Toshkentda “Sputnik Layt” bilan emlash boshlandi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishRossiyskiy preparat "Sputnik Layt" ot koronavirusnoy infeksii
Rossiyskiy preparat Sputnik Layt ot koronavirusnoy infeksii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.11.2021
Obuna bo‘lish
Ma’lum qilinishicha, “Sputnik Layt” bilan ham buster vaksina sifatida, ham birinchi marta emlanish mumkin.
TOShKENT, 26 noya – Sputnik. Toshkent shahrida koronavirusga qarshi “Sputnik Layt” vaksinasi bilan emlash boshlandi. Bu haqda Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi ma’lum qildi.
Sputnik muxbiri bu borasida batafsil ma’lumot olish uchun shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan bog‘landi.
Ma’lum qilinishicha, “Sputnik Layt” bilan ham buster vaksina sifatida, ham birinchi marta emlanish mumkin.
Vaksinani shaharda yashovchi har bir fuqaro olishi mumkin. Buning uchun vaksina bo‘lgan poliklinikaga pasport bilan kelish kifoya. Vaksina qaysi qayerda borligini yashash joyidagi markaziy poliklinikada bilib olish mumkin.
Sputnik ma’lumotlariga ko‘ra, hozir “Sputnik Layt” bilan Olmazor va Mirobod tumanlaridagi poliklinikalarda emlanish mumkin.
Avvalroq Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev mamlakat “Sputnik Layt” vaksinasini aholini emlash uchun qulay va foydali deb bilishi va undan foydalanish niyati borligini ma’lum qilgan edi.
Effektivnost Sputnika Layt priznal nezavisimiy jurnal The Lancet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2021
Dunyo mutaxassislari "Sputnik Layt"ning samaradorligini tan oldi - video
Rossiyaning bir komponentli “Sputnik Layt” vaksinasi ham mustaqil, ham qo‘shimcha vaksina sifatida qo‘llanilganda samarador hisoblanadi. U hozircha 20 ga yaqin mamlakatlarda ro‘yxatdan o‘tgan. Yana 30 ta davlatda ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlari amalga oshirilmoqda. Nufuzli The Lancet bu vaksinaning yuqori samaradorligi haqida maqola chop qilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 17-noyabrdan boshlab to‘liq emlangan fuqarolarni buster (qo‘shimcha) doza bilan ixtiyoriy emlash boshlangan edi.
Yangiliklar lentasi
0