlari 3138 ta emlash punktida amalga oshirilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20191022/zbekistonda-odam-papilloma-virusiga-arshi-emlashga-start-berildi-12660595.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/0f/21351549_271:0:3002:2048_1920x0_80_0_0_73613048831e0d0dc60899b32f3be6a9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, emlash
jamiyat, o‘zbekiston, emlash
O‘zbekistonda 12-14 yoshli qizlar odam papilloma virusiga qarshi emlanmoqda
Qizlar odam papilloma virusiga qarshi emlanmoqda, Niderlandiyaning “Merk” korxonasida ishlab chiqarilgan 1 million 400 ming doza “Gardasil” vaksinasi olib kelindi.
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Har yili O‘zbekistonda o‘rtacha 1700 nafarga yaqin ayolda odam papilloma virusi sababli bachadon bo‘yni saratoni kasalligi aniqlanmoqda.
Bunga qarshi eng samarali chora esa mazkur xastalikka qarshi emlanishdir. Ayniqsa, o‘smir yoshdagi qizlarni rejali emlash kasallanish holatlarining oldini olishga katta yordam beradi.
"Bunday vaksinalar xotin-qizlarning sog‘lom va uzoq umr ko‘rishini ta’minlaydi," — deydi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘lim boshlig‘i Dilorom Tursunova.
Dunyoning 102 mamlakatida milliy emlash dasturiga 9 yoshdan boshlab qizlarni emlash kiritilgan. O‘zbekiston ham 2019-yildan ana shu davlatlar safiga qo‘shildi.
Ayni paytda respublikada 12-14 yoshli qizlar o‘rtasida emlash jarayoni o‘tkazilmoqda. Chunki ayni shu yosh oralig‘ida vaksinadan so‘ng immunitet eng kuchli shakllanadi. Buning uchun joylarga ehtiyojga ko‘ra, 1 million 400 ming doza OPV vaksina va shprislari yetkazib berildi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining ma’lum qilishicha, bunday vaksinalarning 270 milliondan ortiq dozasi dunyoning 102 davlatida qo‘llanilgan.
Hozirgi kunda respublikaga Niderlandiyaning “Merk” korxonasida ishlab chiqarilgan 1 million 400 ming doza “Gardasil” vaksinasi olib kelindi va yaroqliligi tekshirilib, tasdiqlandi.
Vaksinatsiya jarayonlari 3138 ta emlash punktida amalga oshirilmoqda.