Hodisalar

"Mashina beton toʻsiqqa urildi": 3 nafar manzil koloniya xodimi YTHda halok boʻldi

© Fotolia / Jan H. AndersenMertvыy chelovek na asfalte
Mertvыy chelovek na asfalte - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.11.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Uch nafar jazoni ijro etish xizmati xodimi yoʻl-transport hodisasi oqibatida vafot etdi.
TOSHKENT, 27 noya — Sputnik. Uch nafar jazoni ijro etish xizmati xodimi yoʻl-transport hodisasi oqibatida vafot etdi, deb xabar qildi IIV JIED axborot xizmati.
V Navoi proizoshlo DTP iz-za pыlnoy buri - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.11.2021
Jamiyat
Navoiyda chang tufayli YTH sodir boʻldi
26 noyabr kuni soat 00.10larda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumani hududidan oʻtuvchi A-380 "Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Buyneu" avtomobil yoʻlining 708 kilometrida jazoni ijro etish xizmati xodimi I.I xizmat joyidan yashash xonadoniga qaytayotgan vaqtda oʻziga tegishli boʻlgan "Cobalt" avtomashinasini boshqarayotib, qarama-qarshi tomonlarni ajratib turuvchi beton toʻsiqqa urilishi natijasida yoʻl-transport hodisasi sodir etdi.
Hodisa oqibatida transport vositasida boʻlgan jazoni ijro etish muassasasi xodimlari M.X hamda X.X lar ogʻir tan jarohati olib voqea joyida, I.I esa koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan Xoʻjayli tuman tibbiyot birlashmasida vafot etdi.
Holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0