https://oz.sputniknews.uz/20211127/birja-savdolarida-ai-80-benzin-20ga-arzonlashdi-21552711.html
Birja savdolarida Ai-80 benzin 20%ga arzonlashdi
Birja savdolarida Ai-80 benzin 20%ga arzonlashdi
Oʻzbekiston birja savdolarida Ai-80 markali benzinning narxi 20 foizgacha pasaydi.
2021-11-27T18:49+0500
2021-11-27T18:49+0500
2021-11-27T18:49+0500
jamiyat
oʻzbekiston
benzin
benzin narxi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/98/84/988491_0:159:3077:1890_1920x0_80_0_0_c277ec7fba639ed4f6f90428efc9398b.jpg
TOSHKENT, 27 noya — Sputnik. Oʻzbekistonda noyabr oyining oxirlariga kelib benzin bozorida talab va taklifning mutanosibligi tiklanishi va narxlarning barqarorlashuvi kuzatilmoqda.Respublika tovar-xom ashyo birjasi maʼlumotiga koʻra, 1-15 noyabr kunlari Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida Ai-80 markali avtomobil benzinining oʻrtacha sotilish narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 8 million 690 ming soʻmdan 10 million 129 ming soʻmgacha, yaʼni 17 foizga oʻsgan edi.Narxlar barqarorlashuvini taʼminlash maqsadida birjaning benzin bozorida taklif darajasini oshirish, birja savdolariga kichik lotlar (1 tonnalik)ni qoʻyish va xaridorlar uchun maksimal hajmlar (limit)ni oʻrnatish choralari koʻrilgan. Bularning natijasida 15—26 noyabr kunlari Ai-80 markali benzinni birja savdolariga qoʻyish darajasi 3,6 marotabaga oʻsgan.Bunda birja savdolariga qoʻyilgan benzin hajmida 1 tonnalik lotlarning ulushi 6 foizdan 57 foizgacha oshirilgan. Savdolarda ishtirok etgan va benzinni sotib olgan xaridorlarning soni esa 32 tadan 367 tagacha, yaʼni 11,4 barobarga oshgan. Mazkur davrda benzinning birjada shakllangan oʻrtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 10 million 129 ming soʻmdan 8 million 101 ming soʻmgacha, yaʼni 20 foizga pasaygan.“Benzinning bir tonnasi uchun sotilish narxi 15 noyabrga nisbatan 2 million 28 ming soʻmga, 1 noyabrga nisbatan esa 589,4 ming soʻmga arzonlashgan. Oʻz navbatida, birja bozorida benzin narxlarining barqarorlashuvi chakana bozorlarda, yaʼni avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari (AYOQSH)ning narxlarida ham oʻz aksini topmoqda”, — deyiladi xabarda.Turli manbalarda keltirishicha avtomobil benzinning bir tonnasi oʻrtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20211124/ozbekistonga-benzin-qaysi-davlatlardan-import-qilindi-21493126.html
oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/98/84/988491_173:0:2904:2048_1920x0_80_0_0_e3e97394a179bdbd7c27c4ba3625bcab.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
ai-80 markali benzinning narxi 20 %gacha pasaydi
ai-80 markali benzinning narxi 20 %gacha pasaydi
Birja savdolarida Ai-80 benzin 20%ga arzonlashdi
Oʻzbekiston birja savdolarida Ai-80 markali benzinning narxi 20 foizgacha pasaydi.
TOSHKENT, 27 noya — Sputnik. Oʻzbekistonda noyabr oyining oxirlariga kelib benzin bozorida talab va taklifning mutanosibligi tiklanishi va narxlarning barqarorlashuvi kuzatilmoqda.
Respublika tovar-xom ashyo birjasi
maʼlumotiga koʻra, 1-15 noyabr kunlari Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida Ai-80 markali avtomobil benzinining oʻrtacha sotilish narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 8 million 690 ming soʻmdan 10 million 129 ming soʻmgacha, yaʼni 17 foizga oʻsgan edi.
Narxlar barqarorlashuvini taʼminlash maqsadida birjaning benzin bozorida taklif darajasini oshirish, birja savdolariga kichik lotlar (1 tonnalik)ni qoʻyish va xaridorlar uchun maksimal hajmlar (limit)ni oʻrnatish choralari koʻrilgan. Bularning natijasida 15—26 noyabr kunlari Ai-80 markali benzinni birja savdolariga qoʻyish darajasi 3,6 marotabaga oʻsgan.
Bunda birja savdolariga qoʻyilgan benzin hajmida 1 tonnalik lotlarning ulushi 6 foizdan 57 foizgacha oshirilgan. Savdolarda ishtirok etgan va benzinni sotib olgan xaridorlarning soni esa 32 tadan 367 tagacha, yaʼni 11,4 barobarga oshgan. Mazkur davrda benzinning birjada shakllangan oʻrtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 10 million 129 ming soʻmdan 8 million 101 ming soʻmgacha, yaʼni 20 foizga pasaygan.
“Benzinning bir tonnasi uchun sotilish narxi 15 noyabrga nisbatan 2 million 28 ming soʻmga, 1 noyabrga nisbatan esa 589,4 ming soʻmga arzonlashgan. Oʻz navbatida, birja bozorida benzin narxlarining barqarorlashuvi chakana bozorlarda, yaʼni avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari (AYOQSH)ning narxlarida ham oʻz aksini topmoqda”, — deyiladi xabarda.
Turli manbalarda keltirishicha avtomobil benzinning bir tonnasi oʻrtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.