Qirg‘izistonda parlament saylovlarida ovoz berish boshlandi

© Sputnik / Igor Yegorov / Mediabankka o‘tishParlamentskie vibori v Kirgizstane
Parlamentskie vibori v Kirgizstane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.11.2021
Obuna bo‘lish
O‘tgan yil oktabrida bo‘lib o‘tgan avvalgi parlament saylovlari ommaviy noroziliklar ortidan bekor qilingan edi.
TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Qirg‘izistonda Jokorgu Kenesh deputatlarini saylash boshlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston.
Soat 8 dan butun respublika bo‘ylay 2495 ta, jumladan xorijiy davlatlarda 59 ta saylov uchastkasi o‘z ishini boshlagan. Ovoz berish soat 20 gacha davom etadi.
Ilk bor Qirg‘izistonda parlament saylovlari aralash tizim bo‘yicha o‘tmoqda: 54 deputat partiya ro‘yxatlari, 36 deputat esa bir mandatli okruglar bo‘yicha saylanadi.
Saylovchilar ro‘yxatiga 3,7 mln, jumladan, xorijdagi fuqarolar kiritilgan.
Respublikada parlament saylovlari takroran o‘tkazilmoqda, chunki o‘tgan yil oktabrida o‘tkazilgan saylovlar ommaviy tartibsizliklarni keltirib chiqargandi va bekor qilingandi. Natijada prezident Sooronbay Jeenbekov iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi. Sadir Japarov yangi davlat rahbari bo‘ldi. Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tdi. Prezident vakolatlari kengaytirildi, parlament va hukumatniki esa qisqardi. Parlament tarkibi 120 deputatdan 90 tagacha kamaydi.
Yangiliklar lentasi
0