https://oz.sputniknews.uz/20211125/aholiga-qoshimcha-ravishda-150-ming-tonna-komir-etkazib-beriladi-21526391.html
Aholiga qo‘shimcha ravishda 150 ming tonna ko‘mir yetkazib beriladi
Aholiga qo‘shimcha ravishda 150 ming tonna ko‘mir yetkazib beriladi
Sputnik O‘zbekiston
Aholiga qo‘shimcha ravishda 150 ming tonna ko‘mir yetkazib beriladi.
2021-11-25T19:46+0500
2021-11-25T19:46+0500
2021-11-25T20:06+0500
jamiyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/52/77/527719_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_d2ac394686945232c7c0358ce03bf57f.jpg
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Aholiga qo‘shimcha ravishda 150 ming tonna ko‘mir yetkazib beriladi, deb xabar qildi Energetika vazirligi matbuot xizmati.“O‘zbekko‘mir” AJ 2021-2022 yillar kuz-qish masuvmi uchun respublika budjet tashkilotlariga 450 ming tonna, aholi iste’molchilari uchun 705 ming tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berish rejalashtirilgan.Joriy yil 9 oyi yakunlariga ko‘ra kon ustini ochish ishlari 22,4 mln kubometrni tashkil etdi yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 barobarga oshdi. Ko‘mir qazib chiqarish 3,4 mln tonnaga teng bo‘ldi. Yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 barobarni tashkil etdi.Natijada respublika budjet tashkilotlarini kuz-qish mavsumi uchun ko‘mir bilan ta’minlash rejasi 16-avgust kuni muddatidan avval bajarildi.23 noyabr holatiga respublika aholisiga 714,7 ming tonna mahalliy ko‘mir mahsulotlari tarqatilib, bu boradagi tasdiqlangan reja ham ortig‘i bilan uddalandi.Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yildagiga nisbatan solishtiriladigan bo‘lsak, o‘tgan yil shu davrgacha aholiga 461,2 ming tonna ko‘mir mahsulotlari yetkazib berilgandi.Ayni kunlarda aholi ehtiyojlari uchun qattiq yoqilg‘i yetkazib berish ishlari to‘xtatilgani yo‘q. “O‘zbekko‘mir” AJda aholi talabidan kelib chiqib, yil oxirigacha yana 150,0 ming tonna qo‘shimcha ravishda ko‘mir mahsulotlari yetkazib berishni rejalashtirilmoqda.Ko‘mir mahsulotlari “Ko‘mir ta’minot” MChJga qarashli 102 ta ko‘mir ombori va shahobchalari orqali tarqatilmoqda. Ushbu ombor va shahobchalarda 23-noyabr holatiga 18 ming ko‘mir zahirasi mavjud.Aholiga tarqatilayotgan yoqilg‘i BR markali mahalliy ko‘mir bo‘lib, fraksiyasi 0-300 mm.ni tashkil etadi. Narxi (1 tonnasi) – 300 300 so‘m.Ko‘mir xaridi bilan bog‘liq savollar bo‘yicha “Ko‘mir ta’minot” MChJning 71 244 38 28 telefon raqami orqali murojaat qilish mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20190802/Gaz-orniga-komir-Ozbekistonda-gisht-ishlab-chiqaruvchi-korxonalarda-tajriba-otkazildi-12157858.html
https://oz.sputniknews.uz/20211122/birja-savdolarida-benzin-gaz-va-tsement-narxi-pasaydi-21472180.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/52/77/527719_172:0:2901:2047_1920x0_80_0_0_8fa6e0a297803641358190486079cd4c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ugol ko‘mir yetkazib beriladi
ugol ko‘mir yetkazib beriladi
Aholiga qo‘shimcha ravishda 150 ming tonna ko‘mir yetkazib beriladi
19:46 25.11.2021 (yangilandi: 20:06 25.11.2021) Respublika aholisiga 714,7 ming tonna mahalliy ko‘mir mahsulotlari tarqatilib berildi.
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Aholiga qo‘shimcha ravishda 150 ming tonna ko‘mir yetkazib beriladi, deb
xabar qildi Energetika vazirligi matbuot xizmati.
“O‘zbekko‘mir” AJ 2021-2022 yillar kuz-qish masuvmi uchun respublika budjet tashkilotlariga 450 ming tonna, aholi iste’molchilari uchun 705 ming tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berish rejalashtirilgan.
Joriy yil 9 oyi yakunlariga ko‘ra kon ustini ochish ishlari 22,4 mln kubometrni tashkil etdi yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 barobarga oshdi. Ko‘mir qazib chiqarish 3,4 mln tonnaga teng bo‘ldi. Yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 barobarni tashkil etdi.
Natijada respublika budjet tashkilotlarini kuz-qish mavsumi uchun ko‘mir bilan ta’minlash rejasi 16-avgust kuni muddatidan avval bajarildi.
23 noyabr holatiga respublika aholisiga 714,7 ming tonna mahalliy ko‘mir mahsulotlari tarqatilib, bu boradagi tasdiqlangan reja ham ortig‘i bilan uddalandi.
Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yildagiga nisbatan solishtiriladigan bo‘lsak, o‘tgan yil shu davrgacha aholiga 461,2 ming tonna ko‘mir mahsulotlari yetkazib berilgandi.
Ayni kunlarda aholi ehtiyojlari uchun qattiq yoqilg‘i yetkazib berish ishlari to‘xtatilgani yo‘q. “O‘zbekko‘mir” AJda aholi talabidan kelib chiqib, yil oxirigacha yana 150,0 ming tonna qo‘shimcha ravishda ko‘mir mahsulotlari yetkazib berishni rejalashtirilmoqda.
Ko‘mir mahsulotlari “Ko‘mir ta’minot” MChJga qarashli 102 ta ko‘mir ombori va shahobchalari orqali tarqatilmoqda. Ushbu ombor va shahobchalarda 23-noyabr holatiga 18 ming ko‘mir zahirasi mavjud.
Aholiga tarqatilayotgan yoqilg‘i BR markali mahalliy ko‘mir bo‘lib, fraksiyasi 0-300 mm.ni tashkil etadi. Narxi (1 tonnasi) – 300 300 so‘m.
Ko‘mir xaridi bilan bog‘liq savollar bo‘yicha “Ko‘mir ta’minot” MChJning 71 244 38 28 telefon raqami orqali murojaat qilish mumkin.