Rossiyada o‘smirlar uchun vaksina ro‘yxatdan o‘tkazildi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishVaksina "Sputnik Layt",
Vaksina Sputnik Layt, - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2021
Obuna bo‘lish
Rossiyada o‘smirlar uchun mo‘ljallangan "Sputnik-M" vaksinasi rasman ro‘yxatga olindi.
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Rossiyada COVID-19ga qarshi 12-17 yoshli o‘smirlar uchun mo‘ljallangan "Sputnik-M" vaksinasi ro‘yhatdan o‘tkazildi. Bu haqida gamaleya nomidagi Epidemiologiya ilmiy markazi direktori o‘rinbosari Denis Logunov xabar qildi.
"Bugun "Sputnik"dan bolalar uchun foydalanishga ruxrat olindi. Vaksina ro‘yxatdan o‘tkazildi", - dedi Logunov brifingda.
Eslatib o‘tamiz, oktabr oyining o‘rtalarida Gamaleya nomidagi ITM direktori Aleksandr Ginsburg RIA Novostiga bolalar uchun ishlab chiqarilayotgan vaksina "Sputnik M", deb nomlanishi mumkinligini xabar qilgan edi. Vaksina nomidagi "M" harfi "dlya malenkix", ma’nosini anglatishini xabar qilgan edi.
Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Aleksey Kuznetsov aytishiga ko‘ra, bolalarni emlash ixtiyoriy ravishda bo‘ladi. Buning uchun ularning ota-onalari yoki qonuniy vakillarining ruxsati talab etiladi.
Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko aytishiga ko‘ra, emlash COVID-19dan himoyalanishning eng samarali chorasi bo‘lib qolayotgani haqida xabar qilgan edi. Bugungi kunda kasalxonada og‘ir ahvolda davolanayotganlarning aksariyati - vaksina olmaganlar.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda bolalarni emlash allaqachon boshlangan. Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, bugungi kunga qadar Pfizer/BionTech vaksinasi bilan emlangan bolalar soni 312 mingdan ortib ketgan.
Yangiliklar lentasi
0