Nigina Abduraimova Rossiyadagi turnirda vitse-chempion bo‘ldi

© Muxammad Amin / UzATennisistka Nigina Abduraimova
Tennisistka Nigina Abduraimova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.11.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston birinchi raketkasi Nigina Abduraimova finalda rossiyalik Polina Kudermetovaga qarshi kortga chiqdi.
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida mukofot jamg‘armasi 15 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnir yakunlandi.
Musobaqa finalida o‘zbekistonning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova finalda rossiyalik Polina Kudermetovaga qarshi kortga chiqdi.
2 soat 29 daqiqa davom etgan o‘yinda Nigina 5:7, 6:3, 4:6 hisoblarida imkoniyatni boy berdi va musobaqaning vitse-chempioniga aylandi.
Yangiliklar lentasi
0