O‘zbekistonda yana 115ta kichik sanoat zonasi ochiladi - ro‘yxat

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSex po proizvodstvu schetchikov
Sex po proizvodstvu schetchikov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2021
Obuna bo‘lish
Hududlarda 115ta kichik sanoat zona tashkil qilinadi.
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. “Hududlarda kichik sanoat zonalarini tashkil qilish va ularni muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi tayyorlandi.
Uchastok obrabotki bumag v sexe po proizvodstvu zashishennix bumag, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2021
Rossiya korxonasi O‘zbekiston qog‘oz sanoatiga $ 42 mln sarmoya kiritdi
Hududlarda 115ta kichik sanoat zona tashkil qilinadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi (5ta), Buxoro viloyati (10ta), Qashqadaryo viloyati (2ta), Navoiy viloyati (3ta), Namangan (2ta), Samarqand viloyati (70ta), Sirdaryo viloyati (1ta), Toshkent viloyati (12ta), Farg‘ona viloyati (4 ta), Jizzax viloyati (2 ta), Xorazm viloyati (4ta). Yer maydoni 829,49 gektar.
Yangi tashkil etiladigan sanoat zonalarida yo‘l transport muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari (avtomobil yo‘l, ichimlik suv, kanalizatsiya tarmog‘i, elektr energiya, tabiiy gaz, aloqa tarmog‘i) bilan ta’minlanadi. Talab etiladigan mablag‘ 349 798,4 mln so‘m.
Hududlarda mavjud kichik sanoat zonalari ham yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minladi, buning uchun 276 006,0 mln so‘m mablag‘ ajratiladi.
Kelgusi yilda O‘zbekiston konsolidatsiyalashgan budjetining jamlanma parametrlarida maxsus iqtisodiy, kichik sanoat hamda Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlash ishlariga 2,0 trln so‘mlik harajatlar ko‘zda tutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0