O‘zbekistonda arzon chiptali hududiy aviakompaniya tashkil qilindi

© www.uzairways.comSamolet uzbekskix avialiniy
Samolet uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2021
Obuna bo‘lish
Yangi aviakompaniya O‘zbekistonda shaharlararo parvozlarni yo‘lga qo‘yadi va uning chiptalari narxi temir yo‘l biletiga teng bo‘ladi.
TOShKENT, 25 noya - Sputnik. O‘zbekiston transport vazirligi tashabbusi bilan Uzbekistan Airports sho‘’ba korxona – Silk Avia hududiy aviakompaniyasini tashkil qilmoqda. Kompaniya o‘z parvozlarini kelgusi yilda boshlaydi, deb xabar qilmoqda AJ matbuot xizmati.

Silk Avia aviakompaniyasi ushbu yilning sentabr oyida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Aytish joizki, Silk Avia o‘ini milliy aviatashuvchi Uzbekistan Airwaysning raqibi sifatida taqdim etmayapti, u faqatgina ichki parvozlarni tashkil qiluvchi hamkor sifatida ishtirok etmoqda, - deyilgan xabarda.

Hududiy aviakompaniya tashkil qilish O‘zbekistonda biznes faollikni qo‘llab-quvvatlash, ichki turizmni rivojlantirish uchun sharoit yaratish yo‘lida muhim qadamdir. Yangi kompaniya tashkil etish natijasida aholining aviatsion harakatchanligi oshadi, fuqaro boshiga to‘g‘ri kelayotgan parvozlar soni oshadi.
“Biz bozorda aholini arzon narxlarda ichki parvozlar bilan ta’minlaydigan aviakompaniya tashkil qilishni maqsad qilgan edik. Yaqin vaqtgacha O‘zbekiston shaharlarini bir-biri bilan bog‘laydigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar yo‘qligi katta muammo bo‘layotgandi. Masalan, Samarqanddan Xorazmga borish uchun Toshkent orqali uchishga to‘g‘ri kelayotgan edi.
Bizning vazifamiz ichki parvozlarni nafaqat poytaxtdan viloyatlarga (point to hub) tamoyili asosida tashkil qilish, balkim viloyatlar orasida ham (point to point) tashkil qilishdir.

Biz 70-ga yaqin yo‘lovchi tashish imkoniga ega bo‘lgan samolyotlar yordamida hududlarda 40ga yaqin yo‘nalishlarni rivojlantirishni rejalashtirganmiz. Bunda chiptalar narxi temiryo‘l biletiga teng bo‘ladi. Bu ichki turizmni rivojlantirish uchun ham ijobiy ta’sir qiladi”, - deydi Uzbekistan Airports boshqaruv raisi Rano Jo‘rayeva.

Yangi aviakompaniyasi hududiy aeroportlarni rivojlantirish uchun ham kerak. Shu sababli birinchi bosqichda uni Uzbekistan Airports boshqaruv kompaniyasi tashkil qilmoqda. Kelajakda aviakompaniya xususiy sektorga topshiriladi.
Dubayda 14-18 noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan Dubai Airshow-2021 ko‘rgazmasi doirasida Uzbekistan Airports va HAS Aviation GT LLC kompaniyalari hududiy aviakompaniyaning Strategiyasini ishlab chiqish haqida shartnoma imzolashdi.
Yangiliklar lentasi
0