https://oz.sputniknews.uz/20211126/qirgizistonda-hokimiyatni-zorlik-bilan-egallab-olishning-oldi-olindi-21535947.html
Qirg‘izistonda hokimiyatni zo‘rlik bilan egallab olishning oldi olindi
Qirg‘izistonda hokimiyatni zo‘rlik bilan egallab olishning oldi olindi
Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi mamlakatda hokimiyatni zo‘rlik bilan egallashni rejalashtirgan bir guruh shaxslarni qo‘lga oldi.
2021-11-26T13:47+0500
2021-11-26T13:47+0500
2021-11-26T13:47+0500
dunyoda
qirg‘iziston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0a/06/15124580_0:229:2829:1820_1920x0_80_0_0_06e791fae3b1b161a10cc33e7c868eb6.jpg
TOShKENT, 26 noya – Sputnik. Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi mamlakatda hokimiyatni zo‘rlik bilan egallashni rejalashtirgan bir guruh shaxslarni qo‘lga oldi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qilmoqda.Ma’lum qilinishicha, guruh bo‘lajak parlament saylovlari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha olib borilgan tezkor tadbirda aniqlangan.Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, qo‘lga olinganlar saylovdan so‘ng mamlakatda tartibsizlikni keltirib chiqaruvchi namoyishlarni uyushtirish va shundan so‘ng hokimiyatni zo‘rlik bilan egallashni mo‘ljallashgan.Qayd etilishicha, guruh mingga yaqin tajovuzkor yoshlarni ommaviy norozilik namoyishi tashkil qilish uchun jalb qilgan. Ular bilan davlat tuzilmalariga qarshi mafkuraviy munosabatda bo‘lishga qaratilgan uchrashuvlar o‘tkazgan. Qolaversa, ommaviy tartibsizliklarni keltirib chiqarish rejasini muhokama qilgan hamda hokimiyatni zo‘rlik bilan egallab olishga undagan.Guruh orasida Jokorgu Kenesh deputatlari va sobiq yuqori martabali amaldorlar ham borligi aytilmoqda.Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 38 va 309-moddalari (hokimiyatni zo‘rlik bilan egallab olishga tayyorgarlik ko‘rish) bilan sudgacha ish qo‘zg‘atilgan. Bosh prokuratura idoralararo tergov guruhini tuzgan.Qirg‘izistonda parlament saylovlari joriy yil 28-noyabr kuniga belgilangan. O‘tgan yilgi parlament saylovlari mamlakatda tartibsizliklarni keltirib chiqargan edi. Natija MSK saylov natijalarini bekor qilgan, prezident Sooronbay Jeenbekov esa iste’foga chiqishga majbur bo‘lgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20211005/japarov-qirgizistondagi-oktyabr-voqealariga-nima-sabab-bolganini-aytdi-20771541.html
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0a/06/15124580_49:0:2780:2048_1920x0_80_0_0_6bd5fbb8a8c8e357f68efecf18e59f48.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qirg‘iziston hokimiyatni zo‘rlik bilan egallab olish qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi
qirg‘iziston hokimiyatni zo‘rlik bilan egallab olish qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi
Qirg‘izistonda hokimiyatni zo‘rlik bilan egallab olishning oldi olindi
Qo‘lga olinganlar orasida Jokorgu Kenesh deputatlari va sobiq yuqori martabali amaldorlar ham borligi aytilmoqda.
TOShKENT, 26 noya – Sputnik. Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi mamlakatda hokimiyatni zo‘rlik bilan egallashni rejalashtirgan bir guruh shaxslarni qo‘lga oldi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston
xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, guruh bo‘lajak parlament saylovlari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha olib borilgan tezkor tadbirda aniqlangan.
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, qo‘lga olinganlar saylovdan so‘ng mamlakatda tartibsizlikni keltirib chiqaruvchi namoyishlarni uyushtirish va shundan so‘ng hokimiyatni zo‘rlik bilan egallashni mo‘ljallashgan.
Qayd etilishicha, guruh mingga yaqin tajovuzkor yoshlarni ommaviy norozilik namoyishi tashkil qilish uchun jalb qilgan. Ular bilan davlat tuzilmalariga qarshi mafkuraviy munosabatda bo‘lishga qaratilgan uchrashuvlar o‘tkazgan. Qolaversa, ommaviy tartibsizliklarni keltirib chiqarish rejasini muhokama qilgan hamda hokimiyatni zo‘rlik bilan egallab olishga undagan.
Guruh orasida Jokorgu Kenesh deputatlari va sobiq yuqori martabali amaldorlar ham borligi aytilmoqda.
Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 38 va 309-moddalari (hokimiyatni zo‘rlik bilan egallab olishga tayyorgarlik ko‘rish) bilan sudgacha ish qo‘zg‘atilgan. Bosh prokuratura idoralararo tergov guruhini tuzgan.
Qirg‘izistonda parlament saylovlari joriy yil 28-noyabr kuniga belgilangan. O‘tgan yilgi parlament saylovlari mamlakatda tartibsizliklarni
keltirib chiqargan edi. Natija MSK saylov natijalarini
bekor qilgan, prezident Sooronbay Jeenbekov esa iste’foga chiqishga
majbur bo‘lgan edi.