https://oz.sputniknews.uz/20211128/isroil-omikron-shtammi-sabab-chegaralarini-xorijliklar-uchun-yopdi-21555039.html
Isroil omikron shtammi sabab chegaralarini xorijliklar uchun yopdi
Isroil omikron shtammi sabab chegaralarini xorijliklar uchun yopdi
Sputnik O‘zbekiston
Isroil koronavirusning yangi xavfli omikron shtammi paydo bo‘lgani sabab chegaralarini xorijliklar uchun ikki haftaga yopadi.
2021-11-28T11:55+0500
2021-11-28T11:55+0500
2021-11-28T12:27+0500
dunyoda
isroil
omikron shtammi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/1c/21555115_0:185:2985:1864_1920x0_80_0_0_194fc034ac4334eb74c22759c0f3c222.jpg
TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Isroil koronavirusning yangi omikron shtammi paydo bo‘lgani sabab chegaralarini xorijliklar uchun ikki haftaga yopadi.Tegishli qarorni pandemiyaga qarshi kurashish vazirlik komissiyasi favqulodda yig‘ilishda qabul qildi.Bunda Istisnolar bo‘yicha qo‘mita tomonidan ma’qullangan holatlarda kirishga ruxsat berilishi mumkin.Chet eldan qaytayotgan isroilliklar aeroportda koronavirusga PZR test topshirishlari va karantinda bo‘lishlari shart. Kovidni boshdan kechirganlar va emlanganlar uchun o‘zini yakkalash uch kun, emlanmaganlar uchun bir hafta davom etadi.Isroilda koronavirusning omikron shtammi bilan kasallanish 26-noyabr kuni aniqlandi. Yana bir necha kishi shubha ostida. Ular test topshirib, uning natijasini kutishmoqda.Isroil bosh vaziri Naftali Bennet mamlakat favqulodda vaziyat yoqasida turganini ma’lum qildi va barchani tunu kun ishlashga tayyor turishga chaqirdi.25 noyabr kuni olimlar Botsvana, JAR va Gonkongda eng xavfli bo‘lishi mumkin bo‘lgan koronavirusning B.1.1.529 yangi shtammini aniqlashdi. JSST faqulodda yig‘ilish o‘tkazib, bu shtammni omikron deb atadi – yunon alfavitining 15-harfi nomi.27 noyabr kuni Buyuk Britaniyada ikkita omikron shtammi bilan kasallanish aniqlandi. Shuningdek, u Misrdan qaytgan Chexiya fuqarosida aniqlangani ma’lum. Qolaversa, omikron shtammi Belgiya va Italiyada qayd etilgan.O‘zbekistonda koronavirusning bu xavfli shtammi hozircha qayd etilmagan.
https://oz.sputniknews.uz/20211127/ebola-kabi-xavfli-afrikada-aniqlangan-kovidning-yangi-shtammi-omikron-deb-nomlandi-21548648.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/1c/21555115_127:0:2858:2048_1920x0_80_0_0_d878a35a527020c89725550e6b403371.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
isroil chegara yopilishi omikron shtammi omikron shtammi haqida omikron xavflimi
isroil chegara yopilishi omikron shtammi omikron shtammi haqida omikron xavflimi
Isroil omikron shtammi sabab chegaralarini xorijliklar uchun yopdi
11:55 28.11.2021 (yangilandi: 12:27 28.11.2021) Isroilda koronavirusning yangi eng xavfli omikron shtammi bilan kasallanish 26-noyabr kuni aniqlandi.
TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Isroil koronavirusning yangi omikron shtammi paydo bo‘lgani sabab chegaralarini xorijliklar uchun ikki haftaga yopadi.
Tegishli qarorni pandemiyaga qarshi kurashish vazirlik komissiyasi favqulodda yig‘ilishda qabul qildi.
“Yig‘ilishda quyidagi qarorlar qabul qilindi: barcha mamlakatdan bo‘lgan chet elliklarga Isroilga kirish taqiqlanadi”, - deya xabar qilmoqda RIA Novosti mamlakat bosh vaziri ma’muriyati xabariga tayangan holda.
Bunda Istisnolar bo‘yicha qo‘mita tomonidan ma’qullangan holatlarda kirishga ruxsat berilishi mumkin.
Chet eldan qaytayotgan isroilliklar aeroportda koronavirusga PZR test topshirishlari va karantinda bo‘lishlari shart. Kovidni boshdan kechirganlar va emlanganlar uchun o‘zini yakkalash uch kun, emlanmaganlar uchun bir hafta davom etadi.
Isroilda koronavirusning omikron shtammi bilan kasallanish 26-noyabr kuni aniqlandi. Yana bir necha kishi shubha ostida. Ular test topshirib, uning natijasini kutishmoqda.
Isroil bosh vaziri Naftali Bennet mamlakat favqulodda vaziyat yoqasida turganini ma’lum qildi va barchani tunu kun ishlashga tayyor turishga chaqirdi.
25 noyabr kuni olimlar Botsvana, JAR va Gonkongda eng xavfli bo‘lishi mumkin bo‘lgan koronavirusning B.1.1.529 yangi shtammini
aniqlashdi. JSST faqulodda yig‘ilish o‘tkazib, bu shtammni omikron
deb atadi – yunon alfavitining 15-harfi nomi.
27 noyabr kuni Buyuk Britaniyada ikkita omikron shtammi bilan kasallanish aniqlandi. Shuningdek, u Misrdan qaytgan Chexiya fuqarosida aniqlangani ma’lum. Qolaversa, omikron shtammi Belgiya va Italiyada qayd etilgan.
O‘zbekistonda koronavirusning bu xavfli shtammi hozircha qayd etilmagan.