https://oz.sputniknews.uz/20211125/pandemiya-va-iqtisod-orasidagi-bogliqlik-susaymoqda--eotb-21523169.html
Pandemiya va iqtisod orasidagi bog‘liqlik susaymoqda – YeOTB
Pandemiya va iqtisod orasidagi bog‘liqlik susaymoqda – YeOTB
Sputnik O‘zbekiston
Yevroosiyo taraqqiyot banki COVID-19 to‘lqinlari va iqtisodiy vaziyat orasidagi bog‘liqlikni tahlil qildi.
2021-11-25T17:25+0500
2021-11-25T17:25+0500
2021-11-25T17:31+0500
analitika
covid-19 umumjahon pandemiyasi
o‘zbekiston va yeoii
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/13/18801950_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_14e1d8e807d73c906ca5199222cb60a4.jpg
TOShKENT, 25 noya – Sputnik. Bugungi kunda pandemiya to‘liqnlari dunyodagi iqtisodiy vaziyatga o‘tgan yilga nisbatan kam ta’sir qilmoqda. Yevroosiyo taraqqiyot banki ekspertlari ana shunday xulosaga kelishdi. O‘z xulosalarini ular “Qayta tiklanishdan barqaror o‘sishgacha” deb nomlangan hisobotda joylashtirishdi.Tahlil uchun ekspertlar 2021-yilning noyabr oyi statistik ma’lumotlaridan foydalanishdi. Mutaxassislar koronavirus pandemiyasi to‘lqinlaridan bir nechasini o‘rganib chiqishdi va butun dunyo bo‘ylab kasalliklar soni hamdi iqtisodiy faollik orasidagi bog‘liqlikni payqashga urinishdi.“Pandemiyaning dastlabki to‘lqinlari boshlanish vaqti deyarli barcha mamlakatlar uchun bir xil bo‘lgani sababli, uning iqtisodiy oqibatlari ham davlatlarning o‘zaro iqtisodiy aloqalari darajasiga bog‘liq bo‘lgan. Undan tashqari pandemiya boshi keskin, aksariyat hollarda oldini olishga qaratilgan choralar vaqti bo‘ldi. Ular vaqtda kasallanish holatlari va iqtisodiy faollik orasidagi aloqalarni ham buzib ko‘rsatardi”, - deydi ekspertlar.Pandemiyaning ikkinchi to‘lqini darida dunyoning aksariyat iqtisodlari sekinlashdi, lekin to‘xtab qolmadi. Shu bilan birga kasallar soni va iqtisodiy faollik orasida bog‘liqlik kuzatildi.Uchinchi to‘lqin esa iqtisodga kuchli ta’sir qilmadi. Buning sabablari turlicha bo‘lishi mumkin: samarlirok epidemiologik choralar qabul qilish, aholi va biznesnining moslashuvi, shuningdek iqtisod tarkibining o‘zgarishi.YeOTB tahlilchilari xulosasiga ko‘ra, butun dunyoda vaksinatsiya bo‘yicha kampaniyaning boshlanishi juda muhim omildir.Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, kasallik to‘lqinlari va iqtisodiy faolllik dinamikasi orasidagi bog‘liqlikning susayishi iqtisodiy tahlil va prognozlar uchun juda muhimdir. Shunday bo‘lsa-da, mutaxassislar faqat qisqa davr ichidagi voqealarni o‘rganishganini va pandemiyaning iqtisod uchun uzoq muddatli ta’siri hozircha noma’lum ekanini aytishmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/13/18801950_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_fa059cf2c9949421a13540b3bd116acd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yevroosiyo taraqqiyot banki covid-19 pandemiya iqtisod tahlil yeotb
yevroosiyo taraqqiyot banki covid-19 pandemiya iqtisod tahlil yeotb
Pandemiya va iqtisod orasidagi bog‘liqlik susaymoqda – YeOTB
17:25 25.11.2021 (yangilandi: 17:31 25.11.2021) Yevroosiyo taraqqiyot banki COVID-19 to‘lqinlari va iqtisodiy vaziyat orasidagi bog‘liqlikni tahlil qildi.
TOShKENT, 25 noya – Sputnik. Bugungi kunda pandemiya to‘liqnlari dunyodagi iqtisodiy vaziyatga o‘tgan yilga nisbatan kam ta’sir qilmoqda. Yevroosiyo taraqqiyot banki ekspertlari ana shunday xulosaga kelishdi. O‘z xulosalarini ular “Qayta tiklanishdan barqaror o‘sishgacha” deb nomlangan hisobotda joylashtirishdi.
Tahlil uchun ekspertlar 2021-yilning noyabr oyi statistik ma’lumotlaridan foydalanishdi. Mutaxassislar koronavirus pandemiyasi to‘lqinlaridan bir nechasini o‘rganib chiqishdi va butun dunyo bo‘ylab kasalliklar soni hamdi iqtisodiy faollik orasidagi bog‘liqlikni payqashga urinishdi.
Bank ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yil boshidan boshlab aksariyat davlatlar koronavirusning 3-4 to‘lqinini boshidan kechirgan. Kasallikning birinchi to‘lqinlari davridan butun dunyo bo‘ylab iqtisodning keskin kamayishi kuzatilgan, lekin unda iqtisodiy inqiroz ko‘lami epidemiya to‘lqini kuchiga bog‘liqligi kuzatilmagan.
“Pandemiyaning dastlabki to‘lqinlari boshlanish vaqti deyarli barcha mamlakatlar uchun bir xil bo‘lgani sababli, uning iqtisodiy oqibatlari ham davlatlarning o‘zaro iqtisodiy aloqalari darajasiga bog‘liq bo‘lgan. Undan tashqari pandemiya boshi keskin, aksariyat hollarda oldini olishga qaratilgan choralar vaqti bo‘ldi. Ular vaqtda kasallanish holatlari va iqtisodiy faollik orasidagi aloqalarni ham buzib ko‘rsatardi”, - deydi ekspertlar.
Pandemiyaning ikkinchi to‘lqini darida dunyoning aksariyat iqtisodlari sekinlashdi, lekin to‘xtab qolmadi. Shu bilan birga kasallar soni va iqtisodiy faollik orasida bog‘liqlik kuzatildi.
Uchinchi to‘lqin esa iqtisodga kuchli ta’sir qilmadi. Buning sabablari turlicha bo‘lishi mumkin: samarlirok epidemiologik choralar qabul qilish, aholi va biznesnining moslashuvi, shuningdek iqtisod tarkibining o‘zgarishi.
YeOTB tahlilchilari xulosasiga ko‘ra, butun dunyoda vaksinatsiya bo‘yicha kampaniyaning boshlanishi juda muhim omildir.
“Izlanish yakunida olingan asosiy xulosa shundan iboratki, pandemiya davomida epidemiya to‘lqinlari va iqtisodiy faollik dinamikasi orasida bog‘liqlik kamayib borgan”,- deyilgan hisobotda.
Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, kasallik to‘lqinlari va iqtisodiy faolllik dinamikasi orasidagi bog‘liqlikning susayishi iqtisodiy tahlil va prognozlar uchun juda muhimdir. Shunday bo‘lsa-da, mutaxassislar faqat qisqa davr ichidagi voqealarni o‘rganishganini va pandemiyaning iqtisod uchun uzoq muddatli ta’siri hozircha noma’lum ekanini aytishmoqda.