Mirziyoyev Ashxoboddagi sammitda ishtirok etadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev na VIII sammite Turkskogo soveta v Stambule
Shavkat Mirziyoyev na  VIII sammite Turkskogo soveta v Stambule - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.11.2021
Obuna bo‘lish
Prezident Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok uchun Turkmanistonga boradi.
TOShKENT, 26 noya – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev turkmanistonlik hamkasbi Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 28-noyabr kuni Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) o‘n beshinchi sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Ashxobod shahrida bo‘ladi.
Tadbir kun tartibiga muvofiq, tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama sheriklikni yanada kengaytirish, eng avvalo savdo munosabatlarini rivojlantirish, mintaqaning tranzit salohiyatini oshirish, “yashil” iqtisodiyotni ilgari surish va innovatsiyalarni joriy qilish masalalari ko‘rib chiqiladi. Sammitning yakuniy hujjatini qabul qilish ko‘zda tutilgan.
Ta’kidlanishicha, Turkmanistonga tashrif dasturi doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.
IHT mintaqaviy ko‘p tomonlama tuzilma bo‘lib, mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi yaqin savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida 1985-yilda tashkil etilgan.
Vozobnovlyayetsya rabota dvux KPP na granitse s Turkmenistanom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2021
Turkmaniston bilan chegaradagi 2 ta o‘tkazish punkti ishi qayta tiklanmoqda
Bugungi kunda tashkilotga O‘zbekiston, Turkiya, Eron, Pokiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston a’zo. Mamlakat IHTga 1992-yilda qo‘shilgan.
Yangiliklar lentasi
0