Muzeylarning pulli xizmatlar ko‘rsatishiga ruxsat berildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMuzey im. Saviskogo v Nukuse
Muzey  im. Saviskogo v Nukuse - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.11.2021
Obuna bo‘lish
Tegishli qonunga o‘zgartirish kiritildi. Bunda muzey ashyolari va kolleksiyalari but saqlanishi kerak.
TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Muzeylar daromad keltiradigan faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin. Bu prezident imzolagan “Muzeylar to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunda ko‘zda tutilgan.
Kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, muzeylar ta’sis hujjatlariga muvofiq daromad keltiradigan faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin. Bunda muzey ashyolari va kolleksiyalari but saqlanishi kerak.
Davlat muzeylariga pulli xizmatlardan, xayriyalardan tushadigan mablag‘lar kelgusi yil uchun budjetdan moliyalashtirish miqdorini kamaytirishga asos bo‘lmaydi.
Mablag‘lar davlat muzeylarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, ilmiy salohiyatini oshirish va ularni targ‘ib qilish hamda qonunchilikda belgilangan boshqa maqsadlar uchun sarflanishi mumkin.
Gosudarstvennaya Tretyakovskaya galereya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.11.2021
Madaniyatni rivojlantirish fondi Tretyakov galereyasi bilan shartnoma imzoladi
Amaldagi “Muzeylar to‘g‘risida”gi qonunda (2008 yil) muzeylar notijorat madaniyat muassasasi ekanligi belgilangandi. Bu esa o‘z navbatida muzeylarning pulli xizmatlar ko‘rsatishi va boshqa tijoriy faoliyatini amalga oshirishga ta’sir ko‘rsatib kelgan.
Ma’lumot o‘rnida, hozirda respublikada 124 ta muzey faoliyat olib bormoqda, shundan 116 tasi davlat va 8 tasi nodavlat muzey hisoblanadi.
Qonun rasman e’lon qilingan kundan kuchga kirdi.
Yangiliklar lentasi
0