Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Xalqaro banklar O‘zbekiston energetika tizimiga $ 4,7 mlrd sarmoya kiritdi

© Sputnik / A. Volkov / Mediabankka o‘tishCharvakskaya GES v Uzbekistane
Charvakskaya GES v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2021
Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyo hududida suv eneregetika tizimiga ko‘p tomonli banklar investitsiyalari miqdori bo‘yicha O‘zbekiston birinchi o‘rinda.
TOShKENT, 25 noya – Sputnik. Ko‘p tomonli rivojlanish banklari (xalqaro banklar) O‘zbekiston eneregetika tizimiga $4,7 mlrd. sarmoya kiritdi. Bu Markaziy Osiyo bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatgich. Yevroosiyo rivojlanish banki hisobotiga ko‘ra, KTRBlarning 46,3% investitsiyalari hududning suv-energetika majmuasiga (SEM) to‘g‘ri kelmoqda.
YeOTB tahlilchilari Markaziy Osiyoning besh respublikasi - O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonda suv energetika tizimining holatini tahlil qilib chiqishdi. Tahlillar natijalariga ko‘ra, sohani rivojlantirish bo‘yicha bank o‘z tavsiyalarini berdi. Batafsil Sputnikmaqolasida tanishing.

Energetik inqiroz sabablari

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, hududning suv-energetika tizimidagi muammolarning asosiy sababi – uning boshidan yagona tizim sifatida qurilgani va shunday ishlagani. Hudud ichida elektr energiyasini o‘zaro to‘ldirish va taqsimlash mexanizmi ishlagan.
Lekin SSSR tarqalib ketganidan so‘ng yagona energetika tizim yo‘qoldi. Natijada elektr energiyasi ishlab chiqauvchi davlatlar qish vaqtida suv omborlaridan ko‘proq suv chiqara boshladi. Shunday yo‘l bilan ular elektr energiyasiga o‘sib borayotgan talabni qondirishga uringan.
Buning oqibatida esa hatto yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgan yillarda ham suv omborlarida suv tanqisligi yuzaga kela boshladi. Aholi soni oshishi va sanoat rivojlanishi oqibatida energotizimlarda avariya holatlari ko‘paydi.
Yagona energetika majmuasining buzilishgi moliyaviy yo‘qotishlarga ham olib keldi. YeOTB baholashiga ko‘ra hudud har yili 4,5 mlrd. $ zarar ko‘rmoqda yoki daromadini yo‘qotmoqda.
Mustaqillik yillarida hudud davlatlari o‘zlarining elektr ishlab chiqaruvchi korxonalarini faol qurishni yoki zamonaviylashtirishni boshladi.
“So‘nggi yigirma yil ichida energetika tizimlari o‘zini o‘zi ta’minlashga qaratilgan maqsadga deyarli erishilgan. Natijada Markaziy Osiyo davlatlarning qo‘shma energetika quvvatlari 42,2 GVtdan (1992) 53,8 GVtgacha (2020) oshdi”, - deyilgan hisobotda.

Suv energetika tizimiga sarmoyalar

Barcha davlatlarda energetika sektori bilan bog‘liq milliy dasturlar rivojlanmoqda. Ularda asosiy rolda davlat ishtirok etmoqda.
YeOTB ma’lumotlariga ko‘ra, suv-energetika tizimiga eng ko‘p sarmoya kiritgan davlat bu Qozog‘iston ($2,783 mlrd. yoki YaIMning 1,6%) va O‘zbekiston ($1,377 mlrd yoki YaIMning 2,4%). Tojikiston SEMga $507 mln, Qirg‘iziston esa – $89 mln. sarmoya kiritgan.
Markaziy Osiyoda suv energetika tizimi xususiy investorlar orasida ommaviy emas. Shu sababli ko‘p tomonlama moliya tashkilotlari muhim sarmoya manbai bo‘lib qolmoqda. Maslalan Jahon banki, OTB va YeOTB. Xalqaro banklar sarmoyalari soni bo‘yicha yetakchi – O‘zbekiston. Barcha sarmoyalarning 46,3% yokim $4,7 mlrd. uning hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.
Ayni damda hududda umumiy qiymati $10,2 mlrd. bo‘lgan 104 loyiha amalga oshirilmqda.
YeOTB prognoziga ko‘ra, energetika sohasida rejalashtirilgan barcha loyihalar amalga oshsa, yaqin o‘n yillikda elektro energiya defitsiti sodir bo‘lmaydi.

Prognozlar

Yaqin yillarda SEMning asosiy muammosi suv manbaalarining tanqisligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Hududdagi har bir davlat tomonidan suv iste’moli 1960-yillardan buyon oshib bormoqda. Bunga sabab aholi soni, sanoat va qishloq xo‘jaligining o‘sishi. Shu sababli Markaziy Osiyo davlatlari uchun ayni damda chegaralar orqali oqib o‘tayotgan suv manbaalaridan foydalanish bo‘yicha kelishib olish juda muhim.
YeOTB tahlilchilari suv siyosati hududda iqtisodiy integratsiyaning amal qiluvchi faktoriga aylanishi mumkinligini xabar qilishmoqda. Davlatlarning o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalari mustahkamlanishi chegaralar orqali o‘tgan suv manbaalaridan foydalanish muammosini hal qilishi kerak.
Markaziy Osiyo davlatlari hududiy elektr energiyasi bozorini tashkil qilishda zamonaviy yondashuvlarni topishlari kerak. Bunday yondashuvlar suv va elektrga bo‘lgan ehtiyojlarni eng ekologik va ekonomik uslublar bilan qondirishi kerak. Buning uchun esa elektr energiyasi tariflariga narx qo‘yishda umumiy yondashuv hamda raqamlashtirishni rivojlantirisho‘ kerak.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston energetika sohasini zamonaviylashtirish tomon yo‘nalish olgan. Xususan 2025-yilda Respublikada umumiy quvvati 7331 MVt qo‘shimcha 18ta elektr stansiya ishga tushiriladi. Birinchi quyosh elektr stansiyasi Navoiy viloyatida allaqachon ishga tushgan. Taqsimlovchi elektr stansiyalar ham zamonaviylashtiriladi va yangillari quriladi.
Kelgusi yilda hududda birinchi atom elektr stansiyasi uchun ikki energoblok qurilishi boshlanadi. Rossiya tomonidan loyihada “Rosatom” davlat korporatsiyasi ishtirok etadi.
Yangiliklar lentasi
0