Dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘ladi
© Sputnik / Maksim Blinov
/ Obuna bo‘lish
Ushbu hafta dam olish kunlari O‘zbekistonda quyoshli havo bo‘lishi kutilmoqda. Shanba kuni o‘rtacha harorat +12 daraja bo‘lsya yakshanba kuni u +14 daradaga ko‘tarilishi mumkin.
TOShKENT, 26 noya - Sputnik. Kelayotgan dam olish kunlari 27 - 28-noyabrda O‘zbekistonda quyoshli havo bo‘lishi kutilmoqda. Yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
Xususan, shanba va yakshanba kunlari:
Nukus va Urganchda havo harorati +2...+7 daraja bo‘lishi kutilmoqda. Yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati +10...+15 daraja issiq bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida shanba kuni havo harorati +8...+13 daraja issiq bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yakshanba kuni harorat +11...+13 darajaga ko‘tariladi.
Toshkent shahri va viloyatida havo harorati +10...+12 va +11...+13 daraja issiq bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo bulutli bo‘ladi. Yakshanba kuni harorat +11...+13 darajaga ko‘tariladi.
Farg‘ona. Andijon va Namangan viloyatlarida havo harorati +7...+11 daraja issiq bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yakshanba kuni harorat +8...+13 darajaga ko‘tariladi.
Respublikaning tog‘li hududlarda havo o‘zgarib, yomg‘ir, qor yog‘ish ehtimoli saqlanib qoladi.