Moskva metro yo‘lovchilari eng ko‘p O‘zbekistonga qo‘ng‘iroq qiladi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishZapusk tematicheskogo poyezda metro v chest 10-letiya gorodskix elektronnix uslug Moskvi
Zapusk tematicheskogo poyezda metro v chest 10-letiya gorodskix elektronnix uslug Moskvi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2021
Obuna bo‘lish
Moskva metrosi yo‘lovchilari eng ko‘p O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Belarusga qo‘ng‘iroq qiladi.
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Moskva metrosi yo‘lovchilari eng ko‘p O‘zbekiston, Armaniston, Qirg‘iziston, Belarus va Sloveniyaga qo‘ng‘iroq qilishadi. Bu haqda RIA Novosti MTS kompaniyasi taqdim etgan tadqiqot ma’lumotlariga asosan xabar qildi.
Mujchina osushestvlyayet denejniy perevod - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2021
Rossiya banklari MDH davlatlariga telefon raqami bo‘yicha pul o‘tkazishni boshlaydi
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, xalqaro rouming qo‘ng‘iroqlarining qariyb 90 foizi bu davlatlarga to‘g‘ri keladi.
“Metro foydalanuvchilari tomonidan amalga oshirilgan xalqaro rouming qo‘ng‘iroqlarining qariyb 90 foizi O‘zbekiston, Armaniston, Qirg‘iziston, Belarus va Sloveniyaga to‘g‘ri keladi. MTS abonentlari metrodan Bolgariya, Gretsiya, Italiya, Turkiya va Kiprga qo‘ng‘iroq qilishadi. Moskva metropoliten yo‘lovchilari Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq va AQShga deyarli qo‘ng‘iroq qilishmadi", - deyilgan xabarda.
Tahlillarga ko‘ra, Rossiyada telefon qo‘ng‘iroqlarining o‘rtacha davomiyligi 1,5 daqiqa, xorijdagi qo‘ng‘iroqlar esa qisqaroq - o‘rtacha 35 soniya. Statistika ma’lumotlarida uchta alohida holat mavjud - Avstriya va Armanistonga qo‘ng‘iroqlarning davomiyligi o‘rtacha besh daqiqa, yo‘lovchilar esa Italiya bilan o‘rtacha 10 daqiqagacha gaplashdi.
Yangiliklar lentasi
0