O‘zbekiston Qozog‘istonning “Agroekspress”da ishtirokini qo‘llab-quvvatladi

© Unsplash / AnirudhTovarniy poyezd
Tovarniy poyezd - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.11.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Qozog‘istonning “Agroekspress”da ishtirokini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. O‘zbekiston hukumati Qozog‘istonni “Agroekspress” loyihasi ishiga qo‘shilishdan manfaatdorligini bildirdi, deb xabar qildi respublika Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.
Jeleznodorojnie puti sortirovochnoy stansii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2021
Rossiyadan birinchi “Agroekspress” poyezdi Toshkentga yetib keldi
“O‘zbekiston tomoni yangi uzilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va boshqa tovarlarni muntazam va tez yetkazib berish uchun O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan “Agroekspress” loyihasida Qozog‘istonning ishtirokini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasidagi nazorat punktlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyatlarini oshirish bo‘yicha ikki tomonlama chora-tadbirlar ko‘rish muhimligi ta’kidlandi”, - deyilgan xabarda.
Birinchi “Agroekspress” 15-noyabr kuni Tambovdagi yuk stansiyasidan muzlatkichli konteynerlarda O‘zbekistonga yo‘l olgandi. Poyezd Toshkentga 25-noyabr kuni yetib keldi. U muzlatilgan tovuq go‘shtini yetkazib berdi. Agroekspress Rossiyaga O‘zbekistondan meva-sabzavot yuki bilan qaytadi.
Agroekspress - bu Rossiya temir yo‘llari logistikasi va RES kompaniyasining agrosanoat kompleksi yuklarini ekspress konteyner poyezdlari yordamida MDH mamlakatlariga, shuningdek, Xitoy va Turkiyaga yetkazib berish bo‘yicha maxsus xizmati.
Yangiliklar lentasi
0