https://oz.sputniknews.uz/20211126/uchinchi-jahon-urushini-toxtatib-turgan-rus-quroli-21540651.html
Uchinchi jahon urushini to‘xtatib turgan rus quroli
Uchinchi jahon urushini to‘xtatib turgan rus quroli
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya yadroviy kuchlarni yuqori jangovar shay holda saqlab yer, suv, havo va kosmosda to‘xtatib turuvchi qurollari sonini oshirib bormoqda.
2021-11-26T22:25+0500
2021-11-26T22:25+0500
2023-04-05T18:35+0500
kolumnistlar
qurol-yarog‘
rossiya mudofaa vaziri
uchinchi jahon urushi
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/08/1a/14847225_0:0:2995:1685_1920x0_80_0_0_be9677e5d082d6747ebcc50170877c8e.jpg
TOShKENT, 26 noya - Sputnik. SSSR tarqalib ketganidan so‘ng 30-yil o‘tsa ham yanada yuqori texnologiyali, yadroviy raketalarga ega bo‘lgan Rossiya ehtimoliy tajovuzkorga nisbatan kuchliroq davlat sifatida saqlanib qolmoqda.Rossiya armiyasining zamonaviy quroli ko‘p jihatdan o‘zining xorijiy analoglaridan ustun, Rossiya suverenitetining hamda Yevroosiyodagi osoyishtalikning ishonchli kafili bo‘lib qolmoqda.Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu 24-noyabr kuni bergan bayonotida aytilishiga ko‘ra, uch yil davomida Davlat dasturi asosida Rossiya qurolli kuchlari 20 mingdan ortiq qurol-aslaha namunalari, ikki millionga yaqin texnika birliklari olishgan. Jangovar robotlarning seriyali ishlab chiqish boshlangan. NATOning harbiy tayyorgarligini hisobga olgan holda, yadroviy kuchlarning yuqori jangovar shayligi hamda yer, suv va havo-kosmik muhitda to‘xtatib turuvchi yadroviy bo‘lmagan qurollar miqdorini oshirish – yaqin kelajakda Rossiya xavfsizligining ustuvorliklaridan biri bo‘lib qolmoqda.Yuqori texnologiyalari qurol-aslahalar sohasida Rossiyaning yetakchiligini ittifoqchilar ham, raqiblar ham tan olishadi. Rossiya raqobatdoshlariga nisbatan o‘z ustuvorligini oshirish yo‘li bilan “hamkorlar” tomonidan Uchinchi jahon urushini boshlash ehtimolini kamaytirmoqda.Rossiyaning 2033-yilga qadar mo‘ljallangan yangi qayta qurollanish Davlat dasturi, gipertovush raketalar, yuqori quvvatli lazer va robototexnik majmualar kabi yuqori texnologiyalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan. Yaqin o‘n yillikda sun’iy ong sohasida 22 trillion rubl sarmoya kiritish rejalashtirilgan. Rossiya “Sirius” va “Poseydon” kabi avtonom harakatlanuvchi, mustaqil “fikrlovchi” tizimlar yaratishni maqsad qilgan.Xarajatlar o‘zini-o‘zi qoplamoqda. Rossiya 2021-yilda 10 milliard dollarlik qurol-aslaha shartnomalar imzoladi va yaqin yillar ichida xalqaro bozorga 50ta yangi qurol-aslaha namunalari olib chiqishni niyat qilgan. Ular orasida aviatsiya texnikasi hamda havo-mudofaa tizimlari soni ko‘proq. Yuqori texnologiyalari ustuvorliklardan bir nechasini ko‘rib chiqamiz.Kosmik "Tundra"Plesesk kosmodromidan 25-noyabr kuni "Tundra" harbiy koinot yo‘ldoshi belgilangan orbitaga chiqarildi. Bu "Soyuzom-2.1B" kosmik kemasi yordamida 2021-yilda amalga oshirilgan beshinchi “harbiy” start bo‘ldi.Zamonaviy "Tundra" koinot yo‘ldoshi yer va suv sathidan amalga oshirilgan kontenentlararo ballistik raketalar (KBR) uchirilishini aniqlashi, uchirilgan raketaning ballistik trayektoriyasini va nishonga olingan hududlarini belgilash imkoniga ega. 2022-yilda Rossiyaning “Tundra” tizimi 10ta sputnikdan iborat bo‘ladi. Uni boshqarish Serpuxov-15 nomli boshqaruv markazi orqali amalga oshiriladi.Oldin ushbu vazifani “Oko” sputnik tizimi amalga oshirar edi. U faqat Amerika kontinentidan uchilirgan raketalarni aniqlash imkoniga ega edi.Shu bilan bir vaqtda o‘ta uzoq masofaga zarba beruvchi mobil tizim havo mudofaa tizimi S-550 yaratilmoqda. U orbital va kosmik nishonlarni yo‘q qilishi mumkin. Jumladan amerikaning kontinentlararo raketalari va X-37 uchuvchisiz kosmik tashuvchilarni ham yo‘q qilishi mumkin.15 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan sinovlarda S-550 ehtiyotkorona aniqlaik bilan 500km balandlikdagi "Kosmos-1408" - eski sovet sputnigini yo‘q qildi. Bu Pentagon va NATOdagilarni shokka tushirdi. Ular jazavagi tushib Rossiyani har xil narsalarda ayblay boshladi.“Hamkorlar” kutilmaganda Rossiya belgilagan “qizil chiqizdan” o‘tgan taqdirda bir soniyada 32ta GPS navigatsiya sputniklaridan ayrilib qolishlari mumkinligini tushunib yetishdi. O‘shanda ularning barcha raketa va samolyotlari harbiy kemalar bir zumda “ko‘r” bo‘lib qolishi mumkinligini anglashdi. Agar shunday bo‘lsa NATO qo‘shinlari qog‘oz topografik xaritalarini o‘rganishga majbur bo‘lishadi.“Sirkonning” ko‘rinmas parvozi2021 yilda suv usti va suv osti kemalaridan amalga oshirilgan "Sirkon" gipertovush raketasining barcha sinov parvozlari muvaffaqiyatli o‘tdi. Dengizdagi va qirg‘oqdagi barcha nishonlar 4 daqiqa ichida yakson qilindi. Tezligi 10 000 km/soat, parvoz uzoqligi 1000 km bo‘lgan ushbu raketa barcha mavjud havo mudofaasi tizimlari uchun ko‘rinmaydigan, tutilmaydigan (unstoppable) raketadir. Rossiya qurolli kuchlari ushbu raketani 2022-yilda olishadi. Xuddi shunday raketa majmuasining quruqlikda joylashgan modifikatsiyasi ham ishlab chiqilmoqda.“Sirkon”ning zarba berish quvvati unga yadroviy qurol bilan raqobat qilish imkonini beradi. Bunday raketaning bir donasi butun boshli aviatashuvchini yoki yirik quruqlik obyektini yo‘q qilishi mumkin. Bugungi kunda dunyoda uning muqobili yo‘q. Ushbu sohada AQSh Rossiyadan bir necha yil orqada qolgan. Ular ishlab chiqqan namunalar hozircha uchmaydi."Terminator" va "Armata" "hamkorlarni" g‘amgin qilmoqdaTanklarni qo‘llab-quvvatlash mashinasi (BMPT) "Terminator"larning dastlabki 9tasi noyabr oyida Markaziy harbiy okrugning 90-gvardiya tank diviziyasi ixtiyoriga topshiriladi va bu Pentagon va NATO uchun yaxshi xabar emas.Suriyada zamonaviy jangovar tajriba asosida T-72 tanki platformasida yaratilgan ko‘p maqsadli "Terminator" – harakatchan, yuqori himoyalangan zanjirli mashina bo‘lib u kuchli qshrollar bilan jihozlangan.U raqib tank va BMPlarini 6 km masofagacha yo‘q qilish, past uchuvchi samolyot, vertolot va uchuvchisiz apparatlariga zarba berish imkoniga ega. "Terminator" zamonaviy tanklarga qarshi 4ta raketadan iborat majmua - "Ataka-T", ikkita 30mmli avtomatik pushka 2A42, ikkita AG-17D granatomotlar va bitta 7,62-mmli pulemot bilan jihozlangan. Ekipaji 5 kishidan iborat.T-14 "Armata" tankini ishlab chiqarish ham yakuniy bosqichga yetgan i haqida Mudofaa vazirligi yaqinda xabar berdi. Rossiya yangi tanki jumladan Suriyada real jangovar sharoitlarda sinovdan o‘tgan va armiya ixtiyoriga 2022-yilda topshiriladi. Biroz oldin qurolli kuchlarga T-14 tankining 20ta sinov-sanoat namunalari yetkazib berilgan edi.Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, "Armata" ehtimoliy raqib tankiga nisbatan 30% samaraliroq va tirik qolish ehtimoli yuqoriroq bo‘lgan mashinadir. Uning 125mmli to‘pi barcha mavjud tank to‘plaridan ko‘ra kuchliroqdir, jumladan "Leoparda-2A6" tankining 120-millimetrli to‘pidan ham. “Armata” pushkasi bir daqiqada 12ta snarad otishi mumkin. Uning optik nishonga olish tizimi kunduzi 5km masofadagi tunda 3.5 km masofada raqibni nishonga olish imkonini beradi. 48 tonnali tank 90km tezlikda harakatlana oladi. Harakat manbai – 1500 ot kuchiga ega bo‘lgan dizel motor, uning resursi – 2000 soat.Ekipaj a’zolari (uch kishi) zarhlangan kapsula ichida joylashtirilgan. Bunlay kontruktiv yechim hatto snarad tank minorasiga snarad to‘g‘ridan-to‘g‘ri tekkan va tank o‘q-dorilari (40ta snarad) portlab ketgan taqdirda ham tankchilar hayotini saqlab qolish imkonin beradi. Kelajakda “Armata” masofadan turib boshqarish tizimiga ega bo‘ladi va mutlaq odam ishtirokisiz ishlaydigan robotlashtirilgan qurolga aylanadi. Rossiya armiyasiga umumiy hisobda 2300ta T-14 tanki kerak. Zamonaviy texnologiyalar “Armata”ni kamida XXI asr o‘rtalariga qadar Yer sharida muqobili yo‘q tank bo‘lib qolish imkonini beradi. Dunyoda"Oriona" va "Altius"ning uchuvchisiz yutuqlariRossiya qurolli kuchlari o‘z ixtiyorida 2000 dan ortiq uchuvchisiz apparatlarga ega va 2021-yilning oxiriga qadar Rossiya Mudofaa vazirligi yana 18ta zarba beruvchi dronga ega bo‘ladi.“Orion” – Rossiyaning birinchi razvedkachi va zarba beruvchi droni bo‘lib u elita toifaga kiruvchi apparatdir MALE (Medium-altitudelong-endurance). “Orion”ning uchish vazni 1 tonna, jangovar yuklamasi 200kg, tezligi 200 km/soatni tashkil qiladi. To‘xtovsiz uchish vaqti 24 soatdan ortiq. Ushbu apparat sputnik aloqa tizimi yordamida dunyoning istalgan nuqtasidan turib boshqarilishi mumkin. “Orion” yo‘naltiriluvchi bombalar, lazer yordamida nishonga oluvchi raketalar bilan jihozlanishi, tunu kun har qanday ob-havo sharoitida, (Saxara cho‘lidan Arktikagacha) zarba berishi mumkin. “Orion” Suriyada jangovar sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Bugungi kunda 15ta mamlakat uni xaridj qilish istagini bildirgan. O‘z toifasida dunyodagi eng ishonchli uchuvchisiz apparatlardan biri hisoblanadi. Sun’iy ong tizimini joriy etish “Orion” va uning safdoshlarini avtonom jangovar birlikka aylantiradi.Aytish joizki, “Orion” bu favqulodda muvaffaqiyat emas. DubaiAirshow 2021 ko‘rgazmasida Rossiya bir qator yirik o‘lchamli va samarali uchuvchisiz apparatlar – "Sirius", "Gelios-RLD", "Grom"larni taqdim etdi. O‘rta va yaqin muddatli kelajakda Rossiya o‘zining razvedka va zarba beruvchi dronlari bilan jahon qurol aslaha bozorining 10%ini egallab olishni niyat qilgan.Rossiyada “Orion” asosida yaratilgan katta o‘lchamli, uchish vazni 5 tonna bo‘lgan “Sirius” havoda to‘xtovsiz 40 soat bo‘lishi, 10 ming km masofa bosib o‘tishi mumkin. “Sirius” sputnik orqali boshqarish imkonini va boshqariluvchi uchar apparatlar bilan o‘zaro aloqaga qilish imkoniga ega bo‘lishi mumkin.Rossiyada yaratilgan og‘ir razvedka va zarba beruvchi uchuvchisiz apparat "Altius-RU", Amerikaning “o‘roqchi”sini (MQ-9 Reaper) jangovar yuklama, radarlarga payqalmaslik, uchish davomiyligi va hatto nishonga o‘t ochish tizimlari bo‘yicha yengib o‘tadi. Rossiya havo-kosmik kuchlari 2022-yilda 18ta keyinroq yana 50ta “Altius”larga ega bo‘ladi.Albatta ushbu qisqa hikoya Rossiya qurolli kuchlari qayta jihozlanayotgan barcha qurol-aslahalarni qamrab ola olmaydi. S-550 zenit raketa tizimi va “Peresvet” jangovar lazeri, Su-57 va “Oxotnik” zarba beruvchi uchuvchisiz apparati, ko‘p maqsadli submarinalar haqida biz keyinroq hikoya qilib beramiz.Harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenkoning telegram kanaliga obuna bo‘ling
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/08/1a/14847225_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_80eb9c69ab26d83b3e45e3e3006c5694.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
rossiya nato aqsh qurollar uchinchi jahon urushi
rossiya nato aqsh qurollar uchinchi jahon urushi
Uchinchi jahon urushini to‘xtatib turgan rus quroli
22:25 26.11.2021 (yangilandi: 18:35 05.04.2023) Rossiya yadroviy kuchlarning yuqori jangovar shayligi hamda yer, suv va havo va kosmik muhitda to‘xtatib turuvchi qurollari - g‘arblik "hamkorlar" tomonidan Uchinchi jahon urushi boshlanishini to‘xtatib turibdi.
TOShKENT, 26 noya - Sputnik. SSSR tarqalib ketganidan so‘ng 30-yil o‘tsa ham yanada yuqori texnologiyali, yadroviy raketalarga ega bo‘lgan Rossiya ehtimoliy tajovuzkorga nisbatan kuchliroq davlat sifatida saqlanib qolmoqda.
Rossiya armiyasining zamonaviy quroli ko‘p jihatdan o‘zining xorijiy analoglaridan ustun, Rossiya suverenitetining hamda Yevroosiyodagi osoyishtalikning ishonchli kafili bo‘lib qolmoqda.
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu 24-noyabr kuni bergan bayonotida aytilishiga ko‘ra, uch yil davomida Davlat dasturi asosida Rossiya qurolli kuchlari 20 mingdan ortiq qurol-aslaha namunalari, ikki millionga yaqin texnika birliklari olishgan. Jangovar robotlarning seriyali ishlab chiqish boshlangan. NATOning harbiy tayyorgarligini hisobga olgan holda, yadroviy kuchlarning yuqori jangovar shayligi hamda yer, suv va havo-kosmik muhitda to‘xtatib turuvchi yadroviy bo‘lmagan qurollar miqdorini oshirish – yaqin kelajakda Rossiya xavfsizligining ustuvorliklaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Yuqori texnologiyalari qurol-aslahalar sohasida Rossiyaning yetakchiligini ittifoqchilar ham, raqiblar ham tan olishadi. Rossiya raqobatdoshlariga nisbatan o‘z ustuvorligini oshirish yo‘li bilan “hamkorlar” tomonidan Uchinchi jahon urushini boshlash ehtimolini kamaytirmoqda.
Rossiyaning 2033-yilga qadar mo‘ljallangan yangi qayta qurollanish Davlat dasturi, gipertovush raketalar, yuqori quvvatli lazer va robototexnik majmualar kabi yuqori texnologiyalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan. Yaqin o‘n yillikda sun’iy ong sohasida 22 trillion rubl sarmoya kiritish rejalashtirilgan. Rossiya “Sirius” va “Poseydon” kabi avtonom harakatlanuvchi, mustaqil “fikrlovchi” tizimlar yaratishni maqsad qilgan.
Xarajatlar o‘zini-o‘zi qoplamoqda. Rossiya 2021-yilda 10 milliard dollarlik qurol-aslaha shartnomalar imzoladi va yaqin yillar ichida xalqaro bozorga 50ta yangi qurol-aslaha namunalari olib chiqishni niyat qilgan. Ular orasida aviatsiya texnikasi hamda havo-mudofaa tizimlari soni ko‘proq. Yuqori texnologiyalari ustuvorliklardan bir nechasini ko‘rib chiqamiz.
Plesesk kosmodromidan 25-noyabr kuni "Tundra" harbiy koinot yo‘ldoshi belgilangan orbitaga chiqarildi. Bu "Soyuzom-2.1B" kosmik kemasi yordamida 2021-yilda amalga oshirilgan beshinchi “harbiy” start bo‘ldi.
Zamonaviy "Tundra" koinot yo‘ldoshi yer va suv sathidan amalga oshirilgan kontenentlararo ballistik raketalar (KBR) uchirilishini aniqlashi, uchirilgan raketaning ballistik trayektoriyasini va nishonga olingan hududlarini belgilash imkoniga ega. 2022-yilda Rossiyaning “Tundra” tizimi 10ta sputnikdan iborat bo‘ladi. Uni boshqarish Serpuxov-15 nomli boshqaruv markazi orqali amalga oshiriladi.
Oldin ushbu vazifani “Oko” sputnik tizimi amalga oshirar edi. U faqat Amerika kontinentidan uchilirgan raketalarni aniqlash imkoniga ega edi.
Shu bilan bir vaqtda o‘ta uzoq masofaga zarba beruvchi mobil tizim havo mudofaa tizimi S-550 yaratilmoqda. U orbital va kosmik nishonlarni yo‘q qilishi mumkin. Jumladan amerikaning kontinentlararo raketalari va X-37 uchuvchisiz kosmik tashuvchilarni ham yo‘q qilishi mumkin.
15 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan sinovlarda S-550 ehtiyotkorona aniqlaik bilan 500km balandlikdagi "Kosmos-1408" - eski sovet sputnigini yo‘q qildi. Bu Pentagon va NATOdagilarni shokka tushirdi. Ular jazavagi tushib Rossiyani har xil narsalarda ayblay boshladi.
“Hamkorlar” kutilmaganda Rossiya belgilagan “qizil chiqizdan” o‘tgan taqdirda bir soniyada 32ta GPS navigatsiya sputniklaridan ayrilib qolishlari mumkinligini tushunib yetishdi. O‘shanda ularning barcha raketa va samolyotlari harbiy kemalar bir zumda “ko‘r” bo‘lib qolishi mumkinligini anglashdi. Agar shunday bo‘lsa NATO qo‘shinlari qog‘oz topografik xaritalarini o‘rganishga majbur bo‘lishadi.
“Sirkonning” ko‘rinmas parvozi
2021 yilda suv usti va suv osti kemalaridan amalga oshirilgan "Sirkon" gipertovush raketasining barcha sinov parvozlari muvaffaqiyatli o‘tdi. Dengizdagi va qirg‘oqdagi barcha nishonlar 4 daqiqa ichida yakson qilindi. Tezligi 10 000 km/soat, parvoz uzoqligi 1000 km bo‘lgan ushbu raketa barcha mavjud havo mudofaasi tizimlari uchun ko‘rinmaydigan, tutilmaydigan (unstoppable) raketadir. Rossiya qurolli kuchlari ushbu raketani 2022-yilda olishadi. Xuddi shunday raketa majmuasining quruqlikda joylashgan modifikatsiyasi ham ishlab chiqilmoqda.
“Sirkon”ning zarba berish quvvati unga yadroviy qurol bilan raqobat qilish imkonini beradi. Bunday raketaning bir donasi butun boshli aviatashuvchini yoki yirik quruqlik obyektini yo‘q qilishi mumkin. Bugungi kunda dunyoda uning muqobili yo‘q. Ushbu sohada AQSh Rossiyadan bir necha yil orqada qolgan. Ular ishlab chiqqan namunalar hozircha uchmaydi.
"Terminator" va "Armata" "hamkorlarni" g‘amgin qilmoqda
Tanklarni qo‘llab-quvvatlash mashinasi (BMPT) "Terminator"larning dastlabki 9tasi noyabr oyida Markaziy harbiy okrugning 90-gvardiya tank diviziyasi ixtiyoriga topshiriladi va bu Pentagon va NATO uchun yaxshi xabar emas.
Suriyada zamonaviy jangovar tajriba asosida T-72 tanki platformasida yaratilgan ko‘p maqsadli "Terminator" – harakatchan, yuqori himoyalangan zanjirli mashina bo‘lib u kuchli qshrollar bilan jihozlangan.
U raqib tank va BMPlarini 6 km masofagacha yo‘q qilish, past uchuvchi samolyot, vertolot va uchuvchisiz apparatlariga zarba berish imkoniga ega. "Terminator" zamonaviy tanklarga qarshi 4ta raketadan iborat majmua - "Ataka-T", ikkita 30mmli avtomatik pushka 2A42, ikkita AG-17D granatomotlar va bitta 7,62-mmli pulemot bilan jihozlangan. Ekipaji 5 kishidan iborat.
T-14 "Armata" tankini ishlab chiqarish ham yakuniy bosqichga yetgan i haqida Mudofaa vazirligi yaqinda xabar berdi. Rossiya yangi tanki jumladan Suriyada real jangovar sharoitlarda sinovdan o‘tgan va armiya ixtiyoriga 2022-yilda topshiriladi. Biroz oldin qurolli kuchlarga T-14 tankining 20ta sinov-sanoat namunalari yetkazib berilgan edi.
Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, "Armata" ehtimoliy raqib tankiga nisbatan 30% samaraliroq va tirik qolish ehtimoli yuqoriroq bo‘lgan mashinadir. Uning 125mmli to‘pi barcha mavjud tank to‘plaridan ko‘ra kuchliroqdir, jumladan "Leoparda-2A6" tankining 120-millimetrli to‘pidan ham. “Armata” pushkasi bir daqiqada 12ta snarad otishi mumkin. Uning optik nishonga olish tizimi kunduzi 5km masofadagi tunda 3.5 km masofada raqibni nishonga olish imkonini beradi. 48 tonnali tank 90km tezlikda harakatlana oladi. Harakat manbai – 1500 ot kuchiga ega bo‘lgan dizel motor, uning resursi – 2000 soat.
Ekipaj a’zolari (uch kishi) zarhlangan kapsula ichida joylashtirilgan. Bunlay kontruktiv yechim hatto snarad tank minorasiga snarad to‘g‘ridan-to‘g‘ri tekkan va tank o‘q-dorilari (40ta snarad) portlab ketgan taqdirda ham tankchilar hayotini saqlab qolish imkonin beradi. Kelajakda “Armata” masofadan turib boshqarish tizimiga ega bo‘ladi va mutlaq odam ishtirokisiz ishlaydigan robotlashtirilgan qurolga aylanadi. Rossiya armiyasiga umumiy hisobda 2300ta T-14 tanki kerak. Zamonaviy texnologiyalar “Armata”ni kamida XXI asr o‘rtalariga qadar Yer sharida muqobili yo‘q tank bo‘lib qolish imkonini beradi. Dunyoda
"Oriona" va "Altius"ning uchuvchisiz yutuqlari
Rossiya qurolli kuchlari o‘z ixtiyorida 2000 dan ortiq uchuvchisiz apparatlarga ega va 2021-yilning oxiriga qadar Rossiya Mudofaa vazirligi yana 18ta zarba beruvchi dronga ega bo‘ladi.
“Orion” – Rossiyaning birinchi razvedkachi va zarba beruvchi droni bo‘lib u elita toifaga kiruvchi apparatdir MALE (Medium-altitudelong-endurance). “Orion”ning uchish vazni 1 tonna, jangovar yuklamasi 200kg, tezligi 200 km/soatni tashkil qiladi. To‘xtovsiz uchish vaqti 24 soatdan ortiq. Ushbu apparat sputnik aloqa tizimi yordamida dunyoning istalgan nuqtasidan turib boshqarilishi mumkin. “Orion” yo‘naltiriluvchi bombalar, lazer yordamida nishonga oluvchi raketalar bilan jihozlanishi, tunu kun har qanday ob-havo sharoitida, (Saxara cho‘lidan Arktikagacha) zarba berishi mumkin. “Orion” Suriyada jangovar sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Bugungi kunda 15ta mamlakat uni xaridj qilish istagini bildirgan. O‘z toifasida dunyodagi eng ishonchli uchuvchisiz apparatlardan biri hisoblanadi. Sun’iy ong tizimini joriy etish “Orion” va uning safdoshlarini avtonom jangovar birlikka aylantiradi.
Aytish joizki, “Orion” bu favqulodda muvaffaqiyat emas. DubaiAirshow 2021 ko‘rgazmasida Rossiya bir qator yirik o‘lchamli va samarali uchuvchisiz apparatlar – "Sirius", "Gelios-RLD", "Grom"larni taqdim etdi. O‘rta va yaqin muddatli kelajakda Rossiya o‘zining razvedka va zarba beruvchi dronlari bilan jahon qurol aslaha bozorining 10%ini egallab olishni niyat qilgan.
Rossiyada “Orion” asosida yaratilgan katta o‘lchamli, uchish vazni 5 tonna bo‘lgan “Sirius” havoda to‘xtovsiz 40 soat bo‘lishi, 10 ming km masofa bosib o‘tishi mumkin. “Sirius” sputnik orqali boshqarish imkonini va boshqariluvchi uchar apparatlar bilan o‘zaro aloqaga qilish imkoniga ega bo‘lishi mumkin.
Rossiyada yaratilgan og‘ir razvedka va zarba beruvchi uchuvchisiz apparat "Altius-RU", Amerikaning “o‘roqchi”sini (MQ-9 Reaper) jangovar yuklama, radarlarga payqalmaslik, uchish davomiyligi va hatto nishonga o‘t ochish tizimlari bo‘yicha yengib o‘tadi. Rossiya havo-kosmik kuchlari 2022-yilda 18ta keyinroq yana 50ta “Altius”larga ega bo‘ladi.
Albatta ushbu qisqa hikoya Rossiya qurolli kuchlari qayta jihozlanayotgan barcha qurol-aslahalarni qamrab ola olmaydi. S-550 zenit raketa tizimi va “Peresvet” jangovar lazeri, Su-57 va “Oxotnik” zarba beruvchi uchuvchisiz apparati, ko‘p maqsadli submarinalar haqida biz keyinroq hikoya qilib beramiz.
Harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenkoning telegram kanaliga obuna bo‘ling