https://oz.sputniknews.uz/20211127/ozbekiston-bosh-muftiysi-yuksak-medal-bilan-taqdirlandi-foto-21543734.html
Oʻzbekiston bosh muftiysi yuksak medal bilan taqdirlandi - foto
Oʻzbekiston bosh muftiysi yuksak medal bilan taqdirlandi - foto
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi tomonidan taʼsis etilgan yuksak medal bilan taqdirlandi.
2021-11-27T04:23+0500
2021-11-27T04:23+0500
2021-11-27T04:23+0500
jamiyat
oʻzbekiston
oʻzbekiston musulmonlari idorasi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/1b/21543699_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_51ea52c4c4f360128c699e1f7cec2217.jpg
TOSHKENT, 27 noya — Sputnik. Nur-Sultonda boʻlib oʻtgan xalqaro konferentsiyada Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi tomonidan taʼsis etilgan yuksak medal bilan tantanali ravishda taqdirlandi, deb xabar qildi Oʻzbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.“Mustaqil Qozogʻiston va Islom qadriyatlari” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya yuksak saviyada tashkil etilgani, 200 dan ziyod ishtirokchi qatnashgani, ZOOM platformasi orqali yuzlab xorijiy va mahalliy mutaxassislar kuzatib borgani, martabali din va davlat arboblari, professor va akademiklar arab, rus, turk va qardosh tillarda maʼruzalar qilganlari hamda anjuman jarayonlari toʻgʻridan-toʻgʻri butun dunyoga onlayn namoyish etildi.“Xalqaro konferentsiyada bugungi murakkab davrda din peshvolarining hamjihatlikda faoliyat yuritishi muhimligi, shuningdek, global zamonda ulamolarning oʻzaro hamkorligi muammolarni yechishda katta omil ekani baralla aytilgani bilan uning nufuzi yanada oshdi.Notiqlar tomonidan soʻnggi yillarda Oʻzbekiston zaminida Islom dini maʼrifatini keng yoyish, moʻmin-musulmonlar ehtiyojini taʼminlash, masjid-madrasalarni obod etish va ulugʻ allomalar merosiga ehtirom koʻrsatish yoʻlida olib borilayotgan ishlar yuqori baholandi”, - deyilgan xabarda.19 oktyabr kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining kengaytirilgan yigʻilishida Nuriddin Xoliqnazarov Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga saylangandi.
oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/1b/21543699_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_a8b38b06bb447c58fa6b5610b4e52c85.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
muftiy yuksak medal bilan taqdirlandi
muftiy yuksak medal bilan taqdirlandi
Oʻzbekiston bosh muftiysi yuksak medal bilan taqdirlandi - foto
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi Nuriddin Xoliqnazarov Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi tomonidan taʼsis etilgan yuksak medal bilan taqdirlandi.
TOSHKENT, 27 noya — Sputnik. Nur-Sultonda boʻlib oʻtgan xalqaro konferentsiyada Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi tomonidan taʼsis etilgan yuksak medal bilan tantanali ravishda taqdirlandi, deb xabar qildi Oʻzbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.
“Mustaqil Qozogʻiston va Islom qadriyatlari” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya yuksak saviyada tashkil etilgani, 200 dan ziyod ishtirokchi qatnashgani, ZOOM platformasi orqali yuzlab xorijiy va mahalliy mutaxassislar kuzatib borgani, martabali din va davlat arboblari, professor va akademiklar arab, rus, turk va qardosh tillarda maʼruzalar qilganlari hamda anjuman jarayonlari toʻgʻridan-toʻgʻri butun dunyoga onlayn namoyish etildi.
“Xalqaro konferentsiyada bugungi murakkab davrda din peshvolarining hamjihatlikda faoliyat yuritishi muhimligi, shuningdek, global zamonda ulamolarning oʻzaro hamkorligi muammolarni yechishda katta omil ekani baralla aytilgani bilan uning nufuzi yanada oshdi.
Notiqlar tomonidan soʻnggi yillarda Oʻzbekiston zaminida Islom dini maʼrifatini keng yoyish, moʻmin-musulmonlar ehtiyojini taʼminlash, masjid-madrasalarni obod etish va ulugʻ allomalar merosiga ehtirom koʻrsatish yoʻlida olib borilayotgan ishlar yuqori baholandi”, - deyilgan xabarda.
19 oktyabr kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining kengaytirilgan yigʻilishida
Nuriddin Xoliqnazarov Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga saylangandi.