https://oz.sputniknews.uz/20211129/migrantlar-va-ish-beruvchi-ortasida-yuzaga-kelgan-vaziyat-ishchi-guruh-vyazmaga-etib-keldi-21561819.html
Migrantlar va ish beruvchi o‘rtasida yuzaga kelgan vaziyat: ishchi guruh Vazmaga yetib keldi
Migrantlar va ish beruvchi o‘rtasida yuzaga kelgan vaziyat: ishchi guruh Vazmaga yetib keldi
Sputnik O‘zbekiston
“Konstanta” MChJda ishlayotgan o‘zbekistonlik mehnat migrantlari murojaatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.
2021-11-29T06:45+0500
2021-11-29T06:45+0500
2023-04-05T18:35+0500
migratsiya
o‘zbekiston
migrantlar
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/1d/21561768_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_bc70d12ba0d79b0bf9549b0885e4d246.jpg
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Ish beruvchi va mehnat migrantlari o‘rtasida yuzaga kelgani ziddiyatli vaziyatga oydinlik kiritish uchun ishchi guruh Vazma shahriga ketib bordi, deb xabar qildi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.Rossiya Federatsiyasi Smolensk viloyati Vazma shahrida joylashgan “Konstanta” MChJda ishlayotgan o‘zbekistonlik mehnat migrantlari murojaatiga ko‘ra, ular va ish beruvchi o‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyatli vaziyat haqida xabar qilingan edi.Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vaziyatga yanada oydinlik kiritish va aniqlangan muammolarni ish beruvchi bilan bartaraf etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbariyatidan iborat ishchi guruh Vazma shahriga yetib bordi.Ishchi guruh fuqarolar bilan uchrashib, ularning muammo va takliflarini o‘rganish maqsadida muloqot o‘tkazdi. Shuningdek, ish beruvchi tashkilot rahbari bilan tashkil etilgan muzokarada fuqarolar tomonidan bildirilgan e’tirozlar, xususan, pasportlarining olib qo‘yilishi, patentlarning o‘z vaqtida rasmiylashtirilmagani va maoshlarining kechiktirilgani kabilarning sabablari hamda ularning yechimini topish masalalari muhokama qilindi.“Konstanta” MChJda ishlayotgan o‘zbekistonlik mehnat migrantlari murojaatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/1d/21561768_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_ecdb727d19385fecbbc80378fd415096.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migrantlar va ish beruvchi o‘rtasida yuzaga kelgan vaziyat
migrantlar va ish beruvchi o‘rtasida yuzaga kelgan vaziyat
Migrantlar va ish beruvchi o‘rtasida yuzaga kelgan vaziyat: ishchi guruh Vazmaga yetib keldi
06:45 29.11.2021 (yangilandi: 18:35 05.04.2023) “Konstanta”da ishlayotgan mehnat migrantlari murojaatini o‘rganish uchun ishchi guruh Vazma shahri yetib keldi.
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Ish beruvchi va mehnat migrantlari o‘rtasida yuzaga kelgani ziddiyatli vaziyatga oydinlik kiritish uchun ishchi guruh Vazma shahriga ketib bordi, deb
xabar qildi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.
Rossiya Federatsiyasi Smolensk viloyati Vazma shahrida joylashgan “Konstanta” MChJda ishlayotgan o‘zbekistonlik mehnat migrantlari murojaatiga ko‘ra, ular va ish beruvchi o‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyatli vaziyat haqida
xabar qilingan edi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vaziyatga yanada oydinlik kiritish va aniqlangan muammolarni ish beruvchi bilan bartaraf etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbariyatidan iborat ishchi guruh Vazma shahriga yetib bordi.
Ishchi guruh fuqarolar bilan uchrashib, ularning muammo va takliflarini o‘rganish maqsadida muloqot o‘tkazdi. Shuningdek, ish beruvchi tashkilot rahbari bilan tashkil etilgan muzokarada fuqarolar tomonidan bildirilgan e’tirozlar, xususan, pasportlarining olib qo‘yilishi, patentlarning o‘z vaqtida rasmiylashtirilmagani va maoshlarining kechiktirilgani kabilarning sabablari hamda ularning yechimini topish masalalari muhokama qilindi.
“Konstanta” MChJda ishlayotgan o‘zbekistonlik mehnat migrantlari murojaatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.