https://oz.sputniknews.uz/20211127/avto-elektrotexnika-va-orol-dengizi-ozbekiston-va-qozogiston-54ta-shartnoma-imzoladi-21553169.html
Avto, elektrotexnika va Orol dengizi: O‘zbekiston va Qozog‘iston 54ta shartnoma imzoladi
Avto, elektrotexnika va Orol dengizi: O‘zbekiston va Qozog‘iston 54ta shartnoma imzoladi
Sputnik O‘zbekiston
Joriy yil oxiriga kelib O‘zbekiston Qozog‘istonning eng yirik savdo hamkorlari beshtaligiga kirishi mumkin.2021 yil 9 oyida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2,9 mlrd $dan oshdi, bu 2020-yil shu davriga nisbatan 28,5 %ga ko‘pdir.
2021-11-27T20:31+0500
2021-11-27T20:31+0500
2021-11-27T20:37+0500
iqtisod
o‘zbekiston
qozog‘iston
abdulla aripov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/1b/21553085_0:0:1600:900_1920x0_80_0_0_583fba80cf9a0deaaa4250bfe85dc677.jpg
TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Joriy yil oxiriga kelib O‘zbekiston Qozog‘istonning eng yirik savdo hamkorlari beshtaligiga kirishi mumkin. 2021-yil 9 oyida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2,9 mlrd $dan oshdi, bu 2020-yil shu davriga nisbatan 28,5 %ga ko‘pdir, deyiladi Qozog‘iston bosh vaziri saytida.26 noyabr kuni Qozog‘iston bosh vazir Asqar Mamin O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan muzokara o‘tkazdi. Ular Turkistonda o‘tkazilgan ikki davlat o‘rtasidagi III mintaqalararo hamkorlik forumida ishtirok etib, savdo-iqtisodiy, investitsiya, qishloq xo‘jaligi, tranzit-transport, suv-energetika, sanoat kooperatsiyasi va turizm kabi sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.Qayd etilishicha, shu yilning 9 oyi davomida ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2,9 mlrd $dan oshdi, bu 2020-yilning shu davriga nisbatan 28,5 %ga ko‘pdir. Joriy yil oxiriga kelib O‘zbekiston Qozog‘istonning eng yirik savdo hamkorlari beshtaligiga kirishi mumkin. 2022-yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 5 mlrd $ga, 5-yil davomida esa 10 mlrd $ga yetkazish vazifasi qo‘yildi.Ikki davlat chegarasida “Markaziy Osiyo” xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlik markazini tashkil etish loyihasi amalga oshirilmoqda. Umuman olganda, Qozog‘iston va O‘zbekiston ulushiga Markaziy Osiyodagi mintaqaviy savdoning qariyb 70 % to‘g‘ri keladi. Bosh vazir Asqar Mamin sanoat kooperatsiyasi sohasida Qozog‘iston-O‘zbekiston hamkorligining yuqori dinamikasini qayd etdi.Shuningdek, u Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida tranzit-transport sohasida o‘zaro hamkorlikning yuqori darajasi – temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, avtomobil o‘tkazish punktlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini, yuklarni tashishda qulay tarif siyosati shakllantirilganini qayd etdi. 2021-yil 10 oyi davomida Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi temir yo‘l harakati hajmi 20,5 mln tonnani tashkil etdi.Mamin ikki davlat o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish, suv va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik muhimligini ta’kidladi. Birgalikda sa’y-harakatlar natijasida vegetatsiya davrida To‘qto‘gul va Qayroqum suv omborlaridan qo‘shimcha suv chiqarish ta’minlandi, bu esa Qozog‘iston va O‘zbekiston fermerlarining ehtiyojini qondirdi.Orolbo‘yi ekologik muammolarini hal etish, butun Orolbo‘yining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.Forum doirasida mashinasozlik, agrosanoat majmuasi, qurilish materiallari, elektrotexnika mahsulotlari, tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish, infratuzilmani rivojlantirish va sanoatning boshqa sohalarida umumiy qiymati 611,3 million dollarlik 54 ta investitsiya va tijorat shartnoma imzolandi.
o‘zbekiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/1b/21553085_200:0:1400:900_1920x0_80_0_0_4254baeabbf986fc11f80be88f2e7391.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston va qozog‘iston 54ta tijorat shartnoma imzoladi
o‘zbekiston va qozog‘iston 54ta tijorat shartnoma imzoladi
Avto, elektrotexnika va Orol dengizi: O‘zbekiston va Qozog‘iston 54ta shartnoma imzoladi
20:31 27.11.2021 (yangilandi: 20:37 27.11.2021) O‘zbekiston va Qozog‘iston 54ta tijorat shartnoma imzoladi.
TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Joriy yil oxiriga kelib O‘zbekiston Qozog‘istonning eng yirik savdo hamkorlari beshtaligiga kirishi mumkin. 2021-yil 9 oyida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2,9 mlrd $dan oshdi, bu 2020-yil shu davriga nisbatan 28,5 %ga ko‘pdir, deyiladi Qozog‘iston bosh vaziri
saytida.
26 noyabr kuni Qozog‘iston bosh vazir Asqar Mamin O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan muzokara o‘tkazdi. Ular Turkistonda o‘tkazilgan ikki davlat o‘rtasidagi III mintaqalararo hamkorlik forumida ishtirok etib, savdo-iqtisodiy, investitsiya, qishloq xo‘jaligi, tranzit-transport, suv-energetika, sanoat kooperatsiyasi va turizm kabi sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.
Qayd etilishicha, shu yilning 9 oyi davomida ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2,9 mlrd $dan oshdi, bu 2020-yilning shu davriga nisbatan 28,5 %ga ko‘pdir. Joriy yil oxiriga kelib O‘zbekiston Qozog‘istonning eng yirik savdo hamkorlari beshtaligiga kirishi mumkin. 2022-yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 5 mlrd $ga, 5-yil davomida esa 10 mlrd $ga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
Ikki davlat chegarasida “Markaziy Osiyo” xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlik markazini tashkil etish loyihasi amalga oshirilmoqda. Umuman olganda, Qozog‘iston va O‘zbekiston ulushiga Markaziy Osiyodagi mintaqaviy savdoning qariyb 70 % to‘g‘ri keladi. Bosh vazir Asqar Mamin sanoat kooperatsiyasi sohasida Qozog‘iston-O‘zbekiston hamkorligining yuqori dinamikasini qayd etdi.
"Mashinasozlik, qurilish industriyasi va farmatsevtika sanoatida yangi qo‘shma loyihalar uchun boshqa o‘sish nuqtalari ham mavjud”, - dedi Asqar Mamin.
Shuningdek, u Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida tranzit-transport sohasida o‘zaro hamkorlikning yuqori darajasi – temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, avtomobil o‘tkazish punktlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini, yuklarni tashishda qulay tarif siyosati shakllantirilganini qayd etdi. 2021-yil 10 oyi davomida Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi temir yo‘l harakati hajmi 20,5 mln tonnani tashkil etdi.
Mamin ikki davlat o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish, suv va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik muhimligini ta’kidladi. Birgalikda sa’y-harakatlar natijasida vegetatsiya davrida To‘qto‘gul va Qayroqum suv omborlaridan qo‘shimcha suv chiqarish ta’minlandi, bu esa Qozog‘iston va O‘zbekiston fermerlarining ehtiyojini qondirdi.
Orolbo‘yi ekologik muammolarini hal etish, butun Orolbo‘yining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.
Orol dengizining qurigan tubida saksovul plantatsiyalarini ekish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirishni taklif qilamiz, – dedi Qozog‘iston bosh vaziri.
Forum doirasida mashinasozlik, agrosanoat majmuasi, qurilish materiallari, elektrotexnika mahsulotlari, tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish, infratuzilmani rivojlantirish va sanoatning boshqa sohalarida umumiy qiymati 611,3 million dollarlik 54 ta investitsiya va tijorat shartnoma imzolandi.